Neftning ximiyaviy tarkibi va uni yonilg`i-moylash materiallari xossasiga ta’siri.
Neftning asosiy massasini uglevodorodlar tashkil kilib, ular uchta garuxga bulinadi: parafinlar
(alkon), naftenlar (siklon) xamda xid beruvchi (oren)lardan tashkil topgan. Bulardan tashkari
tarkibida oz mikdorda bulsada, kislorod, azot, oltingugurt kushilmalari bulishi mumkin. Bu
moddalar asosan zararli xisoblanib, tozalanishga tugri keladi:
Parafinli uglevodorodlar-formulasi S
n
H
2n+2
neftning eng asosiy kismi xisoblanib 50…60% ni tashkil
kiladi.
Uning asosiy kismi 150
0
s gacha kaynay boshlaydi.
Parafinli uglevodorodlar gaz kurinishdagi metanCH
4
, suyuk penton S
5
H
12
va kattik gekeadekon S
16
H
34
lardan tashkil topgan.
Parafinli uglevodorodlarning kuyuklanish xarorati yukori bulganligi uchun kishki yonilg`i va
moylarda bulishi zararli xisoblanadi.
Naftenli uglevodorodlar S
n
H
2n
bulib, ikkita komponentdan, siklopentan S
5
H
10
va siklogeksan S
6
H
12
tashkil topgan.
Naftenli uglevodorodlar baland xaroratda (4000s va undan yukori) parafinli uglevodorodlarga
aylanishi mumkin.
Naftenli uglevodorodlar yukori bulmagan xaroratda suyuklanadi, kuyuklanish xaroratini pasaytiradi,
shuning uchun yonilg`i va moylarda eng kerakli komponentlardan biri xisoblanadi;
Bu uglevodorodlarning bunday xususiyati korbyurotorli dvigatellarning detonatsiyasiz ishlashiga
yerdam beradi.
Naftenli uglevodorodlar neftning tarkibida 20…30% ni, moylarda esa 70% gacha bulishi mumkin.
Xid chikaruvchi uglevodorodlar neftda 10…50% gacha bulib, asosan benzol yadrosidan iborot.
Neft maxsulotlarning yengil fraksiyalarida monotsiklik, ogir fraksiyalarida esa politsiklik xid
chikaruvchi uglevodorodlar buladi.
Aromatik uglevodorodlar oksidlanishga karshi turgunlikka ega bulib, kushilganda xam benzol
xalkasini saklab turadi. Bu uglevodorodlar yukori yepishkoklikka ega, xarorat pasayishi bilan
ularning yopishkokligi osha boradi bu xususiyati moylash materiallariga zarar yetkazadi.
Oksidlanishga karshi turgunlikka ega bulganligi sababli korbyuratorli dvigatellarda
detonatsiya bilan ishlashga karshilik kursatadi, shuning uchun foydali, ammo dizel
yonilg`ilariga esa zarar yetkazadi, sababi alangalanishning kechikish davrini uzaytiradi, va
dvigatelni kattik ishlashiga olib keladi.
Neftga termik kayta ishlov berilganda unda olefinli uglevodorodlar (alken) formulasi S
n
H
2n
va
diolefinli uglevodorodlar (alkadiyen) S
n
H
2n-2
xosil buladi. Bularning asosiy kismi etilein S
2
H
4
va
butadiyen S
4
N
6
dan iborat buladi.
Bu uglevodorodlarda xarorat kutarilishi bilan oksidlanish jarayoni osha boradi, natijada
smolali-asfalt moddalarning kupayishiga olib keladi. Shuning uchun bularning motor moylari
tarkibida bulishi zararli xisoblanadi.
Uzining tarkibida kislorod bulgan organik kislotalar (naftenli kislota) xam bulishi mumkin.
Naftenli kislotalar kora metallarga zarar yetkazmaydi, ammo rangli metallar (sink, mis)ga ta’sir
kursatib tuz xosil kiladi va karroziyaga olib keladi.
Smolali-asfalt moddalar murakkab kushimcha bulib, asosan uglerod, vodorod, kislorod,
oltingugurtlarning kushilishidan xosil buladi.
Smolali-asfalt birikmalari ikkita guruxga:-betaraf, neft smolalari, asfalten, karbon va korboid,
xamda shur neft smolalarga bulinadi.
Betaraf smolalar-yarim suyuk okuvchi modda bulib, kora-sarik yoki jigar rangda buladi va
kuchli ranglovchi xususiyatga ega, zichligi 1,0g/sm3 ga teng. Elementlar tarkibi 80…85% S,
10%N, 5…10%O. Empirik formulasi S
n
H
2n-m
O
p
, bunada n=16…69, m=8…40 va P=1…3 ga teng.
Bu smola xamma neft maxsulotlarida tez erib kushilib ketadi, ammo spirt va atsetonda erishi kiyin.
Asfalten-kora rangdagi kattik modda bulib, zichligi 12 g/sm3 dan baland, tarkibida uglerod kuprok,
vodorod kamrok buladi.
Asfaltenlar 300S dan baland xaroratga kizdirilganda parchalanadi. Neft va spirtning yengil
fraksiyalarida erimaydi. Ogir fraksiyalarda (moylarda) erib kalloid eritmalar xosil kiladi.
Karben va karboidlar xam asfaltenga uxshaydi, ammo juda xam kora rangda buladi. Karbenlar
oltingugurtli uglevodorodlarda eriydi, ammo karboidlar umuman erimaydigan modda xisoblanadi.
Shur neft smolalari (asfaltogen kislotalar va ularning angidridlari)-yarim kattik yoki kattik moddalar
bulib, zichligi 12 g/sm3 dan baland.
Ular spirt va xloroformda eriydi, benzinda esa erimaydi. Bu smolalar asosan polimerizatsiyalanish, va
oksidlanish natijasida xosil bulib, neftning ogir fraksiyalari tarkibida buladi, ammo benzinlarda
bulmaydi.
Oltingugurtli birikmalar neft va uning maxsulotlarida erkin xolda yoki smolali-asfalt birikmalari
tarkibida bulishi mumkin.
Oltingugurtli birikmalar aktiv va aktiv bulmagan turlarga bulinadi.
Aktiv birikmalar metal bilan tezlikda reaksiyaga kiradi (oltingugurtli vodorod H
2
S, va uchuvchi
suyuklik merkaptanlarga aylanib) yokimsiz xid tarkatadi.
Aktiv bulmagan yoki betaraf(sulfidli) birikmalar metalga ta’sir kilmaydi va asosiy kismining 70…80%
ni tashkil etadi.
Oltingugurtli birikmalar neft maxsulotlari tarkibida bulishiga ruxsat etilmaydi. Oltingugurt yonilg`i
tarkibida umuman bulmasligi kerak, sababi yonganda zaxarli gaz (is gazi) chikaradi, suv bilan
kushilib reaksiyaga kiradi, natijada metallarning zanglashiga sabab buladi.
Azotli birikmalar juda xam oz mikdorda (0,03…0,3%) bulib, neft maxsulotlarini tozalaganda tuligicha
yukotiladi.
Mineral moddalar (xar xil tuzlar va naftenli kislota) xamda suv neftda kup bulmagan xolda uchraydi
va ulardan tozalash osonlikcha amalga (kizdirish, tindirish) oshiriladi.
|