Metodlardan foydalanish




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana22.05.2024
Hajmi1,02 Mb.
#250715
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Narmaxanbetova Baljan


часть
2
 
«
Научный импульс
»
Декабрь
, 2022
2390 
jarayonidagi erkin ishtirokini ta'minlashdir. Ta'lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish 
o'qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko'lamining kengligiga bog'liq bo'ladi. 
"Fikriy hujum" metodidan foydalanish chog'ida o'quvchilarning soni 15 nafardan 
oshmasligi maqsadga muvofiqdir. Ushbu metodga asoslangan mashg'ulot bir saotga qadar 
tashkil etilishi mumkin. 
"Yalpiy fikriy hujum " metodi 
Ushbu metod J.Donald Filips tomonidan ishlab chiqilgan bo'lib, uni bir necha o'n (20-
60) nafar o'quvchilardan iborat sinflarda qo'llash mumkin. 
Metod o'quvchilar tomonidan yangi g'oyalarning o'rtaga tashlanishi uchun sharoit 
yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o'quvchilarni o'z ichiga olgan 
guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo'lgan turli xil to pshiriq yoki ijodiy 
vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a'zolaridan biri axdorot 
beradi. 
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) 
o'qituvchi va boshqa guruhlar a'zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho 
beriladi. Mashg'ulot yakunida o'qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning 
yechimlari orasida eng yaxshi va o'ziga xos deb topilgan javoblarni e'lon qiladi. Mashg'ulot 
jarayonida guruhlar a'zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko'ra baholab 
boriladi. 
"Fikrlarning shiddatli hujumi " metodi 
"Fikrlarning shiddatli hujumi" metodi Ye.A.Aleksandrov tomonidan asoslangan hamda 
G.Ya.Bush tomonidan qayta ishlangan. 
Metodning mohiyati quyidagidan iborat: 
- jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o'quvchining shaxsiy 
imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishga ko'maklashish; 
- o'quvchilarda ma'lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g'oyani ilgari surish 
layoqatini yuzaga keltirishdan iborat. 
"Fikrlarning shiddatli hujumi" metodidan foydalanishga asoslangan mashg 'ulot 
quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi: 
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo'lgan o'quvchilarni o'zida biriktirilgan 
hamda son jihatdan teng bo'lgan kichik guruhlarni shakllantirish
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar 
mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g'oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlar 
hal etilishi); 
4-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to'g'ri hal 
etilganligiga ko'ra turkumlarga ajratish
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya'ni ularning 
to'g'riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayoni 
etilishi kabi mezonlar asosida baholash; 


Международный
научный
журнал

5
(100), 
Download 1,02 Mb.
1   2   3   4   5   6




Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish