BT da dasturiy ta’minotlarning o’rni




Download 435,74 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana07.12.2023
Hajmi435,74 Kb.
#113318
1   2   3   4
Bog'liq
Namuna referat (3)

BT da dasturiy ta’minotlarning o’rni
 
Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti 
pedagoglari oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter 
o`yinlarini va ta‘lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning 
uchun tarbiyachi kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek 
maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya faoliyatida 
bevosita global internet tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim. 
Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin – bu eng asosiy faoliyat turi hisoblanib, 
u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Gap 
kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi va axloq 
me’yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o`yinlaridan 
foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini 
oshirish bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda 
ijobiy natija beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan 
predmet yoki hayvon, tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud 
ranglarni farqlashi, ularni joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi 
davomida uning individual shaxs xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm 
chizgandan ko`ra yaqqolroq ifodalanadi. Shu bilan birga AKT bolaga interfaol 
ta'lim berish vositasi sifatida bolaning yangi bilimlarni tez o`zlashtirishiga va 
dunyoqarashini kengayishiga imkon beradi. Bu interfaol kompyuter o`yinlari 
tarbiyachi tomonidan davlat talablariga mos ravishda Power Point dasturida va 
mashg’ulotda bolalar bilan birga o`ynash uchun yaratilgan bo`lishi zarur. Masalan, 
o`yin faoliyat markazida “Bino quramiz”, “Farqini top”, “Nima kam”, “Xatoni 
top”, “Qo`g’irchoqni kiyintiramiz”, “Shaklni joylashtir”, “Rasmni bo`ya” ta'limiy 
o`yinlarni animatsion tasvirlar yordamida o`ynasa mavzuga oid berilgan bilimlarni 
bola zo`r qiziqish bilan o`zlashtiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-
tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan kompyuterlashtirilgan pedagogik 


texnologiyalarni taqqoslaydigan bo`lsak, kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda 
samarali natijalar namoyon bo`ladi. Kompyuter ekranida axborotning o`yin 
shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan diqqat va qiziqishini 
uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida uzoq vaqt 
taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning qo`yilishi va ularninig to`g’ri 
yechimini kompyuter orqali topilishi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini 
rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim 
konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter bolaga alohida yondashuv imkonini 
yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z intellektual darajasida va shaxsiy 
xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida, 
bolalarda kompyuter va smartfonlardan to`g’ri foydalanish ko`nikmasini 
shakllantirish, mazkur texnika vositalarining ijobiy imkoniyatlari bilan birga salbiy 
tomnlari ham mavjudligini nazarda tutish zarur. U faqat ta'limning samaradorligini 
va zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi lozim. 
AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana 
biri 
zamonaviy 
axborot 
texnologiyalari 
sohasida 
pedagog 
xodimlar 
kompetentligining yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan 
hamnafas ravishda o`z bilim va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur.

Download 435,74 Kb.
1   2   3   4




Download 435,74 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



BT da dasturiy ta’minotlarning o’rni

Download 435,74 Kb.
Pdf ko'rish