BT da Zamonaviy dasturlarning ahamiyati Texnika vositalari bilan to`la jihozlangan, ko`rgazmalarga boy mashg’ulot,
ertaliklar, tadbirlar va chet tililarini o`rgatish bo`yicha to`garak mashg’ulotlari
boladagi qobiliyat va iqtidorni yuzaga chiqarishda, uni rivojlantirishda ijobiy ta‘sir
ko`rsatadi. Ayniqsa axborot texnologiyalari va innovatsiyalarning imkoniyatlari
bollarning aqliy intellektual rivojlanishiga o`zining ijobiy ta’sirini ko`rsatadi, shu
jihatdan, maktabgacha yoshdagi bolalar bilimlariga qo`yiladigan Davlat talablari,
“Ilk qadam” Davlat o`quv dasturi asosida bilim va ko`ikmalarni egallagan, axborot
kommunikatsiya texnologiyalari vositalari va ulardan to`g’ri foydalana oladigan 6-
7 yoshli bola axborot zamonaviy, ilg’or texnologiyalar asosida ta‘lim berayotgan
maktab ta‘limiga jismonan shay, yetarli intellektual ko`nikmalarga ega, psixologik
tayyorlangan holda yo`llanadi.
Axborotlashtirish jarayonida maktabgacha ta‘lim tashkilotidagi tayyorlov
guruh xonalarini yetarlicha jihozlash, multimediya jihozlari uchun moslashtirish
masalalarini hal etish, maktabgacha ta‘lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan
pedagog xodimlarning AKT bo`yicha savodxonligini oshirish ustuvor vazifalardan
biriga aylanmoqda. Maktabgacha ta‘lim tizimida axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanish bir necha yo`nalishlarda o`z ifodasini topadi: a)
axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan bolalar bilan bo`lgan masofaviy
ta‘limtarbiya
jarayonida
foydalanish;
b)
axborot-kommunikatsiya
texnologiyalaridan masofaviy ta‘limda pedagoglarning otaonalar bilan hamkorlik
jarayonida foydalanish; c) axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan metodik
ishlarni tashkil etishda, ta‘lim sifatini oshirishda tarbiyachilar bilan ishlash
jarayonida foydalanish.