1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja




Download 2,88 Mb.
bet14/27
Sana27.01.2024
Hajmi2,88 Mb.
#146932
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi

Transmission moylar tarkibi. Transmission moylarning ayrim xossalarini yaxshilash va ish muddatini uzaytirish maqsadida ular­ning tarkibiga oksidlanishga qarshi, depressorli (qotish haroratini pasaytirish uchun), yuqori haroratlarda qovushoqligini oshiruvchi, ko‘pik hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qiluvchi, yeyilish va tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shiladi.
Birinchi guruh moylar tarkibiga ЕФО, ДФ-11 turidagi qo‘shil­malar qo‘shiladi. Bu qo‘shilmalar moyning yemirilishga, shu­ningdek, oksidlanishga qarshi xususiyatlarini yaxshilaydi. Ikkin- chi guruh moylar tarkibiga OTP yoki JI3-23K turidagi tirnalishga qarshi qo‘shimchalar qo‘shiladi. Uchinchi guruh moylar tarkibiga xlor va fosfor (xloref-40), xlor, oltingugurt va fosfor (JI3-309/2) yoki oltingugurt, fosfor va azot (ВИР-1) bo‘lgan tirnalishga kuch- li qarshilik ko‘rsatuvchi qo‘shilmalar qo‘shiladi. To‘rtinchi guruh moylar tarkibiga ДФ-11 turidagi qo‘shilmalar qo‘shiladi. Beshin- chi guruh moylami olish uchun esa ularning tarkibiga yemirilishga va tirnalishga qarshi xususiyatlari yuqori bo‘lgan, ko‘p maqsadlar­da ishlatiladigan ВИР-1 qo‘shilmasi yoki ИХП-14А va ДФ-11 qo‘shilmalarining aralashmasidan foydalaniladi.
Qovushoqlik qo‘shilmalari sifatida molekular massasi 3000- 5000 bo‘lgan polimerlar (poliizobutilen) yoki polimetakrilat)dan foydalaniladi. Moyning ko‘pirishiga qarshiligini oshirish uchun uning tarkibiga 0,005 foizgacha miqdorda polimetilsiloksanli suyuqlik ПМС-200А qo‘shiladi. Moyning himoyalash xususiyati­ni oshirish uchun unga korroziya ingibitorlari qo‘shiladi.
Issiq va mo‘tadil iqlim sharoitlarida barcha mavsumlarda ish- latishga mo‘ljallangan moylarning asosiy qismi moyning fenol yordamida tozalangan ekstratlari yoki parafinning moysizlantirish filtrlariga И-20 yoki И-45 sanoat moylari qo‘shib tayyorlanadi. So‘nggi yillarda bu maqsadda selektiv usulda tozalangan yuqori sifatli moylar (TC-14,5 va boshqalar)dan foydalanilmoqda. Bu moylar distillat aralashmalari ko‘rinishida bo‘lib, ularga turli xil qo‘shilmalar qo‘shilganida hosil bo‘ladigan moyning moylash xu- susiyati va yuqori haroratlardagi turg‘unligi yaxshi bo‘ladi hamda bu moylardan havo harorati minus 30-35°C dan minus 50°C gacha bo‘lganida foydalanish mumkin.
Bamcha mavsumlarda ishlatiladigan universal transmission moylar hamda gidromexanik va gidrohajmiy uzatmalar uchun moy­lar yuqori tozalikdagi moylarga (ACB-5 turidagi) quyi molekular polimerlar qo‘shib tayyorlanadi.

Download 2,88 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Download 2,88 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja

Download 2,88 Mb.