|
1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja
| bet | 13/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiNazorat savollari
-
Nominal qovushqoqlik nima?
-
Unifikatsiya nima?
-
Qovushqoqlik indeksi nima?
13-Mavzu: Transmission moylar
Reja
-
Transmission moylar
-
Transmission moylarning ish sharoiti
-
Transmission moy tarkibi
Avtomobil agregatlaridagi tishli uzatmalarni (uzatmalar qutisi, bosh uzatma, tarqatish qutisi, differensiallar, rul boshqarmasidagi silindrik, konussimon, chervyakli, gipoidli va boshqa uzatmalar- ni) moylash uchun ishlatiladigan moylar transmission moylar deb ataladi. Ularning asosiy vazifasi - tishli g‘ildiraklar ish sirt- larining yeyilishini va transmissiya agregatlarida ishqalanishga bo‘ladigan isroflarni kamaytirishdir. Bundan tashqari, bu moylar ishqalanib ishlaydigan detallardan chiqadigan issiqlikni olib keti- shi, korroziyadan saqlashi, avtomobillardan foydalanish jarayonida esa ularning uzoq muddat ishga yaroqliligini saqlashi lozim. Shuningdek, transmission moylar zarbiy yuklanishlar ta’sirini, tishli g‘ildiraklardan chiqadigan shovqinni va ularning titrashi- ni pasaytirishi, salniklar turli birikmalardagi tirqishlarni zichlashi lozim. Transmission moylar, asosan, neftni qayta ishlashda hosil bo‘ladigan qoldiq mahsulotlar (gudronlar va chala gudronlar)dan olinadi. Transmission moylarning zichligi 900-935 g/sm3 bo‘lgan juda qovushoq qora rangli suyuqlikdir.
Transmission moylarning ish sharoiti motor moylarining ish sharoitidan keskin farq qiladi. Transmissiyalarning tishli uzatma- lari katta solishtirma yuklanishlar ta’sirida ishlaydi. Chervyakli va konussimon uzatmalarda tishli g‘ildiraklaming ish sirtlariga tusha- digan yuklanishlar 1500-2000 MPa, gipoidli uzatmalarda esa hatto 3000-4000 MPa gacha yetadi. Bunday katta yuklanishlar ta’sirida transmissiya agregatlari harorati 125-140°C ga yetadi. Tishli uzat- malar bir-biriga tegadigan joylarda esa qisqa vaqtli mahalliy qizish natijasida bu harorat 250°C va bundan ham yuqori bo‘lishi mumkin. Haroratning o‘zgarishiga sirtlarning sirpanish tezligi sezilarli darajada ta’sir etadi. Sirpanish tezligi silindrik va konussimon uzat- malar uchun 1,5-3 m/s; gipoidli uzatmalar uchun esa 15 m/ s va undan yuqori bo‘ladi.
Transmission moylarga quyidagi ekspluatatsion talablar qo‘yi- ladi:
-
yeyilishga va tirnalishga qarshi xossalari yuqori bo‘lishi (moylash xususiyati yuqori bo‘lib, tishli ilashmalarda mustahkam parda hosil qilishi);
-
qovushoqlik-harorat xossalari va qotish harorati yetarli darajada bo‘lishi (manfiy haroratlarda agregatlaming ish rejimiga tez o‘tishini va ishqalanuvchi juftlaming ishonchli moylanishini ta’minlashi;
-
harorat ta’sirida va vaqt o‘tishi bilan xossalarini kam o‘zgar- tirishi;
-
tarkibidagi abraziv mexanik aralashmalar va suv, shuningdek, korroziyalovchi aktiv birikmalar bo‘lmasligi (detallarning mexanik va kimyoviy yeyilishini kamaytirishi);
-
rezina zichlamalarni yemirmasligi va ko‘pirishga turg‘un bo‘lishi.
17479. 2-85- sonli Davlat standartiga binoan, transmission moylar qovushoqligi va ekspluatatsion xususiyatlari bo‘yicha sinf va guruhlarga ajratiladi.
Transmission moylar to‘rtta qovushoqlik sinfiga bo‘linadi:
9- qovushoqlik sinfi uchun 100°C dagi kinematik qovushoqligi 70-10,9 mm2/s; 12- qovushoqlik sinfi uchun 11,0-13,9 mm2/s; 18- qovushoqlik sinfi uchun 14,0-24,9 mm2/s; 31- qovushoqlik sinfi uchun 25,0-41,0 mm2/s.
Tishli uzatmalarning ish jarayonida yuklanishiga yoki moylarning ekspluatatsion xususiyatlariga ko‘ra transmission moylarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
-
qo‘shilmalarsiz yoki yumshoq yeyilishga qarshi qo‘shilma- lar qo‘shilgan moylar. Bunday moylarning urinish kuchlanishi 1000 MPa gacha va ish harorati 90°C gacha bo‘lgan silindrik, konussimon va chervyakli uzatmalarda (uzatmalar qutisi), orqa ko‘prik, bort uzatmalari) ishlatish mumkin;
-
o‘rtacha aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shil- gan moylar. Bunday moylarni kuchlanishi 2000 MPa gacha va ish harorati 12°C gacha bo‘lgan konussimon va boshqa turdagi uzatmalarda (gipoidli uzatmalardan tashqari) ishlatish mumkin (bunda moyning aosiy vazifasi uzatma tishlari sirtini yemirilishdan asrash- dan iborat);
-
yuqori aktivlikdagi tirnalishga qarshi qo‘shilmalar qo‘shilgan moylar. Bunday moylar yengil va yuk avtomobillarining gipoidli uzatmalarida ishlatiladi;
-
avtomobillarning gidromexanik va gidrohajmiy uzatmalari uchun moylar;
-
umiversal moylar. Bunday moylar barcha turdagi tishli uzat- malar va transmissiya agregatlarining boshqa sirpanib ishlaydigan detallarining normal ishlashini ta’minlaydi.
Iqlim sharoitiga qarab yuqorida keltirilgan barcha guruhdagi moylarning yozgi, qishki, barcha mavsumlarda ishlatiladigan, shi- moliy va arktik turlari ishlab chiqariladi.
|
| |