• Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 1. Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari bolalarda qanday sifatlarni tarkib toptiradi. 2.
  • 1. Bolaning rivojlantiruvchi sohalari kompetensiyalari Maktabgacha ta’lim tizimida «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»




    Download 37,43 Kb.
    Sana05.01.2024
    Hajmi37,43 Kb.
    #130687
    Bog'liq
    5-mavzu


    5-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim berishda kompetensiyaviy yondashuv
    Reja:
    1. Bolaning rivojlantiruvchi sohalari kompetensiyalari
    2. Maktabgacha yoshdagi (6-7) bolaning tayanch kompetensiyalari.
    1. Bolaning rivojlantiruvchi sohalari kompetensiyalari
    Maktabgacha ta’lim tizimida «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»va «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturining ishlab chiqilishi, amaliyotga tadbiq etilgani maktabgacha ta’lim sohasidagi ta’lim-tarbiya jarayonini samarali amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
    Maktabgacha ta’lim tashkilotlari barcha yosh guruhlarida tashkil etilgan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga, mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil ravishda to‘ldirib borish, bo‘layotgan yangilanish jarayonlariga munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy maqsadidir.
    “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari bolalarda quyidagi sifatlarni tarkib toptiradi:

    • o‘zgarishlarni qabul qilish va amalga oshirish;

    • tanqidiy fikrlash, dunyoqarashni shakllantirish;

    • erkin tanlashni amalga oshirish;

    • muammolarni o‘rganish va uni hal eta olish;

    • ijodiy va mantiqiy tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini namoyon etish;

    • davlat, jamiyat, atrof-olam to‘g‘risida g‘amxo‘rlikqilish;

    • ilk bunyodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish;

    • tabiiy-ilmiy bilimlarga ega bo‘lish, kichik tajribalarni o‘tkazish;

    • kommunikativ qobiliyatlarini tarkib toptirish;

    • atrof-muhit haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi.

    To‘g‘ri va oqilona tashkil etilgan sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik qobiliyatlarini namoyon etishga rag‘bat uyg‘otadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday kechayotganligi to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning uchun esa ularni doimiy raviщda nazorat qilib borishlari kerak bo‘ladi.
    Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida pedagogik jamoaning o‘rni shundan iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga olgan holda mos keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
    Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda avvalo shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma’lum bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar va faoliyat turlari bilan ta’minlashlari uchun ularning o‘ziga xos, boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g‘risida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xilyoshdagi turli bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida ta’kidlashadi.
    Bunda bola rivojlanishining o‘ziga xosligiga doir bolalar qiziqishlariga javob beruvchi faoliyat turlari, ya’ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma’naviy yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z g‘oyalarini tajribada sinab ko‘rish xoxish-istaklariga qaratilgandir. Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari javob topishiga yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash barobarida bolada qiziqish, dalillash va e’tibor berish avtomatik tarzda faollashadi.
    Rivojlanish markazlaridagi ta’lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda ishlashi, kichik jamoa bo‘lib ishlashda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsa-da, biroq har bir bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga erishishiga imkon beriladi.
    Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi zaruriyat tug‘ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki moslashtirishi mumkin.
    Rivojlanish markazlari bolalarga o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda ta’lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini beradi. Masalan, san’at markazida bir bola qog‘oz qirqadi, boshqa bola esa shu qog‘ozdan qaychi bilan o‘zi o‘ylagan shaklchani kesib oladi. Stol ustida o‘ynaladigan o‘yinlar markazida bir bola to‘rtta yog‘och kubikdan shakl yasaydi, boshqa birovi esa yigirma besh bo‘lakli karton qog‘ozli tasvirni tuzishni ma’qul ko‘radi. Tarbiyachi jarayonda bolalarni kuzatadi va ularning rivojlanishiga daxldor fikrlarni yozib boradi. Ancha vaqtdan so‘ng u bolalarga vazifani murakkablashtiruvchi materiallarni taklif etadi yoki vaziyatga qarab ana shu vazifalarni bajarishda bolaga to‘g‘ridan to‘g‘ri yordam beradi. Bunday yo‘l tutish tufayli bola yaxshi sur’atda o‘sib-ulg‘ayishi mumkin.
    Tarbiyachilar rivojlanish markazlarida bolalarning yordamchilari rolini o‘ynaydilar, mashg‘ulotlar olib boriladigan joyda imkoniyatlar kengligini ta’min etadilar va har bir bola individual rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda faoliyat turlarini rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg‘ulot turlarini o‘zida qamrab olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida yakka tartibda (individual) yoki mustaqil ular tomonidan tanlagan mashg‘ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar.
    “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolaga yo‘naltirilgan yondashuv – bu shunday o‘qitishki, u bolaning yosh xususiyatlarini, uning qobiliyatlarini, qiziqishlarini, ehtiyojlarini, tajribasini, maktabgacha ta’lim tashkilotiga kelgunigacha oiladagi madaniyatni hisobga oladi, bu bolani o‘qitishdagi maqsadlarga erishishida yordam beradi.

