3. Neftni kayta ishlash usullari va yonilg`i olish texnologiyasi
Suyuk yonilg`ilar, neftni tugridan- tugri xaydash (uglevodorodlarning
strukturasini uzgartirmasdan) xamda ximiyaviy uslubda (uglevodorodlarning
strukturasi uzgaradi) yordamida olinadi.
Neftni tugri xaydash fizikaviy jarayon bulib, uning tarkibiy kismlari
fraksiyalarga bulinadi.
Buning uchun neft kizdiriladi, xosil bulgan buglar kismlarga taksimlanib
yonilg`i distilyatlari olinadi, kolgan kismini esa mazut tashkil kilib, unga
ximiyaviy ishlov berilib moylash materiallari olinadi. Neftni tugri xaydash katta
kurilmalarda, tuxtovsiz xolatda amalga oshiriladi.
Neft nasos 7 yerdamida 1 MPa bosim ostida issiklik almashtiruvchi
(teploobmennik) 6 orkali parlantiruvchi ustun 8 ga yuboriladi. Bu yerdan
yengil kaynovchi moddalar rektifikatsion ustun 2 va kup kismi esa trubkali
pech 1-ga boradi.
Neft ilon izi kabi kilingan trubkadan utayotib bir tekis kiziydi. Xarorat 330…350
S gacha kutarilib buglanadi. Ilon izi trubkadan utayotgan buglarning tezligi
asta-sekin 1…2 m/s tezlikdan 60…80 m/s gacha kutariladi. Bu esa neftni
parchalanishga olib keladi. Ustunga utayotgan neft parchalanib tezligi
kutariladi, bosim esa pasayadi va bugga aylanadi. Neft buglari ustunning tepa
kismigacha kutariladi. Ustun metall likobchalar bilan ajratilgan bulib, uning
uch kismida teshikchalar kuyilgan.
Rasm 1.Neftni xaydash kurilmasi.
1-trubkali, 2,5-rektikat ustunlar (kollonalar) 3,3`-
sovutgichlar, 4-kondensator-gaz ajratkich; 6-issiklik
almashtirgich, 7-nasos, 8-parlatgich ustun (kallonor).
Xarorat 40…200 S ga kiziganda eng yengil buglanuvchi kismi benzinga, 140…300S da
kerosinga va 230…250 S da esa gazoylga aylanib. kondensator-gaz ajratuvchi 4 ga tushadi.
Ustunning pastki kismida kolgan kismi esa mazut bulib, kushimcha ravishda kizdiriladi
va natijada ikkinchi ustunga yuborilib undan moylar olinadi. Ammo, bu jarayonda mazut
issik bug yordamida 420…430
0
S gacha kizdiriladi.
Ustunning eng pastki kismida esa gudron koldik bulib koladi.
Gudronni okartiruvchi tuprok va oltingugurt kislotasi bilan ishlov berilib yopishkokligi
baland bulgan aviatsiyada ishlatiladigan moy olinadi.
Ammo, neftni tugri xaydash orkali fakatgina 9…12%, ayrim xollardagina 20%-gacha
benzin olish mumkin. Xozirgi vaktda avtomobil transportining keskin rivojlanishi
natijasida benzinga talab oshib bormokda.
Shuning uchun neftni ximiyaviy usulda xaydash natijasida 50…60% gacha benzin olish
mumkin. Bu jarayonga kreking-jarayon deyilib, ikki xil kurinishda-issiklik ta’siridagi
termik-kreking, xamda katalizator ishtirokida issiklik bilan katalitik kreking deyiladi.
Termik-kreking uslubida asosiy faktorlar bulib xarorat, bosim, vakt xamda neftning
tarkibi xisoblanadi. Masalan, 400
0
S da mazutdan 30% benzin olish uchun 12 soatgacha
vakt kerak bulsa, 500
0
S ga kizdirilganda 30 sek vakt kerak buladi.
Mazut kizdirilganda uning molekulalari parchalanadi, natijada tez buglanishga
erishiladi.
Ammo kreking-benzinda ba’zi bir tez buglanuvchi uglevodorodlar xam bulganligi sababli
unga maxsus moddalar-stabilizatorlar kushiladi. Buning uchun naftol, fenol fraksiyalari,
paraoksidifenilen kabilar foydalaniladi. Agarda kreking-jarayon 2…5 mpa bosim va
480…500
0
S xaroratda amalga oshirilsa suyuk fazali kreking, 0,2…0,6 mpa bosim va
520…550
0
S da amalga oshirilsa bug fazali kreking deyiladi.
Katalik krekingda esa katalizator sifatida alyumisilikat va boshka moddalar
foydalanilib, bir marta uskunadan utkazilganda 40…50% benzin, 30…40% dizel
yonilg`isi, xamda 10…15% gaz olish mumkin.
Kreking-jarayonining yana bir kurinishi riforming-jarayon bulib, unda neft
maxsulotlarining sifatini yaxshilash uchun uglevodorodlarning molekulyar
massasi kamaytiriladi.
Bunga destruktiv gidrogenizatsiyalash - ya’ni vodorod ishtirokida 20…30 MPa
bosim ostida ta’sir kilinib vodorodga tuyintirilsa, gidroforming-uglevodorodlar
bilan 480…500
0
S da, 2…3 mpa bosim ostida tuyintiriladi.
Buning uchun katalizatorlar sifatida molibden, vanadiya, xrom, allyuminiy,
magniy kabi moddalarning oksidlaridan, foydalaniladi.
Keyingi vaktlarda boshka xom-ashyolardan xam suyuk yonilg`ilar va moylar
olish amalga oshirilmokda.
Bunda xom-ashyo sifatida kumir, slanets, torf, gaz kurinishidagi moddalar,
xamda etil va metil spirtlaridan foydalaniladi.
Bularni 3-ta guruxga bulish mumkin.
I-guruxga-neft yonilg`ilariga sintetik moddalar metil va etil spirti, metil-tret-
butil efiri, metil-tret amil efirlarini kushib ishlatish.
II-guruxga–sintetik yonilg`ilar bulib, kumir, bitum, yonuvchi slanetslardan
foydalanish.
III-guruxga-spirtli yonilg`ilar, tabiiy gazlar, vodorod va ammiaklar kiradi.
|