4. Yonilg`i va moylarni tozalash usullari
Neftdan olingan yonilg`i va moylarni tugridan-tugri ishlatish mumkin emas. Shuning uchun olingan
neft maxsulotlarini ximiyaviy xamda fizikaviy jarayonlar orkali tozalashga tugri keladi.
Ximiyaviy uslublariga ularni oltingugurtli, ishkorli gidrogeni-zatsiyalash orkali tozalanadi.
Fizikaviy uslublarda selektiv erituvchilar, xamda xar-xil okartiruvchi moddalar (adsorbentlar)dan
foydalaniladi.
Oltingugurt kislotasi bilan tozalashda olingan yonilg`iga xar xil oltingugurt kushilmalari (merkapten,
sulfid, tiofan) kushiladi.
Bunda oltingugurt kislotasi yonilg`ining asosiy kismlari bulgan parafin, xid beruvchi, naften
uglevodorodlariga ta’sir kilmasdan keraksiz bulgan moddalar va organik kislota, efirlar, sulfokislota,
kolgan gudron bilan reaksiyaga kiradi. Keyin tozalaniladigan yonilg`i NaOH ishkori bilan yuviladi.
Bunda xosil bulgan tuzlar suv bilan yuvilib keyin tindiriladi.
Gidrogen tozalashda vodorod va katalizatorlar (xrom va molibden) olindi, kobalt va molibden
oksidlarining kushilmasidan foydalaniladi.
1…4 mpa bosim va 375…415
0
S xaroratda oltingugurt birikmalari vodorod ta’sirida gaz kurinishiga
utadi, natijada tez tozalanadi.
Dizel yonilg`isida tozalanishdan oldin 1…1,3% oltingugurt birikmalari bulsa, tozalagandan keyin bu
mikdor 0,02…0,06% ga tushib koladi.
Okartiruvchi modda (adsorbent)lar bilan tozalashda alyumosilikatlardan foydalaniladi. Tozalashda
benzin buglari okartiruvchi moddalar orkali utkaziladi, keyin sovitiladi.
Moylar mazutdan olingandan keyin uning tarkibida keraksiz moddalar (smola-asfalt,organik
kislotalar, tez oksidlanuvchi uglevodorodlar) kolota va moylarning moylash xususiyatiga salbiy ta’sir
kursatadi.
Moylarning tozalashning kislota-ishkorli, kislota kontaktli, selektiv xamda deasfaltlash, deparafinlash
uslublari mavjud .Kislotali-ishkorli tozalashda oltingugurt kislotasi yengil moylar uchun 3…6%,
aviatsiya moylari uchun 7…10% ishlatiladi.
Smolali moddalar oltingugurt kislotasi bilan kushilib eriydi yoki kuyuklashadi asfaltenga aylanib
gudron xosil kiladi. Tindirilgandan keyin suvda eritilgan NaOH ishkori bilan ishlanadi. Natijada
organik kislotalar va oltingugurt kislotasining koldiklari yukotiladi. Keyin moy suv bilan yuvilib tuzlar
ketkaziladi.
Ishlov tomom bulgandan keyin issik xavo bilan kuritiladi.
Kislotali-kontaktli tozalash kislotali-ishkorli tozalashdan keyin amalga oshiriladi. Bunda
tozalanadigan moylar tozalovchi tuproklar, gumbrin, tuprogi yoki sun’iy silikagel bilan 20…100
0
S
xaroratda aralashtiriladi. Kushiladigan tuproklar mikdori 2…5% ni tashkil etadi.
Bu tozalashda mayda bulgan aktiv birikmalar, organik va sulfokislota, oltingugurt kislotasi gudrondan
tozalanadi.
Selektiv tozalashda asosiy uglevodorodlarga ta’sir kilmay keraksiz moddalardan tozalash uchun
ishlatiladigan komponentlar kushiladi.
Bunga asosan forfulol, netrobenzol, texnik propanlardan foydalanish mumkin, bu jarayon 50…120
0
S
xaroratda utkaziladi.
Asfaltdan tozalash usulida tarkibida juda kup smolali-asfalt kushilmasi bulgan, oltingugurt kislotali
xamda selektiv uslublarida tuligicha tozalab bulmaydigan moylar tozalanadi.
Bunda maxsus eritmalar yoki kuyuk propandan foydalaniladi. Bu eritmalar ta’sirida smolali-asfalt
kushilmalar chukindi xosil kiladi va tindirilgandan keyin olib tashlanadi.
Propan past xaroratda kaynaganligi uchun jarayon 2,5…4 MPa bosim ostida 60…85
0
S xaroratda
amalga oshiriladi. Propanning mikdori tozalanadigan joyda 5:1 dan 10:1 xajmgacha nisbatda buladi.
Deasfaltli tozalangandan keyin moylar asosiy tozalanish jarayonlariga yuboriladi.
Parafindan tozalash usuli parafini kup bulgan neft maxsulotlarida ishlatiladi.Bu jarayonda past
xaroratda kristallanadigan uglevodorodlardan tozalanadi. Tozalanadigan moylar erituvchi moddalar
(metiletil keton, benzolli atseton, benzinli dixloreton va boshkalar) bilan kushilib xosil bulgan
aralashma parafin va serezin aralashmalarning erish xaroratidan 15...20
0
S baland bulgan xaroratda
kizdiriladi va undan keyin aralashma asta-sekinlik bilan sovitiladi va maxsus Filtrlardan utkaziladi.
|