6-7 yoshdagi bolaning maktabga tayyorlik xaritasi
Maktabgacha ta'lim tashkiloti va boshlang'ich ta'lim
uzluksizligini
ta'minlash maqsadida maktabgacha ta'lim tashkilotidan chiqishda 6-7
yoshli bolaning maktabga tayyorligi xaritasi to'ldiriladi (faqat maktabgacha
ta'lim tashkiloti bitiruvchilari uchun).
Maktabga tayyorlik deganda bolada tayanch kompetensiyalar va
rivojlanish sohalarining kompetensiyalarini shakllanganligi tushuniladi.
Ushbu xarita MTTning har bir bitiruvchisi uchun to'ldiriladi.
Unda bola
rivojlanishining beshta yo'nalishi bo'yicha erishgan natijalari ko'rsatiladi.
Pedagogga u yoki bu natija qay darajada aks ettirilganligini qayd etish
taklif etiladi. Rivojlanishning beshta sohasi bo'yicha natijalar (bolaning
kompetensiyalari) tavsiyalar va istaklar
shaklida umumlashtiriladi,
ma'lumot uchun yozma ravishda yetkaziladi va ota-onalarga topshiriladi.
Bolaning maktabga tayyorligi xaritasi ota-onalarning iltimosiga binoan
1-sinf o'qituvchisiga
taqdim etilishi mumkin, bu tavsiya tarzida bo'lib,
bolani maktabgacha ta'limdan boshlang'ich ta'lim bosqichiga o'tishi,
shuningdek, bolaning 1-sinfda 18 rivojlanishiga shaxsga yo'naltirilgan
yondashuvda o'qituvchi uchun qo'llanma bo'lib xizmat qiladi.
Ushbu bolaning maktabga tayyorlik xaritasi quyidagilarga imkon beradi:
maktabgacha ta'lim tashkilotida ta'lim jarayonining muvaffaqiyati va
samaradorligini
aniqlaydi, boshlang'ich sinf o'qituvchisini bolaning
boshlang'ich maktabda muvaffaqiyatli moslashishi
va yanada samarali
rejalashtirish uchun xabardor qiladi.