    1. O‘qitish bolalar eng optimal ravishda qanday rivojlanayotganliklari va o‘qiyotganliklarini bilishga asoslanishi kerak;

    2. O‘qtishdagi muvaffaqiyat pedagogning bolalarni qanday qilib o‘qitish va rivojlantirish metodlari hamda usullarini bilishiga bog‘liq bo‘ladi;

    3. Pedagogning asosiy vazifasi bu bolaning potensialni aniqlashi va uning rivojlantirilishiga yordam ko‘rsatish;

    4. Maktabgacha ta’limning o‘ziga xosligi bolalikning qadr-qimmatini tushunish va uni muddatidan oldin katta bo‘lib qolishga turtki bermaslik. Pedagog quyidagilarni bilishi va yodda tutishi lozim:

    1. Bolalarni ular qanday bo‘lsalar, shunday qabul qilish.

    2. Bolalarga o‘qitish maqsadlariga erishishda ko‘maklashish.

    3. Bolalar nimalarga qodir ekanliklarini va ular o‘z yosh guruhlarida qanday o‘qiyotganliklarini bilish tarbiyachiga o‘qitishni rejalashtirish va tashkil etish uchun boshlang‘ich ma’lumotni berish.

    4. Agar pedagog barcha bolalarga bir xilda yondashadigan bo‘lsa, bola muvaffaqiyat qozona olmaydi.

    5. Pedagog bolaning turli xil predmetlar bilan faoliyatini, uning turli xil mashg‘ulotlarga kirishib ketganligini doimiy kuzatishi kerak, bolalarning qobiliyat, qiziqish va ehtiyojlarini bilib olishga intilishi lozim.

    Rivojlantiruvchi yondashuvbolaning tabiiy ravishda ulg‘ayishining muhimligini baholash va tahlil etish imkoniyatini yaratadigan rivojlantirishga yo‘naltirilgan yondashuv.
    Bu yondashuvga muvofiq bolalar:
    o‘yin jarayonida atrof muhit haqidagi ma’lumotlarni o‘zlashtirib, faol ta’lim oladi;
    rivojlanishning qonuniy bosqichlarini bosib o‘tadi;
    hissiy va kognitiv(aqliy) rivojlanishi uchun ijtimoiy o‘zaro munosabatlarga ehtiyoj sezadi.
    Rivojlanish markazlarida har biri o‘ziga xos sur’atda, betakror shaxs sifatida rivojlanadi.


    Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
    1. Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida tashkil etilgan rivojlanish markazlari bolalarda qanday sifatlarni tarkib toptiradi.
    2. Rivojlantiruvchi yondashuv bu
    3. “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi asosida bolaga yo‘naltirilgan yondashuv.
    Download 37,43 Kb.




    Download 37,43 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Bolaning rivojlantiruvchi sohalari kompetensiyalari Maktabgacha ta’lim tizimida «Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari»

    Download 37,43 Kb.