|
Bosh uzatmalar, differensiallar va yarimo‘qlar konstruksiyasi Reja
|
bet | 4/6 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #132988 |
Yarim yuksizlantirilgan (1/2) yarim o‘qlar yengil avtomobillarda va kam yuk ko‘taruvchi yuk avtomobillarida qo‘llaniladi. Yarim o‘qning tashqi uchi yetakchi g‘ildirakning gupchagiga mahkamlanib, gupchakning o‘zi esa karterning kerilgan yengiga podshipnikda o‘rnatilsa, to‘rtdan uch qismi yuksizlantiradigan (3/4) yarimo‘qlar deb yuritiladi (126-rasm, b). Bunda eguvchi momentning ko‘p qismi podshipnik orqali karterga uzatilib, oz qismi yarim o‘qqa ta’sir qiladi. Bu turdagi yarim o‘qlar asosan yuqori sinf turkumiga kiruvhi yengil avtomobillarga o‘rnatiladi.
Yarim o‘qning tashqi uchi yetakchi g‘ildirakning gupchagi bilan tutashgan, gupchag esa yetakchi ko‘prik karteriga o‘tkazilgan ikkita podshipnikda yotsa, to‘la yuksizlantirilgan yarim o‘q deb ataladi (127-rasm, c). Bunda barcha kuchlar yarim o‘qqa tushmasdan, bevosita yarim o‘q karteriga tarqatiladi. Bu turdagi yarim o‘qlar o‘rta va katta yuk avtomobillari hamda avtobuslarda qo‘llaniladi.
127-rasm. Yarim o‘qlarning orqa ko‘prikda joylashuv turlari:
a – ½ yarim yuksizlantirilgan, b - ¾ qismi yuksizlantirilgan, c – to‘la yuksizlantirilgan.
Oxirgi uzatmalar va g‘ildirak oldi reduktorlari konstruksiyasi
Reja:
Oxirgi uzatmaning vazifasi.
Oxirgi uzatmalarning turlari.
Oxirgi uzatmalarning tuzilishi.
Oxirgi uzatmaning vazifasi
Oxirgi uzatmaning vazifasi qo‘shimcha ravishda yetaklovchi g‘ildirak yoki yulduzchani aylanishlar sonini ya’ni chastotasini pasaytirish xisobiga undagi burovchi momentni oshirib berishdan iborat.
G‘ildirakli traktorlarda oxirgi uzatma differensial mexanizmidan keyin o‘rnatilib, u ketingi ko‘prik ko‘rpusining ichida joylashgan bo‘ladi. Ko‘pincha yetakchi g‘ildirakka kelayotga burovchi momentni yana xam orttirish va yo‘l oralig‘ini ko‘paytirish kerak bo‘ladi. U holda g‘ildirakli traktorga yana bitta qo‘shimcha oxirgi uzatma qo‘yiladi. Endi u ketingi ko‘prik ko‘rpusini ichiga joylashtirilmay, balki alohida karter bilan yarim o‘qlarning uchiga tashqaridan joylashtiriladi. Uning karteri ketingi ko‘prik ko‘rpusini ikki tomoniga bo‘ltlar yordamida qatiriladi. Yo‘l oralig‘ini yana ham orttirish uchun tashqaridagi oxirgi uzatma ikkita shesterna emas uchta shesternadan iborat bo‘lishi ham mumkin.
|
| |