• Maktabgacha ta’limda axborot texnologiyalar va innovatsiyalar o’rni. REJA. 1. Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim.
  • Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim
  • Referat bajardi: ms-4-22 guruh talabasi Qabul qildi: G. Jalolova Qo’qon 2023




    Download 81.39 Kb.
    bet1/3
    Sana28.04.2023
    Hajmi81.39 Kb.
    #54528
    TuriReferat
      1   2   3
    Bog'liq
    nrW5EFRBNA-3PGKqSBNlES0k5Q6fJzpt (1)
    dardingni sev, 2-topshiriq. O'zbek tili, 1-mavzu Zamonaviy AKT ning tushunchasi va tasnifi, expedia hisoboti, natija - 2022-10-28T091429.322, yangi MULOQOT psixologiyasi, AKT Sillabus KI(Kunduzgi) (1), Я хотел, Dropbox (1), Korporativ boshqaruv prinsiplar siyosat va amaliyot O‘rmonov 2019, 1111-dars, AXBOROT TEXNOLOGIYALARI HAQIDA TUSHUNCHA (2), Ekonometrik II amaliy (2), dsfdsg, dfvdf

    QO’QON UNIVERSITETI

    “Raqamli texnologiyalar va matematika”

    “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” fanidan

    Maktabgacha ta’limda axborot texnologiyalar va innovatsiyalar o’rni.” mavzusida



    REFERAT

    Bajardi: MS-4-22 guruh talabasi __________________


    Qabul qildi: G.Jalolova
    Qo’qon 2023
     Maktabgacha ta’limda axborot texnologiyalar va innovatsiyalar o’rni. 
    REJA.
    1. Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim.
    2. Maktabgacha ta'lim tashkilotida innovatsion faoliyat qanday?
    3. Zamonaviy ta'lim va tarbiya texnologiyalari maktabgacha ta'lim tashkilotida.
    Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim
    Axborot kommunikatsiya texnologiyalarining ta‘limning ilk bosqichi bo`lgan maktabgacha ta‘lim sohasiga kiritilishi pedagog xodimlarning oldiga katta mas’uliyat qo`yilishi bilan birga, ularning o`z ustida ishlab, AKT buyicha bilim saviyasini oshirishni, shuningdek ularning izlanuvchanligi va ijodkorligini talab etadi. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishdan kutiladigan natijalar quyidagilarda yaqqol namoyon bo`ladi: birinchidan, maktabgacha ta‘lim sohasida ta‘lim sifati va bolalarni maktabga tayyorlash samaradorligining yaxshilanishi; ikkinchidan, bolalarning erkin fikrlashi doirasi va dunyoqarashining kengayishi; uchinchidan, bolalarning intellektual, ijtimoiy-hissiy va ijodiy rivojlanishi darajasining oshishi; ota-onalar bilan maktabgacha ta‘lim tashkiloti hamkorligining yanad mustahkamlanishi va qulaylikni ta’minlashi bilan afzaldir. Texnika vositalari bilan to`la jihozlangan, ko`rgazmalarga boy mashg’ulot, ertaliklar, tadbirlar va chet tililarini o`rgatish bo`yicha to`garak mashg’ulotlari boladagi qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta‘sir ko`rsatadi. Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari bollarning aqliy intellektual rivojlanishiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi, shu jihatdan, maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan Davlat talablari, “Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi asosida bilim va ko`ikmalarni egallagan, axborot kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ulardan to`g’ri foydalana oladigan 6-7 yoshli bola axborot zamonaviy, ilg’or texnologiyalar asosida ta‘lim berayotgan maktab ta‘limiga jismonan shay, yetarli intellektual ko`nikmalarga ega, psixologik tayyorlangan holda yo`llanadi. Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi tayyorlov guruh xonalarini yetarlicha jihozlash, multimediya jihozlari uchun moslashtirish masalalarini hal etish, maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlarning AKT bo`yicha savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan biriga aylanmoqda. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish bir necha yo`nalishlarda o`z ifodasini topadi: a) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bolalar bilan bo`lgan masofaviy ta‘limtarbiya jarayonida foydalanish; b) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan masofaviy ta‘limda pedagoglarning otaonalar bilan hamkorlik jarayonida foydalanish; c) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan metodik ishlarni tashkil etishda, ta‘lim sifatini oshirishda tarbiyachilar bilan ishlash jarayonida foydalanish. Zamonaviy axborotlashgan jamiyat maktabgacha ta‘lim tashkiloti pedagoglari oldiga bir qator vazifalarni qo`yadi. Eng avvalo, pedagog kompyuter o`yinlarini va ta‘lim dasturlarini tanlashda bolaga boshchilik qilishi kerak. Buning uchun tarbiyachi kompyuter savodxonligini egallagan bo`lishi zarur, shuningdek maktabgacha yoshdagi bolalar bilan olib borilayotgan ta’lim-tarbiya faoliyatida bevosita global internet tarmog’i resurslaridan unumli foydalana olishi muhim. Maktabgacha yoshdagi bola hayotida o`yin – bu eng asosiy faoliyat turi hisoblanib, u bola shaxsining shaklalnishi va rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. Gap kompyuter o`yinlari haqida borar ekan, tarbiyachi o`yinlarning bola yoshi va axloq me’yorlariga mos kelishini hisobga olishi kerak. Kompyuter o`yinlaridan foydalanish (multimediya vositasida) bolalarga ta'lim berish samaradorligini oshirish bilan birga bolaning aqliy va ijodiy imkoniyatlarini yuzaga chiqarishda ijobiy natija beradi. Paint dasturida bola rasm chizish jarayonida tasvirlagan predmet yoki hayvon, tabiat manzarasi yoki odam rasmiga rang tanlashi, mavjud ranglarni farqlashi, ularni joy-joyida ishlatishi, natijada o`z ishini baholashi davomida uning individual shaxs xususiyatlari, qiziqishlari oddiy qog’ozga rasm chizgandan ko`ra yaqqolroq ifodalanadi. Shu bilan birga AKT bolaga interfaol ta'lim berish vositasi sifatida bolaning yangi bilimlarni tez o`zlashtirishiga va dunyoqarashini kengayishiga imkon beradi. Bu interfaol kompyuter o`yinlari tarbiyachi tomonidan davlat talablariga mos ravishda Power Point dasturida va mashg’ulotda bolalar bilan birga o`ynash uchun yaratilgan bo`lishi zarur. Masalan, o`yin faoliyat markazida “Bino quramiz”, “Farqini top”, “Nima kam”, “Xatoni top”, “Qo`g’irchoqni kiyintiramiz”, “Shaklni joylashtir”, “Rasmni bo`ya” ta'limiy o`yinlarni animatsion tasvirlar yordamida o`ynasa mavzuga oid berilgan bilimlarni bola zo`r qiziqish bilan o`zlashtiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasida an'anaviy ta'lim shakllari bilan kompyuterlashtirilgan pedagogik texnologiyalarni taqqoslaydigan bo`lsak, kompyuterlashtirilgan texnologiyalarda samarali natijalar namoyon bo`ladi. Kompyuter ekranida axborotning o`yin shaklida aks etishi bolalarda shu faoliyat turiga nisbatan diqqat va qiziqishini uyg’otadi; harakat, tovush, multiplikatsiya tasvirlari bola xotirasida uzoq vaqt taassurot qoldiradi. Muammoli masalalarning qo`yilishi va ularninig to`g’ri yechimini kompyuter orqali topilishi bolalarda mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko`rsatadi. O`zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim konsepsiyasida ko`rsatilganidek, kompyuter bolaga alohida yondashuv imkonini yaratadi, bu jarayonda har bir bolada o`z intellektual darajasida va shaxsiy xususiyatlaridan kelib chiqib topshiriqni bajarishiga imkon bo`ladi. O`z navbatida, bolalarda kompyuter va smartfonlardan to`g’ri foydalanish ko`nikmasini shakllantirish, mazkur texnika vositalarining ijobiy imkoniyatlari bilan birga salbiy tomnlari ham mavjudligini nazarda tutish zarur. U faqat ta'limning samaradorligini va zamonaviyligini ta'minlash uchun xizmat qilishi lozim. AKTning maktabgacha ta'limga kiritishidagi dolzarb muammolardan yana biri zamonaviy axborot texnologiyalari sohasida pedagog xodimlar kompetentligining yetarli emasligidir. Bugungi kun pedagoglari zmon bilan hamnafas ravishda o`z bilim va ko`nikmalarini mustaqil oshirib borishlari zarur.

    Download 81.39 Kb.
      1   2   3




    Download 81.39 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Referat bajardi: ms-4-22 guruh talabasi Qabul qildi: G. Jalolova Qo’qon 2023

    Download 81.39 Kb.