|
1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja
|
bet | 16/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiMoy penetratsiyasi
Plastik surkov vositalarining vazifalari
Plastik surkov moylari avtomobillaming, asosan, germetik ber- kitilmagan (karterlar ichiga joylashtirilmagan) ishqalanib ishlaydigan tarmoqlarini moylash uchun ishlatiladi. Bunday moylar antifriksion surkov moylari deb ataladi.
Plastik surkov moylarida suyuq va qattiq moylash materiallari- ning xususiyatlari mujassam etilgan. Plastik moylar panjara (kar- kas) ko‘rinishdagi tuzilishga ega bo‘lib, u quyultiruvchining qattiq zarrachalari (dispers faza) va shu panjara ichiga kiritilgan suyuq moylar (dispersli muhit)dan tashkil topgan. Yuklanishlar ta’sirida karkas buziladi va moy suyuqlik holatida ishlaydi, yuklanish olin- gach panjara yana tiklanib, moy yana qattiq jism shakliga o‘tadi. Bu plastik moylarning asosiy xususiyatidir.
Plastik surkov moylari tarkibiga moy (asos) (80-90%), quyul- tirgich (sovun) (10-20%), qattiq uglevodorodlar, bir jinsliligini saqlash maqsadida qo‘shilgan stabilizator, Sovunli quyultirgichlar moyli kislotalarning tabiiy yoki sun’iy tuzlaridan iborat bo‘lib, ulardan ko‘proq kalsiyli, litiyli, natriyli, bariyli, aluminiyli, ruxli, qo‘rg‘oshinli va boshqalar ishlatiladi. Bu quyultirgichlar bilan tayyorlangan surkov moylari o‘rta va yuqori haroratlarda ishlatishga yaroqli bo‘ladi.
Sovunmas quyultirgichlar (qattiq uglevodorodlar - parafinlar, serezinlar va boshqalar) asosida tayyorlangan surkov moylari nam- likka chidamli bo‘lishi bilan birga, faqat past haroratlarda ishlatishga yaroqlidir.
Plastik surkov moylari ishqalanayotgan sirtlarga agressiv suyuq- liklar, bug‘lar, abraziv materiallar (chang, ifloslik va boshqalar)ni kirishiga to‘sqinlik qilib u sirtlarning yeyilishini kamaytiradi. An- tifriksion xususiyatlarga ega bo‘lishi tufayli, moylar ishqalanishga sarflanadagan energiyani kamaytiradi, mexanizm va mashinalar- dagi ishqalanishga sarflanayotgan quvvatni tejashga imkon beradi.
Moy penetratsiyasi. Plastik moylarning mexanik xususiyatlarini baholashda bir qator qiyinchiiiklarga duch kelinadi, bulardan biri nisbatan jiddiy e’tibor berilishi lozim bo‘lgan, quyultirgichlar yordamida hosil qilingan strukturaning tashqi muhit ta’siriga sezgirli- gidir. Bu xususiyat qattiq va moylar uchun me’yorlanishi zarur bo‘lgan tavsifiy ko‘rsat- kichlardan biridir. Shu sababli bir qator moylash materiallarining xususiyatlari penetratsiya ko‘rsatkichi bo‘yicha baholanmoqda.
Moy penetratsiyasini aniqlashda standart penetrometrdan foydalaniladi (6. 1- rasm).
Penetrometming asosiy detali yo‘naltiruvchi shtativ 4 ga o‘matilgan prujinali stopor 3 yordamida tutib turiladigan shtok bilan 5 qattiq bog‘lanishdagi konus 2 dan iborat.
Penetratsiyani aniqlashda sinalishi lozim bo‘lgan moy stakanga 1 quyiladi va penet- rometr stoliga qo‘yiladi. Shundan so‘ng stopor 3 ni ezgan holda shtok 5 ni ushlab, konus 2 uchi moy sirtiga ehtiyotkorlik bilan keltiriladi va stopor 3 tezlik bilan qo‘yib yuboriladi. Tishli reyka 9 ning yuqori qismi shtok 5 ning yuqori qismiga ohista keltiriladi, penetrometr strelkasi 8 ixtiyoriy yo‘na- lishda buralib, shkala (6) 0 holatiga keltiriladi. Bu holatda penetrometr ishga tayyor hisoblanadi. Shundan so‘ng stopor 5 5s davo- mida siqib ushlab turiladi va konus 2 ning shtok 5 bilan birgalikda siljib, surkov moyiga botishi kuzatiladi. 5 s vaqt o‘tganidan so‘ng stopor qo‘yib yuboriladi va reyka 9 asta-sekin shtok 5 ning yuqori qismiga tekkunga qadar pastga tushiriladi. Reyka pastga tushayot- gan paytda, reyka bilan shesternya 7 yordamida biriktirilgan strelka 8 ma’lum burchakka buriladi va shkala 6 bo‘yicha millimetrning o‘ndan bir ulushi aniqligida penetratsiya miqdorini ko‘rsatadi.
Penetratsiyani moyning mexanik xususiyati ko‘rsatkichi sifa- tidagi kamchiligi shundan iboratki, bu ko‘rsatkich asosida moyning ishlatilish doirasini aniqlab bo‘lmaydi.
|
| |