|
Mundarija: Kirish
|
bet | 1/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #253087 |
Bog'liq namunaviy darslar2
Mundarija:
Kirish.
I.Bob Kurs ishining o`qitish metodikasi maqsadi va vazifalari.
II-Bob. Tarqatmali materiallar,ko’rgazmali qurollar va ularning darslarda qo’llanilishi.
1.1 Ko'rgazmali qurollar tayyorlash texnologiyasi
2.2 Ko’rgazmali va tarqatma materiallar.
III-Bob. Maktabda tasviriy san’atni o’qitishda didaktikasi va materiallar, ko’rgazmali qurollari.
2.1. Tasviriy san’at darsida didaktik materiallar va ularning qo’llanishi
2.2. Tasviriy san’at darsida ko’rgazmali qurollar, ulardan foydalanish
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
KIRISH.
Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoev so’zlari bilan aytilganda, “Bugungi kunda shiddat bilan o’zgarib borayotgan hayot oldimizga qo’yayotgan bir-biridan murakkab va muhim masalalarni hal qilish haqida o’ylar ekanmiz, ularning yechimi aynan ta’lim-tarbiya bilan, yoshlarning duyoqarashini zamonaviy bilim, yuksak ma’naviyat va ma’rifat asosida shakllantirish bilan bog’liq ekaniga yana bir bor ishonch hosil qilamiz” .
Bugungi kunda yosh avlodga ta’lim tarbiya berishda o‘quvchilar ongiga milliy g‘oyaning asosiy yo‘nalishlarini singdirishda badiiy ta’lim vositalaridan samarali foydalanish, o‘quvchilarning ma’naviy siyosiy dunyoqarashlarini shakllantirish bilan birga ularda ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda ta’lim tizimini takomillashtirish borasida maqsadli tadbirlarni amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada ayniqsa, mustaqillikdan keyin hukumatimiz tomonidan katta e’tibor berib kelinmoqda. Birinchi prezidentimiz Sh.Mirziyoyevning “Shuni unutmaslik kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo‘lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog‘liq”– degan fikrlari so‘zimizning isbotidir.
Hozirda barcha ta’lim, fan sohalariga yuksak e’tibor qaratilishi barobarida tasviriy san’at fanining ta’lim muassalalarida o‘qitilishi, o‘rganilishida ham ko‘plab ishlar olib borilmoqda. Hozirgi kunda talim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va axborot texnologiyalari) dan foydalanib, talimning samaradorligini ko‘tarishga bo‘lgan qiziqish, etibor kundan-kunga kuchayib bormoqda. O‘quv tarbiya jarayoida pedagogik texnologiyalarning to‘g‘ri joriy etilishi o‘qituvchining bu jarayonda asosiy tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa o‘quvchidan ko‘proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. Har bir tasviriy san’at fani o‘qituvchisining vazifasi mana shu texnologiyani topish, uni amalda qo‘llashdan iborat. Buning uchun o‘qituvchi o‘z bilimi ustida ko‘proq ishlashi, kompyuter texnologiyalaridan foydalana olishni bilishi, ta’lim sohasida zamonaviy texnologiyalarning qo‘llanilishi, uning imkoniyatlari va chet el jurnallarida chop etilayotgan dolzarb maqolalar bilan tanishib borishi, yangi g‘oyalar ustida ishlashi, o‘z fikrini bayon qila olish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Buning uchun o‘qituvchi chet tilini bilishi, shu tildagi axbortlarni bemalol o‘qiy olishi, chet ellik hamkasblari bilan internet orqali muloqot qila olishi zarur. O’sib kelayotgan yosh avlodni barkamol inson darajasida tarbiyalash borasidagi mavjud muommolarni xal etish ta'lim va tarbiya samaradorligini zamon talablari asosida ta'minlash, uni dunyo talablari darajasiga olib chihishga erishish murakkab jarayon bo'lib, qadim zamonlardan buyon ushbu faoliyatga jamiyatning yetuk vakillari jalb etiladi. Mazkur holat yosh avlod tarbiyasi, uning tashkil etilishi mazmuni nafaqat shaxs kamoloti, balki jamiyat taraqqiyotini ham belgilashda muhim ahamiyatga ega ekanligini anglatadi. Bu sohani chuqur o‘rganish, zamonaviy yangi pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda dars o‘tish, uni shakllantirish, takomillashtirishni amalga tatbiq etish jarayonining rivojlanishi yuqori darajada deb bo‘lmaydi. Bu muammoning ijobiy hal qilinishi uchun tasviriy san’at o‘qituvchilaridan dars o‘tish jarayonida yangi pedagogik texnologiyani qo‘llanilishi talab qilinayotgan ekan, dars o‘tish jarayonida qanday texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin degan savol tug‘iladi. Bu haqda biz o‘qituvchilar chuqur va jiddiy o‘ylab ko‘rishimizga to‘g‘ri keladi. Tasviriy san’at darslari amaliy mashg‘ulot jarayoni bo‘lib, berilgan mavzuni to‘laqonli tasvirlash uchun qisqa vaqt (xaftasiga 1 o‘quv soati ya’ni 45 daqiqa) sarflanadi. Agar biz tasviriy san’at darslarda boshqa asosiy vaqti nazariy bilimlarga ajratilgan fanlarda bo‘lgani kabi o‘yin texnologiyasini qo‘llasak, bunda juda ko‘p vaqtimizni bu mashg‘ulotga sarflab amaliy ishni bajarishga vaqtimiz yetmaydi. Shuning uchun hamma texnologiyalar ham tasviriy san’at darslariga to‘g‘ri kelavermaydi. Tasviriy san’at darslarida shunday texnologiyani qo‘llashimiz kerakki, bu texnologiya darsga xalaqit bermasin, balki uning samaradorligini oshirib, o‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishlarini kuchaytirib, bilim olish jarayonini tezlashtirishga ko‘mak bersin. Avvaldan dars jarayonida mavzuga oid ko‘rgazmali qurollar, reproduksiyalar va doskaga chizib ko‘rsatish orqali o‘quvchilarga uning ishlash texnikasi, undagi ranglar uyg‘unligi va h.k. to‘g‘risida ma’lumotlar berib borilar edi. Hozirda faqatgina bu usullardan foydalanish juda kamlik qiladi. Bizning fikrimizcha, hozirgi zamonaviy texnologiyalar imkoniyatidan foydalanib tasviriy san’at darslarida taniqli rassomlarning ijod qilish jarayoni (mahorat darslari) yozib olingan videotasmalarni namoyish etib dars olib borishni o‘quv jarayoni tarkibiga kiritsak yaxshi natijalarga ega bo‘lishimiz mumkin. Buning uchun, albatta, kompyuterdan foydalanishimizga to‘g‘ri keladi. Hozirda auditoriyalarda bunga yetarli imkoniyat bor. Kompyuter mashg‘ulot o‘tiladigan auditoriyaga olib kiriladi, bu unchalik muammo tug‘dirmaydi. Bunda o‘qituvchi mashg‘ulotga oldinroq kelib kerakli asbob - anjomlarni tayyorlab qo‘yishiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari hozirda juda ko‘p o‘qituvchilar shaxsiy kompyuter noutbuklariga ham ega bo‘lib, bu usulni qo‘llash uchun juda qulaylik tug‘diradi. Ko‘rsatilayotgan videotasmalardagi mahorat darslarida natyurmort ishlash jarayonining bajarilish bosqichiga qarab (joylashtirish, qurish, shakl, rang tus nisbatlarini topish va h.) aynan shu darsda bajarishlari kerak bo‘lgan vazifaga oid qisminigina namoyish etilsa, bu jarayon ko‘p vaqtni olmaydi. Keyingi darslarda mavzuga oid vidiotasmalarni yuqoridagi tartibda namoyish etiladi va h. Bundan tashqari buyuk rassomlar ijodidagi dars jarayoniga tegishli asarlarning reproduksiyalari ham ko‘rsatib boriladi. Dars jarayonida o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan individual ishlab, ularga yutuq va kamchiliklari haqida tushuncha berib boradi. Agar o‘qituvchi o‘zi chizgan asarlarini ko‘rgazmali qurol sifatida ko‘rsatishi yoki doskaga berilgan mavzuni amalda bajarib ko‘rsatishi, bu o‘quvchidagi tasviriy san’atga bo‘lgan qiziqishni oshirishda juda katta ta’sir ko‘rsatadi.
