|
1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja
|
bet | 2/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiNazorat savollari:
Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolarga nimalar kiradi?
Xalqaro energetika egantligi qayerda tuzilgan?
O`zvekiston Republikasi Vazirlar mahkamasining 397 hamda 542 sonli qarorida nimalar aytib o`tilgan.
2-Mavzu: Neft to`g`risida qisqacha ma`lumot va undan olinadigan maxsulotlar, Avtomobil yonilg`ilari.
Reja:
Neft haqida umumiy ma`lumotlar.
Neftning kimyobviy tarkibi.
Neftdan avtomobil yonilg`ilarining olinishi asosiy usullari.
Neft o‘simlik va hayvonot dunyosining organik qoldiqlari aso- sida paydo bo‘lgan. Organik qoldiqlaming parchalanishi hamda neftning paydo bo‘lishi yuqori harorat va bosim, radioaktiv nurla- nish ta’sirida sodir bo‘lgan. Turli joylardagi va geologik jinslarda- gi organik qoldiqlaming tarkibi hamda o‘zgarish sharoitlari bir xil bo‘lmaganligidan har xil neftlar hosil bo‘lgan.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra neft o‘ziga xos hidli quyuq moysimon suyuqlik bo‘lib, turli tusdagi jigarrang ko‘rinishga ega. Kerosinni eslatuvchi och rangli neft kam uchraydi, ba’zan deyarli qora rang- dagi, suvda cho‘kuvchi qovushoq smolali suyuqlik ko‘rinishida ham uchraydi. Odatda, neftning zichligi 0,75 dan 1,3 g/sm3 gacha (neftning zichligi uning tarkibidagi smolasimon-asfaltli birikmalar va qattiq uglevodorodlar miqdorining ko‘payishi hisobiga ortishi mumkin)) bo‘ladi. Neftning rangi qancha och bo‘lsa, uning zichligi shuncha kam, oquvchanligi esa katta bo‘ladi. Neft zichligi bo‘yicha uch turga bo‘linadi: yengil neft (0,65-0,87 g/sm3), o'rtacha neft (0,871-0,910 gsm3) va og'ir neft (0,910-1,3 g/sm3). Yonish issiqli- gi 43,7-46,2 MJ/kg (10400-11000 kkall/kg).
Neft uglerod va vodorod atomlarining turli nisbatlaridagi murak- kab aralashmasidir. Uning elementar tarkibi quyidagicha bo‘ladi: 83-87 foiz uglerod; 11-14 foiz vodorod; 0,1-1,2 foiz kislorod;
02-1,7 foiz azot va 0,01-5,5 foiz oltingugurt.
Tarkibiy qismlarining (uglerod, vodorod, kislorod, azot, oltingugurt) o‘xshashligiga qaramay, turli joydan olingan neftlarning fizikaviy va kimyoviy xossalari har xil bo‘ladi.
Yer qa’rining turli chuqurliklaridan olinadigan neft uning tarkibidagi suv, tuzlar, gazlar va tog‘ jinslaridan tozalanganidan so‘ng ham ichki yonuv dvigatellarida yonilg‘i sifatida foydala- nishga yaroqli bo‘lmaydi, ammo uning tarkibida dvigatellarda ishlatiladigan yonilg‘ilarga qo‘yiladigan talablarga javob beradigan tarkibiy qismlar mavjud.
Neft tarkibidagi uglevodorodlardagi uglerod atomlari soni 1 dan 50 gacha bo‘lishi mumkin. Jumladan, metandan (CH4) butangacha
(C4Hin) bo‘lgan oddiy uglevodorodlar normal sharoitlarda gaz ho-
latida bo‘ladi, uglerod atomi 15 dan yuqori bo‘lgan uglevodorodlar esa qattiq holatda bo‘ladi. Binobarin, neft suyuq holatda ham, qat- tiq holatda ham bo‘lishi mumkinligi ko‘rinadi, shuningdek, tarkibida kislorod, oltingugurt va azot bo‘lgan bir qator birikmalarning murakkab aralashmalari suyuq holatda bo‘ladi.
Neft massasining asosiy qismini uch guruhdagi: parafinli (al- kcmlor), naftenli (siklcmlar) va aromatik (arenlar) uglevodorodlar tashkil etadi. Bu guruhlarning tarkibi va xususiyatlari neftning ho- sil bo‘lishi va qazib olingan joyiga bog‘liq bo‘ladi.
Neftni qayta ishlashning fizikaviy va kimyoviy usullari mavjud. Suyuq yonilg‘ining asosiy qismi neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash, ya’ni fizikaviy usul asosida (bunda uglevodorodlaming kimyoviy tuzilishi o‘zgarmaydi) yoki termik qayta ishlash, ya’ni kimyoviy usul asosida (bunda uglevodorodlaming kimyoviy tuzilishi o‘zga- radi) olinadi.
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash. Neft tarkibidagi uglevodorodlar turli xil fizikaviy va kimyoviy xususiyatlarga ega va, shu bilan birga, ularning qaynash harorati ham turlichadir. Neftga dastlabki ishlov berish jarayoni ulevodorodlarning qaynash harorat- lari turlicha ekanligiga asoslangan. Neft maxsus pechlarda qizdiril- ganida avval undan qaynash harorati pastroq bo‘lgan uglevodorodlar, harorat ko‘tarilganidan keyin esa qaynash harorati yuqoriroq bo‘lgan uglevodorodlar bug‘lanadi. Bunda ajralib chiqqan bug‘lar sovitiladi, suyuqlikka aylantiriladi va distillatlar (qaynash harorat- lari yaqin bo‘lgan fraksiyalar) yig‘iladi.
To‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda, odatda, quyidagi distillatlar olina- di: avtomobil, aviatsiya benzinlari va turli erituvchilar olishda ishlatiladigan benzin distillatlari (taxminiy qaynash harorati 50- 180°C); reaktiv yonilg‘i va kerosin olinadigan kerosin distillatlari (120-315°C); dizel yonilg‘isi olish uchun solyar distillatlari (180— 360°C); kreking uchun xomashyo olish uchun vakuumli gazoyl (350-500°C). Dizel fraksiyalari haydalganidan keyin qoladigan qoldiq (qaynash harorati 500°C dan yuqori) bitum tayyorlashda foy- dalaniladi. Og‘ir distillatlar (mazut)dan ularning kimyoviy tarkibi- ga qarab surkov moylari ishlab chiqarishda va qozon yonilg‘ilari sifatida foydalaniladi.
Neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda 10-12 foiz benzin, 15- 20 foiz reaktiv yonilg‘i yoki kerosin, 15-20 foiz dizel yonilg‘isi va 50 foizgacha mazut olinadi.
Distillatlardan tayyor mahsulotlar olish uchun ularga qo‘shim- cha ishlov (tozalash, turli komponentlar aralashtirish va boshqalar) berish lozim.
To‘g‘ridan to‘g‘ri haydashda olinadigan benzin, reaktiv va dizel yonilg‘ilari miqdori ko‘p bo‘lmaganligi tufayli og‘ir fraksiyalar- ning ko‘p qismi kimyoviy ishlov berishga yuboriladi.
Kreking jarayon. Bu jarayon yuqori molekular fraksiyalarning mayda molekular massali fraksiyalarga parchalanishiga asoslangan. Kreking usulida neftdan benzin fraksiyalarining ajratib oli- nishi 50-60 foizgacha у etadi.
Kreking jarayon issiqlik ta’sirida o‘tkazilsa, termik kreking (bu usul asosida A-66 benzin olingan) deb ataladi. Kreking jarayon issiqlik ta’sirida va katalizatorlar ishtirokida o‘tkazilsa, parchalanish katalitik kreking (bu usul asosida A-72 va A-76 benzinlari olina- di) deyiladi.
Termik kreking jarayoni quyidagi omillargabog‘liq: harorat, bo- sim, jarayonning davomiyligi vaxomashyо tarkibi. Masalan, 400°C haroratda mazutdan 30 foiz benzin ajratib olish uchun 12 soat talab etilsa, harorat 500°C gacha yetkazilganida esa atigi 30 soniya vaqt talab etiladi.
Kreking jarayonda olingan benzinlar tarkibida ko‘p miqdorda to‘yinmagan uglevodorodlar mavjud bo‘lib, ular neft to‘g‘ridan to‘g‘ri haydab olingan benzinlarda bo‘lmaydi. Shuning uchun ham kreking benzinlar saqlashda unchalik turg‘unlik xususiyatiga ega emas va detonatsiyaga chidamliligi past. Ularning turg‘unligi- ni oshirish maqsadida ularga oz miqdorda (foizning yuzdan yoki mingdan bir ulushi miqdorida) maxsus antioksidlovchi suyuqliklar, ya’ni stabilizatorlar aralashtiriladi. Antioksidlovchi sifatida naftol, smolalaming fenolli fraksiyalari (240-310°C) va paraoksidifeni- laminlar ishlatiladi.
Agar kreking jarayon 2-5 MPa bosim ostida va 480-500°C haroratda amalga oshirilsa, bu jarayon suyuqfazali kreking deyiladi, bosim 0,2-0,6 MPa hamda harorat 520-550°C va undan ortiq bo‘lganida esa bug‘ fazali kreking deyiladi. Bug‘ fazali jarayonda olingan benzin tarkibida to‘yinmagan uglevodorodlar nisbatan ko‘p bo‘ladi, shuning uchun suyuq yonilg‘i (suyuq fazali jarayonga nisbatan) kam olinadi.
Katalitik kreking texnologiyasi termik krekinga nisbatan takomil- lashgan bo‘lib, bunda hosil bo‘lgan to‘yinmagan uglevodorodlar- ning bir qismi to‘yingan ko‘rinishga o‘tadi. Buning natijasida katalitik kreking natijasida olingan benzinning sifati yuqori bo‘ladi.
Katalitik kreking 450-590°C haroratda va 0,1-0,2 MPa bosim- da katalizatorlar (alumaslikatlar va boshqa moddalar) ishtirokida o‘tkaziladi. Bunda xomashyoni kreking qurilmasidan bir marta o‘tkazishda 40-50 foiz benzin, 30-40 foiz dizel va 10-15 foiz qaz fraksiyalari olinadi.
Neft mahsulotlarining sifatini yaxshilash maqsadida ularning tarkibidagi uglevodorodlarning molekular massasini pasaytirsh kreking jarayoni reforming (bu usul asosida АИ-93 benzini olinadi) deb ataladi. Bu jarayon 460-520 °C harorat va 0,98-1,47 MPa bosimda bajariladi, bunda 70-95 foiz benzin ajralib chiqadi. Yuqori sifatli yonilg‘ilami olish uchun yana bir qancha ikkilamchi jara- yonlar o‘tkazilishi zarur. Buning natijasida uglevodorodlarning tu- zilishi biroz o‘zgaradi. Proliz (aromatlash), gidroforminq, alkillash, izomenzatsiyalash va boshqalar ikkilamchi jarayonlar jumlasiga ki- radi.
|
| |