• Mator moylari markalari Sintetik moylar
  • 1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja




    Download 2,88 Mb.
    bet12/27
    Sana27.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #146932
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
    Bog'liq
    Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi

    Nazorat savollari

    1. Divigatel moy markalarini sanab bering?

    2. Motor moylari unifikatsiyasi nima?

    3. Sintetik moylar qanday moylari?


    12-Mavzu: Dizellar uchun motor moylari
    Reja:

    1. Dizel uchun mator moylari

    2. Mator moylari markalari

    3. Sintetik moylar

    Dizelli avtomobillarda Б, В va Г guruhdagi 100°C dagi nominal qovushoqligi 8 mm2/s (qishki) va 11 mm2/s (yozgi) bo‘lgan moylardan foydalaniladi. Bu guruhlarga mansub muhim moylarning qisqacha tavsifi 5. 6- jadvalda keltirilgan. Ularning barchasi selektiv tozalangan moy asosida tayyorlanadi, ular tarkibiga har bir guruh uchun maxsus tanlab olingan qo‘shilmalar kompozitsiyalari aralashtiriladi.

    O‘rtacha kuchaytirilgan avtotraktor dizellarida ishlatiladigan B2 guruhidagi moylar: M–8B2 (qishki) va M–10B2 (yozgi) moylardan keng foydalaniladi. Bir qator holatlarda M–8B1 moyidan qishgi universal moy sifatida foydalanish mumkin. Yuqori darajada kuchaytirilgan dizel dvigatellarida ish sharoiti og‘ir bo‘lganligi tufayli ularda ishlatiladigan Г guruhidagi motor moylariga 14 foizgacha qo‘shilmalar kompozitsiyasi qo‘shiladi. Qishda М–8Г2, yozda esa М–10Г2 markali moylarni ishlatishga (ЯМЗ–238М, ЯМЗ–240N va boshqa dvigatellarda) ruxsat etiladi.
    КамАЗ yuk avtomobillari va «Ikarus» avtobuslarida yuqori sifatli М–8Г2k va M-10Г2k markali moylardan foydalaniladi. Havo turbine yordamida bosim bilan kiritiladigan yuqori darajada kuchaytirilgan dizellarda (БелАЗ–549В, БелАЗ–549В) М–8Дм va М–10Дм markali moylardan foydalaniladi. MDH mamlakatlari va xorijda ishlatiladigan motor moylarining o‘zaro almashinuvchanligi bo‘yicha tavsiyalar 5. 7- jadvalda keltirilgan.



    Motor moylarining unifikatsiyasi. Tarkibida samaradorligi yuqori qo‘shilmalar kompozitsiyalari bo‘lgan yuqori sifatli motor moylaridan foydalanish qulay bo‘lgan sharoitlarda moylarni takomillashtirishda motor moylari va boshqa moylash materiallarini
    unifikatsiya qilish muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Moylar assortimentining turli-tumanligi ularni ishlab chiqarishdagina qiyinchiliklarni keltirib chiqarib qolmay, balki, ayniqsa, tashish, saqlash va ishlatish (ayniqsa, korxonada turli xil markadagi avtomobillar
    bo‘lganida) jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
    Bu jihatdan moylarning assortimentini kamaytirish va moylarni unifikatsiya qilish bo‘yicha ish dasturi istiqbolli hisoblanadi. Birinchi bosqichda A va Б guruh moylarini yuqori guruh moylariga almashtirish, shuningdek, transmission va gidravlik moylarning sifatini oshirish ko‘zda tutiladi. Bunda bir xil xususiyatlarga ega bo‘lgan, bir-birini o‘zaro aynan almashtiruvchi moylar ishlab chiqarishga barham beriladi. Natijada ishlab chiqarilayotgan moylar markalari soni ikki barobarga qisqaradi. Ikkinchi bosqichda barcha mavsumlarda ishlatiladigan va universal moylardan keng ko‘lamda foydalanish rejalashtiriladi. Buning
    natijasida ham moy assortimenti taxminan ikki barobarga qisqaradi. Yuqori darajada kuchaytirilgan dvigatellar uchun past haroratlarda qotadigan М–43/6Г2; М–43/8Г2; М–43/6В2; М–8ДМ; М–43/8Д markali moylarni, shuningdek, yagona motor-transmission moylarni ishlab chiqarish ko‘zda tutilgan. Benzinli va dizelli dvigatellarda barcha mavsumlarda ishlatiladigan universal moy sifatida M–63/10B markali moydan foydalanish mumkin. Bu moyning ish muddati odatdagi tavsiya etilgan moylarga nisbatan 2–3 barobar
    ortiq bo‘lishi bilan birga, bu muddatda dvigatelning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari yomonlashmaydi. M–63/10B moyini 10 ta markadagi moy o‘rnida ishlatish mumkin. Bu moy odatdagi moylarga nisbatan qimmatbaho bo‘lishiga qaramay, iqtisodiy jihatdan
    samaralidir. Sintetik moylardan foydalanish muhim yangi yo‘nalish bo‘lib, ular moyning ish muddatini 3,5 barobargacha oshiruvchi yuqori ekspluatatsion xususiyatlarga ega bo‘ladi. Ularni benzinli va dizelli dvigatellarda ishlatishdan tashqari, tarkibiga tegishli qo‘shilma
    qo‘shib gidravlik tizimlarda va gidromexanik transmissiyalarda foydalanish mumkin.
    Sintetik moylar yuqori qovushoqlik indeksiga ega (150–170), oquvchanlik xususiyatini yo‘qotish harorati mineral moylarga nisbatan past (minus 65°C gacha). Sintetik moylarni almashtirmay 20 ming km gacha masofani bosib o‘tish mumkin, alohida olingan navlaridan foydalanilganida esa bu ko‘rsatkich 80–100 ming km ni tashkil etadi. Sintetik motor moylari bir tomondan, mashinalarning ishonchli ishlashini ta’minlasa, ikkinchi tomondan moylarni unifikatsiya qilinishini yaxshilaydi. Moylash materiallarining ekspluatatsion xususiyatlarini baholash pasport ma’lumotlarining Davlat standarti talablariga mosligini tekshirishdan boshlanadi va moyning umumiy holdagi ish sharoiti yoki ma’lum bir agregat yoki uzelda ishlashga yaroqliligini aniqlash bilan tugallanadi. Bunda dvigatelni qizdirmay ishga tushirishga ruxsat etilgan kritik qovushoqlik miqdoriga binoan eng past harorat (motor moylari uchun) yoki avtomobilning ravon harakatlana olishini ta’minlovchi harorat (transmission moylar uchun) aniqlanishi talab etiladi. Motor moylari va boshqa moylash materiallarining tarkibi, xususiyatlari va ishlatilish sharoitlari bo‘yicha to‘liq ma’lumotlar zarur bo‘lganida maxsus (spravochnik) adabiyotlardan foydalaniladi.

    Download 2,88 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja

    Download 2,88 Mb.