O‘quvchilar tasviriy san’at darslariga qiziqishlari tufayli, ko‘rsatilgan mahorat daslaridan ilhomlanib, ranglar bilan qanday ishlash, ularni o‘z o‘rnida qo‘llash, ranglarning o‘zaro uyg‘unligi, qarama-qarshiligi (kontrastlik) xususiyatlaridan to‘g‘ri foydalanish kabi tushunchalarga ega bo‘ladilar va chizishni yaxshi o‘zlashtirgan bolada boshqa fanlarni o‘zlashtirishi ham yengil kechadi, chunki rasm chizish orqali bola katta ma’naviy ozuqa oladi, ayniqsa uning mantiqiy fikrlashi rivojlanadi. Bu jarayonda boladagi harakat, ko‘rish, sezish kabi miyaning tashqi taasurotlarni qabul qilib oluvchi va tahlil qiluvchi tizimlari (analizatorlar) ham faol ishlay boshlaydi. Bundan tashqari rasm chizish boladagi diqqatini jamlay olish, vaziyatni tahlil qilish va to‘g‘ri baholash, o‘ylab topish va tasavvur qilish, ko‘rish xotirasi, kabi xislatlarini shakllantiradi. Ijod barcha moddiy va ma’naviy ne’matlar o‘chog‘i - inson hayotining asosi hisoblanadi. Atrofimizni qurshab turgan tabiatdagi buyumlarning turli shakllari, ko‘rinishlari va nozik rang tuslanishlarining xilma – xilligini vidiotasmalar orqali ko‘rish bolaning ichki dunyosining boyishi va rivojlanishiga ta’siri kuchli bo‘ladi. Bu kabi tasviriy san’at darslarini olib borish orqali o‘quvchilarda rasm ishlashga bo‘lgan qiziqish va ishtiyoq ortadi. Ulardagi tasviriy san’atga bo‘lgan mehr-muhabbati oshadi, natijada ularning ijodiy faoliyatining faollashishiga olib keladi. Videotasvir orqali Vatanimizning buyuk rassomlari ijodini o‘rganish bilan birga o‘quvchilarda ularga bo‘lgan cheksiz hurmat hissi paydo bo‘ladi. O‘quvchilar orasida chizishni qiyin deb, uni boshlashga cho‘chib turuvchilari ham uchraydi. Ammo professionallik darajasida tezkorlik bilan ishlash videotasvirini ko‘rganlaridan so‘ng, ulardagi o‘z-o‘zidan qo‘rqish va cho‘chish hissi yo‘qoladi. Videotasvirlarning namoyish etilishi o‘quvchilarga vaqtdan unumli foydalanishni, tezkorlikni, o‘zaro fikr almashishni o‘rgatadi, qolaversa, o‘quvchilarning bir-biridan ajoyib san’at asarlarini yaratishlariga zamin hozirlaydi. Ma’lumki, dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanish juda muhim ahamiyatga ega hamda ularni tayyorlash pedagogdan sabr-toqat, kreativ yondashuv va mahorat talab etadi. Tarqatma materiallar sifatida berilgan topshiriqlar ta‘lim oluvchilarning dars jarayonida individual, juftlikda yoki guruh bo‘lib hamkorlikda ishlashiga, berilgan topshiriqlarni hamjihatlikda bajarishiga, vaqtdan unumli foydalanishiga imkon beradi. Shuningdek, tarqatma materiallar yordamida bir vaqtning o‘zida muhokama qilinayotgan savolni, axborotni ham eshitish, ham ko‘rish orqali qabul qilish shubhasiz ta‘lim oluvchilarning puxta bilim olishlariga va o‘z navbatida ushbu egallangan bilim ular xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolishiga yordam beradi. Bugungi kunda dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanish tobora keng qo‘llanilmoqda va buning samarali hamda ijobiy tomonlari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Darsda ta‘lim oluvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini birdek shakllantirishda pedagogdan ulkan mahorat talab etiladi. Bunday paytda mavzuga oid ma’lumotlarni, grammatik qoidalarni, berilgan matnlarni tarqatma material sifatida yetkazib berish muhim rol o‘ynaydi.Pedagogika, psixologiya fanlarini oʻqitishda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish taʼlim oluvchilarning pedagogik yoki psixologik muammolarga oid bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishda hamda ularga oid muammolarning yechimini topishda katta yordam beradi.
|
| |