Ichki yonuv
dvigatellari uchun
yonilg`i va moylash
materiallarini olish
Reja:
Neft-yonilg`i va moylash materiallarini olish uchun asosiy
xom-ashyo.
Neftning ximiyaviy tarkibi va uni yonilg`i-moylash
materiallari xossasiga ta’siri.
Neftni qayta ishlash usullari va yonilg`i olish texnologiyasi.
Yonilg`i va moylarni tozalash usullari.
Suyuq yonilg`i va surkov moylarni boshqa xom-ashyolardan
olish.
Sintetik moylarni olish.
Neft-yonilg`i va moylash materiallarini olish
uchun asosiy xom-ashyo
Neft - xozirgi zamonda ichki yonuv dvigatellarida ishlatiladigan yonilg`i va texnikalarni
moylash uchun kerak buladigan moylash materiallari olinadigan asosiy xomashe
xisoblanadi. Uning kurinishi kora jigar rangdan, sarik rangacha bulib, moyli suyuklikdir,
zichligi 0,75….1,3 g/sm
3
oraligida buladi.
Neftning zichligi uning tarkibida smolali asfalt xamda kattik uglevodorodlarning mikdori
kupligiga karab oshib boradi. Neft-uglerod bilan vodorodning xar xil kushimchalar bilan
xosil kilgan murakkab aralashmasi bulib, uning elementar tarkibi kuyidagicha buladi
83…87% uglerod; 11…14% vodorod; 0,1…1,2% kislorod: 0,02…1,7%, azot; va 0,01…5,5%
oltingugurtdan iborat.
Olimlarning uzok vakt tekshirishlari natijasida neft asosan organik kelib chikishga ega,
ya’ni organik moddalardan tashkil topgan deb xisoblanadi. Bu moddalar esa asosan
usimlik va xayvonotning bakteriyalar ta’siri natijasida parchalanishdan xosil bulgan.
Keyinchalik esa yigilib pastlik joylarga, asosan dengiz tubida xosil bulgan yoki suvlarning
ta’sirida kurik joylarga ( Mingbulok, Kukdumalok) yigilgan ularning bir kismi esa
issiklikning ta’siri natijasida gaz kurinishiga aylangan.
Neftning sifati va tarkibi asosan undagi organik moddalarning tarkibi, atrofni urab
oluvchi moddalar, xamda xosil bulish vakti kabi bir kancha omillarga boglik.
|