|
Bosh uzatmalar, differensiallar va yarimo‘qlar konstruksiyasi Reja
|
bet | 3/6 | Sana | 09.01.2024 | Hajmi | 1,53 Mb. | | #132988 |
126-rasm. Differensialning ishlash uslubini ko‘rsatuvhi tasviriy chizma.
1 va 8 – yarim o‘qlar, 7 – differensial qutisi, 2 va 9 – yarim o‘q shesternyasi, 4 va 9 – satellitlar, 5 – krestovina.
Yarim o‘qlar burovchi momentni differensialdan yetakchi g‘ildiraklarga uzatib beradi. Shu bilan birga, har bir yarimo‘q g‘ildirakka tushadigan va bu kuchlar ta’sirida hosil bo‘luvchi eguvchi momentni faol qabul qila oladi. Xususan, eguvchi momentlar avtomobilning yetakchi g‘ildiraklariga ta’sir etadigan quyidagi kuchlardan vujudga keladi (126-rasm):
1) Tik yo‘nalishda g‘ildirak markaziga yo‘nalgan radial kuch – R (avtomobilning og‘irligi G dan vujudga keladigan reaksiya kuchi);
2) Avtomobilning yetakchi g‘ildiraklari aylanganda hosil bo‘lgan tortuvchi kuch– ;
3) Burilishdagi markazdan qochma va yo‘l to‘shamining yonaki qiyaligi natijasida qirilib chiqadigan, yondan ta’sir qiluvchi kuchlar – S.
Yarim o‘qning tashqi uchidagi podshipniklarni yetakchi ko‘prik qobig‘ining karteriga joylanish uslubini tanlash yo‘li bilan unga ta’sir ko‘rsatayotgan eguvchi momentlarning ta’sirini to‘la yoki qisman yuksizlantirish mumkin. Odatda, har bir yarim o‘qning ichki shlitsli uchiga konussimon shesternya o‘tkazilgan bo‘lib, u differensial qutisi ichiga joylashadi. Yarim o‘qning tashqi uchida ko‘pincha flanes qilingan bo‘lib, u shpilkalar yordamida g‘ildirak gupchagiga mahkamlanadi. Burovchi moment yarim o‘qdan yetakchi g‘ildirak gupchagi podshipniklari orqali yuboriladi.
Shunga ko‘ra, avtomobillarda ishlatiladigan yarim o‘qlar uch turga bo‘linadi:
1. Yarim yuksizlantirilgan.
2. To‘rtdan uch qismi yuksizlantirilgan.
3. To‘la yuksizlantirilgan.
Yarim o‘qning tashqi uchidagi podshipnik yetakchi ko‘prik karterining yengiga joylashsa, yarim yuksizlantirilgan yarim o‘q deb ataladi.
126-rasm, a da tasvir etilganidek, unga yarim o‘qqa tushadigan jami kuchlar, ya’ni R, P va S dan paydo bo‘ladigan eguvchi momentlar ta’sir qiladi.
|
| |