• 125-rasm. Qo‘shaloq asosiy uzatmalar Asosiy uzatmaning tuzilishi.
  • Differentsial va yarim o‘qlar.
  • Bosh uzatmalar, differensiallar va yarimo‘qlar konstruksiyasi Reja




    Download 1,53 Mb.
    bet2/6
    Sana09.01.2024
    Hajmi1,53 Mb.
    #132988
    1   2   3   4   5   6
    124-rasm. Asosiy uzatma turlari.


    Qo‘shaloq asosiy uzatmalar (125-rasm, d) transmissiyaning umumiy uzatish sonini orttirish va uzatilayotgan aylantiruvchi moment­ni oshirish uchun yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan yuk avtomobillariga o‘rnatiladi. Ushbu holatda asosiy uzatmaning uzatish soni konus­simon (1,2) va silindrsimon (3,4) juftliklar uzatish sonlarini bir-biriga ko‘paytirish bilan hisoblanadi.



    125-rasm. Qo‘shaloq asosiy uzatmalar


    Asosiy uzatmaning tuzilishi. ZIL-130 avtomobilining qo‘shaloq asosiy uzatmasi (125 - rasm) yetaklovchi orqa ko‘prik to‘sini (8) ichiga joylashtirilgan mexanizmlarning bir qismidir. Asosiy uzatmaning yetak­lovchi vali, yetaklovchi shesterna (1) bilan bir butun qilib tayyorlangan. U asosiy uzatma karteriga (9) mahkamlangan stakan ichidagi konus­simon rolikli podshipnikka o‘rnatilgan. Xuddi shu karterda, konussimon rolikli podshipniklarda, yetaklovchi silindrik shesternasi (12) bo‘lgan oraliq val ham o‘rnatilgan. Shu val flanesiga shesterna bilan ilashishda bo‘lgan yetaklanuvchi konussimon shesterna (2) bikr (qo‘zg‘almas) qilib mahkamlangan. Yetaklanuvchi silindrik shesterna (5) differensialning qutisini hosil qiluvchi, uning chap (3) va o‘ng (6) kosachalari bilan biriktirilgan.
    Bu qutida differensial detallari, ya'ni satellitlar (11) va yarim o‘qlar shesternalari (10) bilan birgalikda krestovina (chorbarmoq) o‘rnatilgan.
    Asosiy uzatma ishlaganda aylantiruvchi moment kardanli uzatmadan yetaklovchi val flanesiga va uning shesternasiga (1), undan yetaklanuvchi konussimon shesternaga (2), oraliq val va uning shesternasiga (12), yetaklanuvchi silindrik shestemaga (5) va differensial detallari orqali avtomobil g‘ildiraklari gupchagi bilan bog‘langan yarim o‘qlarga (7) uzatiladi.


    Differentsial va yarim o‘qlar.

    Differentsial kuch uzatmaning mexanizmi bo‘lib, u burovchi momentni belgilangan nisbatda ikkita yetaklanuvchi valga tarqatadi va ularni har xil burchak tezligida aylantiradi. Differentsiallar vazifasiga ko‘ra g‘ildirakaro va o‘qaro turlariga bo‘linadi. Xozirgi vaqtda hamma avtomobillar g‘ildirakaro differentsialga ega va ularda asosan konussimon shesternyali differensiallar qo‘llaniladi. O‘qaro diffirensiallari ko‘p yuritmali avtomobillarda ishlatib, ular konussimon yoki mushtchali (kulachokli) bo‘lishi mumkin . Shuni ham ta'kidlab o‘tish kerakki, differsiallar momentlarni vallarga uzatishi bo‘yicha mutanosib va nomutanosib turlarga bo‘linadi. Avtomobillarda yuqorida qayd etilgandek, konussimon shesternyali dfferensial keng tarqalgan bo‘lib (2-rasm), u yarimo‘q shesternyalari 2 va 6, satellitlar 5 va 9, krestovina 4 va differensial qutisini tashkil qiluvchi kosachalar 7 dan iborat. Xususan bunday differensiallardan satellitlar soni yuk avtomobillari va avtobuslarda uchta yoki to‘rta, yengil avtombillarda esa ikkita bo‘ladi. O‘z navbatida satellitlar krestovinaning silindrik barmoqlari 4 ga erkin o‘tkazilgan. Krestovina satellitlar bilan yig‘ilgan holda barmoqlar orqali differensial qutisining devorlaridagi teshikchaga kiritiladi. Avtomobil burilganda uning ichki g‘ildiragi bilan yo‘l orasidagi ishqalanish kattaroq bo‘lgani sababli tashqi g‘ildirakka nisbatan kam yo‘l bosib o‘tadi. Shunga ko‘ra, ichki g‘ildirak va u bilan bog‘liq bo‘lgan yarim o‘q shesternyasi diferensial qutisi 7 ga nisbatan kam yo‘l bosib o‘tadi. Binobarin, ichki g‘ildirak va u bilan bog‘liq bo‘lgan yarim o‘q shesternyasi 6 differensial qutisi 7 ga nisbatan aylanib, orqada qolishga majbur bo‘ladi. Shu sababli satellitlar 5 va 9 o‘z o‘qi atrofida aylanib, ikkinchi yarim o‘q shesternyasi 2 ni kamroq moment bilan tezroq aylantiradi, natijada tashqi g‘ildirak ham tezroq aylanadi. Ana shu holatni nazarda tutib fikr yuritsak, chap (tashqi) g‘ildirak differensial qutisidan tezroq (nd.q < n ch.g) va o‘ng (ichki) g‘ildirak esa sekinroq aylanar (nd.q > no‘.g) ekan. Demak, shu bois tashqi chap g‘ildirak. Ichki o‘ng g‘ildirakdan tezroq aylanadi (nch.g > no‘.g). Bu ham yuqorida keltirilgan ifoda o‘zgarmaydi va chap hamda o‘ng g‘ildiraklarning aylanish qiymatining yig‘indisi differensial qutisining ikki barobar aylanishiga (2nd.g) teng bo‘lib qolaveradi. Shuni ham aytib o‘tish kerakki, sirpanchiq yo‘lda harakatlanayotgan g‘ildirak umuman qarshiliksiz o‘z o‘rnida aylanishi sababli, quruqlikdagi g‘ildirakka deyarli burovchi moment uzatilmaydi yoki bu g‘ildirakni aylantirish uchun lozim bo‘lgan miqdordagi burovchi moment uzatilmaydi.


    Chunki sirpanchiq yo‘ldagi g‘ildirak qarshiligi va ilashuvi juda ham oz bo‘lgani, differensialdagi satellitlarga yarim o‘q shesternyasidan tushadigan yuklanishni ham g‘oyat darajada kamaytirib yuboradi buning natijasida sirpanchiq yo‘ldagi quruqlikda tayanib turgan g‘ildirak umuman aylanmaydi.




    Download 1,53 Mb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 1,53 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bosh uzatmalar, differensiallar va yarimo‘qlar konstruksiyasi Reja

    Download 1,53 Mb.