10-Amaliy mashgʻulot: “Translyatsiya-elongatsiyasi. Translyatsiya – terminatsiya




Download 18.78 Kb.
Sana04.04.2024
Hajmi18.78 Kb.
#187437
Bog'liq
10-amaliy
kursavoy temalari muzika, Qadimgi yunon faylasuflarining ta\'lim tarbiyaga oid qarashlari., Qo\'nishov Doston kurs ishi, Moddalar, MELIQO\'ZIYEV EIM VA TQSO\', Kirish, Abu Ali ibn Sino, 2-mavzu. Maktabgacha ta’lim muassasi bo’yicha metodik ishlarni t, Ilm -fan va tabiat markazi, SURAJ AMANMURATOV kur jumisi 1, Fan nomi Windows Server boshqaruvi-www.hozir.org, Gruppa tushunchasi-fayllar.org, Neoliberalizmning mohiyati va ahamiyati Reja-fayllar.org, Iqtisodiyot nazariyasi qanday fanlar jumlasiga kiritiladi -fayllar.org, 1. Iqtisodiy o sishning mazmuni va mezonlari Iqtisodiy o sishnin (1)

10-Amaliy mashgʻulot: “Translyatsiya-elongatsiyasi. Translyatsiya – terminatsiya
Elongasiya. Polipeptid zanjirining oʻsishida ribosomaning 50-s subbirligi alohida ahamiyatga ega.. Bu subbirliklarning ikkita faol markazi mavjud va peptid bogʻlarni hosil qilishda ishtirok etadigan peptidilsintetaza fermentlari bor. Bulardan biri aminoasil (A) markaz boʻlib, unda aminokislotani tashuvchi va kodon-antikodon mos keladigan t-RNK joylashadi. Ikkinchisi esa peptidil markaz boʻlib, bu markazga doimo metionin - tRNK kelib joylashadi, t-RNK lar faqat aminasil markaz orqali oʻtishi mumkin. Polipeptid zanjirining oʻsishi ribosomalarning aminasil (A) markaziga tegishli aminokislotaga ega boʻlgan t-RNK ning birikishi bilan boshlanadi. Keyin esa boshlangʻich aminokislotaga ega boʻlgan t-RNK peptidli markazga siljiydi va oʻzi bilan birga i-RNK ni ribosoma boʻylab tortadi. Shundan soʻng bu markazni yangi aminokislotaga ega boʻlgan t-RNK egalaydi. Buning natijasida peptidil markazidagi aminokislota - SOON guruhiining bevosita yaqinda aminasil markazdagi aminokislotaning -NH2 guruhi paydo boʻladi va peptid bogʻlarini hosil qiluvchi fermentativ reaksiya boradi, reaksiya natijasida birinchi aminokislotadagi t-RNK ajraladi va ikkinchi t-RNK ikkita aminokislotadan iborat boʻlgan peptid bilan birikadi. Ikkita aminokislotadan iborat t-RNK markazga qarab siljiydi va u yerdagi erkin tRNK ni siqib chiqaradi. Bu siljish natijasida i-RNK yana ribosoma boʻylab tortiladi va aminosil markaziga uchinchi kodon keladi. Soʻngra aminosil markazga tegishli antikodonga ega boʻlgan aminosil t-RNK joylashadi. Keyin ikkinchi peptid bogʻ hosil boʻladi va natijada tripeptid uchinchi t-RNK bilan birikib qoladi. Shu yoʻl bilan muntazam ravishda kodon ketidan kodon kelishi tufayli i-RNK ning ribosoma boʻylab siljishi ta’minlanadi va i-RNK zanjiri ribosoma tomonidan toʻliq ravishda boshdan oxirigacha oʻqiladi. Bir vaqtning oʻzida aminokislatalarning muntazam ravishda birin-ketin birikishi tufayli i-RNK dagi xabarga mos keladigan polipeptid zanjir hosil boʻladi.
