• 2 . Mashina tiski (iskanja)lari
  • V бўлим Технологик мосламалар




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish
    Sana14.03.2024
    Hajmi0.5 Mb.
    #171666
    Bog'liq
    22 (1)
    lecture 11 (2), N. R. Barakayev, N. F. O rinov, D. X. Bafoyev tokarlik ishi, 10 Lecturre (2), Vaskin - eui - 1-14-15-Z (1), Smagin Konovalova 2, МУ Технологическая оснастка, Терушкина-Н.П.-Технологическая-оснастка (1), Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti


    V бўлим Технологик мосламалар 
    22 Lecture

    FREZALASH DASTGOXLARI MOSLAMALARI 
    (Adaptation of milling machine) 
    1. Frezalash dastgoxlari moslamalari. 
    2. Mashina tiski (iskanja)lari, universal moslamalar. 
    3. Universal bo’lish stollari, bo’lish kallaklari. 
     
    Tayanch iboralar: Frezalash dastgoxlari moslamalari; qo’zg’almas, (statsionar) 
    universal moslama, pnevmatik tiski, burish moslamalari, stoykalar, burish stollari 
    va stoykalari. 
     
    1.FREZERLASH DASTGOXLARI MOSLAMALARI 
    Frezerlash dastgoxlari moslamalari turli xil bo’lib universal, universal 
    yig’ma, universal sozlanadigan, guruxli va maxsus bo’lishi mumkin.
    Mashina tiskilari universal moslama hisoblanadi. Ular turli ko’rinishdagi 
    va o’lchamdagi zagotovkalarga ishlov berish uchun ishlatiladi. Tiskilarni tana, 
    salazka va maxkamlash mexanizmi kabi doimiy detallari va xar hil o’lchamdagi 
    detallarga ishlov berish uchun ishlatiladigan (almashinadigan lablar (gubki)) 
    almashinadigan detallarga bo’linadi.
    Tiskilar 1 ta yoki 2 ta xarakatlanuvchi lablarga ega bo’lishi mumkin. 
    Tiskilarda vintli, ekstsentrikli qo’lda maxkamlash va mexanizatsiyalashgan 
    pnematik, gidravlik, pnevmogidravlik maxkamlash mexanizmlari ishlatiladi. 
    Xarakatlanuvchi labga ta’sir etuvchi maxkamlash kuchini yo’nalishiga ko’ra 
    tortuvchi va suruvchi bo’lishi mumkin.


    V бўлим Технологик мосламалар 
    1-rasm. Ikkita doimiy xarakatlanadigan labga ega bo’lgan universal o’zi 
    markazlaydigan tiski. 
    11.2-rasmda universal o’zi markazlaydigan ikkita doimiy xarakatlanadigan 
    lab 1ga va almashinadigan lablar (2 va 3) ga ega tiski ko’rsatilgan.
    Bir tomonda o’ng rezbali va ikkinchi tomonda chap rezbali vint 4ni 
    aylantirilganda tiski lablari yaqinlashadi (zagotovka maxkamlanganda) va
    uzoqlashadi (zagotovka bo’shatilganda).
    2 . Mashina tiski (iskanja)lari
    Quyida (11.2 rasm) qo’zg’almas (statsionar) universal moslama-pnevmatik tiski 
    keltirilgan. Ushbu tiski vertikal parmalash dastgoxlarida tsilinrik detallarni 
    zagotovkalarini markazlash va maxkamlash xamda teshiklarni parmalash va 
    zenkerlash uchun qo’llaniladi. 


    V бўлим Технологик мосламалар 
    11.2 rasm Universal qo’zg’almas (statsionar) moslama-pnevmatik tiski 
    Tiski tanasiga vintlar yordamida qopqog’i 6 bilan pnevmotsilindr maxkamlangan. 
    Pnevmotsilindr ichida porshen 7 va chap uchida ikkita pazli shtok 8 xarakatlanadi. 
    Pazlarga uzun yelkali G-simonrichaglar 3 paletslar 5 yordamida o’rnatilgan.
    Qisilgan havo pnevmotsilindrni A bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan
    porshen 9 o’ngga xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q 4 atrofida buriladi va kalta 
    yelkasi bilan almashinadigan lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazga qarab suradi 
    va zagotovka maxkamlanadi. 
    Qisilgan havo pnevmotsilindrni B bo’shlig’iga tushishi bilan shtok 3 bilan porshen 
    9 chapga xarakatlanadi. Bu vaqtda richag 3 o’q 4 atrofida buriladi va kalta yelkasi 
    bilan almashinadigan lab (gubki) bilan polzun 2 ni markazdan orqaga qarab suradi 
    va zagotovka bo’shatiladi. 
     
    3. Bo’lish stollari,bo’lish kallaklari. 
    Universal sozlanadigan bo’luvchi stollar 1 ta yoki bir nechta zagotovkani 
    Parmalash dastgoxlarida frezalar komplekti bilan pozitsiyali ishlov berish uchun 
    ishlatiladi. Zagotovka stolni yuqoriga aylanadigan qismida joylashadi va o’rnatib 
    maxkamlanadi. Bo’lish stollari asosan qo’lda boshqariladi. SHuningdek stolni 
    xarakatlanadigan qismi burilish, fiksatsiya va maxkamlash mexanizatsiyalashgan 
    yuritma bilan amalga oshirilishi mumkin. 
    11.3-rasmda UPG – 4 universal bo’lish stoli umumiy ko’rinishi berilgan.
    Zagotovka 3 aylanadigan stolni maxsus almashinadigan naladka 2ga o’rnatilgan
    stolni yuqori qismiga o’rnatiladi va maxkamlanadi. Stol 1ga ishlov berish 


    V бўлим Технологик мосламалар 
    jarayonida aylanadigan zagotovka o’rnatiladi. Aylana bo’yicha burilish 2,4,6,8 
    yoki 12 teng qismlarga bo’lingan bo’ladi.
    11.3-rasm UPG – 4 universal bo’lish stoli umumiy ko’rinishi 
    Bo’lish kallaklari frezerlash dastgoxlarda ishlov beriladigan uncha katta 
    bo’lmagan detallar zagotovkalarini o’rnatish maxkamlash va davriy burish yoki 
    uzluksiz alylantirish uchun ishlatiladi. Bo’lish kallaklarini turli kontruktsiyalari 
    mavjud. Bo’lish kallaklari asosan quyidagi qismlardan iborat: tana, o’rnatadigan 
    qism, bo’lish mexanizmi (fiksator) va aylanadigan qismni maxkamlash 
    mexanizmi. Bo’lish kallaklari, bo’lish stollaridan farqli ravishda zagotovkalar 
    bo’lish kallagini shpindelida, bo’lish kallagini markazlarida, 3 kulachokli 
    patronlarda, tsangalarda o’rnatiladi va maxkamlanadi. Kallaklar vertikal yoki 
    gorizontal shpindelli bo’lishi mumkin.
    Ko’plab bo’lish kallaklarida burish, ishlovgacha aylanadigan qismni
    fiksatsiya qilish va maxkamlash, so’ngra aylanadigan qismni bo’shatish, 
    fiksatorni ishlovdan so’ng chiqarish qo’lda bajariladi. Ayrim bo’lish kallaklarida 
    ba’zi ishchi tsikllari avtomatlashgan bo’lishi mumkin. 
     

    Download 0.5 Mb.




    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    V бўлим Технологик мосламалар

    Download 0.5 Mb.
    Pdf ko'rish