• Asosiy uzatmaning vazifasi va ishlash uslubi.
  • Yakka konussimon oddiy uzatmalar
  • Bosh uzatmalar, differensiallar va yarimo‘qlar konstruksiyasi Reja




    Download 1,53 Mb.
    bet1/6
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #132988
      1   2   3   4   5   6

    Bosh uzatmalar, differensiallar va yarimo‘qlar konstruksiyasi


    Reja:



    1. Asosiy uzatmalarning vazifasi, turlari.

    2. Differensiallar, yarim o‘qlarni turlari.

    3. Bir pog‘anali va ikki pog‘anali asosiy uzatmalar.

    4. Kulachokli, o‘zi blokirovkalanadigan, avtomatik blokirovkalanadigan, majburiy blokirovkalanadigan differensillar.



    Asosiy uzatmaning vazifasi va ishlash uslubi.

    Zamonaviy avtomobillarda o‘lchamlari va massasi nisbatan katta bo‘lmagan, tezyurarligi hisobiga yuqori quvvat hosil qiladigan dvigatellar qo‘llanilmoqda. Biroq shunga qaramay, bu dvigatellar vallarida hosil bo‘ladigan burovchi moment (agar bu momentni o‘zgartirmasdan to‘g‘ridan to‘g‘ri avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga uzatilsa) avtomobilning turli yo‘l sharoitlatida yura olishiga yetarli emas.


    Asosiy uzatma aylantiruvchi momentni ko‘paytirish va uning yo‘nalishini avtomobilning bo‘ylama o‘qiga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda, asosiy uzatma konussimon shesternalardan tayyorlanadi. Shesternalar soniga qarab asosiy uzatmalar, bir juft shesternadan iborat boigan yakka konussimon uzatmaga va bir juft konussimon hamda bir juft silindrsimon shesternalardan iborat bo‘lgan qo‘shaloq uzatmalarga bo‘linadi. Yakka konussimon uzatmalar ham o‘z navbatida oddiy va gipoid uzatmalarga bo‘linadi.
    Yakka konussimon oddiy uzatmalar (124-rasm, a) asosan yengil avtomobillarda hamda yuk ko‘taruvchanligi kichik va o‘rtacha bo‘lgan yuk avtomobillarida ishlatiladi. Bu uzatmalarda yetaklovchi konus­simon shesterna (1) kardanli uzatma bilan, yetaklanuvchi shesterna (2) esa differensial qutisi va differensial mexanizmi orqali yarim o‘qlar bilan biriktirilgan.
    Ko‘pchilik avtomobillarda yakka konussimon uzatmalar gipoid ilashmali tishli g‘ildiraklarga ega (124-rasm, b). Gipoid uzatmalar oddiy uzatmalarga qaraganda bir qator afzalliklarga ega, ularda yetaklovchi g‘ildirak o‘qi yetaklanuvchi g‘ildirak o‘qidan pastda joylashadi. Bu esa kardanli uzatmani hamda yengil avtomobillar kuzovini pasaytirishga imkon beradi. Oqibatda avtomobilning og‘irlik markazi pasayib, uning turg‘unligi ortadi. Bulardan tashqari gipoid uzatmalardagi shesterna tishlarining asosi kengaygan bo‘lib, ularning yeyilish-ga chidamliligi va yuklanish layoqatligi katta bo‘ladi. Ammo, bu jihatlar shesternalarni moylash uchun, shesterna tishlarining o‘zaro tutashishida (kontaktida) hosil bo‘ladigan katta kuchlarni uzatish sharoitiga mo‘ljallangan maxsus (gipoid) moylar ishlatishni talab etadi.



    Download 1,53 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosh uzatmalar, differensiallar va yarimo‘qlar konstruksiyasi Reja

    Download 1,53 Mb.