Elongasiya-bu oʻsuvchi polipeptid zanjir tarkibiga aminokislotalar qoldiqlarini tartibli ravishda biriktirish. Elongasiyaning har bir akti 3 ta etapdan iborat: 1) kodonni tanish; 2) peptid bogʻlam hosil qilish; 3) translokasiya. Kodonni tanib olish. Bu jarayon aminoasil tRNK molekulasining ajdodining ribosoma A uchastkasi Bilan birikishi Bilan kechadi. tRNK oʻzida biriktirgan aminokislota Bilan ribosomaga birikish uchun avvalo elongasiya faktorii boʻlmish oqsil (YeF-T4 yoki YeF1) Bilan birikishi shart. Ushbu oqsil faktorlar ham oʻz navbatida Ushbu birikma hosil qilishi uchun GTF ishtirokida aktivlashishi kerak boʻladi. Kompleks hosil boʻlib, ya’ni-tRNK- YeF/xGTF ribosomaning A uchastkasiga birikkanidan keyin GTFning gidrolizlanishi amalga oshadi va Ushbu prosessni ta’minlovchi energiya hosil boʻladi. GTF esa GDF va fosfat qoldigʻiga parchalanadi. Shu jumladan yuqoridagi kompleks ham ribosomani tark qiladi, faqat tRNK, asetil tRNK koʻrinishida ribosomada qoladi. Aktivligi yoʻqolgan YeF1 faktorni regenerasiyasini YeF-TS amalga oshiradi. Ushbu jarayonlar ketma-ketlikda boʻladi. Translokasiya-3 ta jarayonni oʻz ichiga oladi. Bu jarayonlar oʻz navbatida YeF-G (YeF3) elongasiya faktorlari ishtirokida GTF molekulasi gidrolizi bilan kechadi. 1-akt-R-uchastkadagi peptid Bilan bogʻlanmagan tRNK ribosomani tark qiladi. 2-akt-peptidil tRNK A uchastkadan R uchastkaga koʻchadi. 3-akt-Ribosoma mRNK boʻylab 3 ta nukleotid qoldigʻiga 3/ - halqa tomonga harakatlanadi. Bu uchta akt natijasida A uchastka boʻshab qoladi va ushbu uchastkaga keyingi kodon joylashadi, natijada keyingi elongasiya sikli uchun sharoit yaratiladi.
Terminasiya: Oqsil molekulalari hosil boʻlishining oxirgi bosqichida, ya’ni terminasiya jarayonida aminasil markazda polipeptid zanjirining tugallanishini ifodolovchi UAG va UAA, UGA kodonlari paydo boʻlishi bilan polipeptid zanjirining uzayishi toʻxtaydi. Bu kodonlar «ma’nosiz» boʻlib, biror aminokislotani ifodalaydi. Shuning uchun polipeptid zanjiridagi oxirgi t-RNK ning efir bogʻlari peptidiltransferaza fermentlar ishtirokida uziladi va natijada ribosomadan tayyor holdagi oqsil molekulasi ajralib chiqadi. Ribosoma juda oson dissosiyalanib ketadi.
Terminasiya-zanjir sintezining tugashi UAA, UGA yoki UAG kodonlari buyrugʻi Bilan amalga oshadi. Chunki yuqoridagi kldonlar antikodonlari tabiatda mavjud emas. Natijada Ushbu kodonlar namoyon boʻlishi Bilan terminasiya faktorlari boʻlmish RF1 va RF2 lar Ushbu kodonlarni tanib oladi va polipeptid vat RNK bogʻlaniishli gidrolizlanishini ta’minlaydi. Natijada zanjir uzilib ribosomadan chiqadi. Shundan keyin ribosoma Bilan mRNK kompleksi dissosiyalanadi, keyin esa ribosoma subbirliklarga dissosiyalanadi, ya’ni 30S hamda 50S. Ushbu subbirliklarning boshqa mRNK reassosiasiyasi bilan keyingi oqsil sintezi boshlanadi.
Download 18.78 Kb.




Download 18.78 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



10-Amaliy mashgʻulot: “Translyatsiya-elongatsiyasi. Translyatsiya – terminatsiya

Download 18.78 Kb.