Ko'rgazmali qurollar tayyorlash texnologiyasi




Download 0,66 Mb.
bet3/8
Sana25.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#253087
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
namunaviy darslar2

Ko'rgazmali qurollar tayyorlash texnologiyasi.

Tasviriy san’at darslarida ko’rgazmali qurollar orqali dars o’tish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini va rasm chizish qobilyatlarini rivojlantiradi. Dars davomida o’quvchilar mavzu haqida to’liq tushuncha va ma’lumotlarga ega bo’ladilar. Bu o’quv predmetining ko’rgazmali qurollarsiz tassavur etib bo’lmaydi. Shuningdek tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik turlari xam nihoyatda turli-tumandir. Xususan natura uchun shuningdek tushuntirish uchun mo’ljallangan tabiiy va suniy materiallar chizish va yasash usullari va bosqichlarini ko’rsatuvchi ko’rgazmali tablitsalar shular jumlasiga kiradi.
Masalan,
Tasviriy san’at darslarining muvafaqiyati ko’p jihatdan bolalarni fanga bo’lgan qiziqishlarini shakillantirish va doimiy ravishda uni oshirib borishga bog’liq. Fanga qiziqishi bo’lmagan boladan yahshi natija kutib bo’maydi. Shuningdek o’quvchi darsdan bironta natijani ongli ravishda olganida hamda unga ega bo’lishga ishonch hosil qilgandagina fanga qiziqish paydo bo’ladi.Tasviriy san’atda o’quvchilarning qiziqishlarini oshirishning bir qator yo’llari mavjud:
-san’atning mohiyatini bolalar ongiga singdirish;-mashur san’at namoyondalrining hayoti va ijodi yuzasidan suhbatlar o’tkazish filmlar namoyish etish albomlar tayyorlash;
-ozgina bo’lasada bolalarni erishgan yutuqlarini qayd qilish va rag’batlantirish ularning ibrotomus ishlarini sinfdagi barcha o’quvchilarga namoyon etish;
-qiziqarli bo’gan san’at asarlari haqida suhbat va murozalar o’tkazish;-muvafaqiyatga erishgan o’quvchilariningishlaridan ko’gazmalar tashkil etish, ularni ishlarini tuman, shahar, viloyat ko’gazmalariga tavsiya etish;
-har bir darsda o’qtuvchi bolalarga yangi bilim, tushuncha va malakalar berishi;-tasviriy san’at darslarini o’yin, musabaqa tarzida tashkil etishi viktorina krasvord, chaynvord yechish;
-bolalarning tasviriy ijodi uchun ko’proq ularni qiziqtirgan mavzularni tavsiya etish. Ayniqsa ertaklar hikoyalar multiplikatsiyalar filmlar asosida dengiz tubiga va boshqa planitalarga hayoliy sayohat mavzularida rasm chizdirish;
-bolalarni yirik muzey va ko’rgazmalarga olib borish;-mashhur san’atkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazish va boshqalar.O’quvchilarni tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishini oshirishda ko’rgazmali materiallardan ken foydalanish ham katta samara beradi. Bunda sa’nat asarlari 216reproduksiyalarni kursatish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanda orttiradi. Reproduksiyalarni bolalarga shunchaki kursatish, uning mazmunini tahlil qilish bilan chegaralanib qolmay asarning yaratilish tarixi, asar haqida yirik olim rassomlarni aytgan fikirlarini o’quvchilarga yetkazish muhumdir. Avvalo ko’rsatiladigan asarlar o’z mazmunini va yaratilish tarixiga ko’ra qiziqarli bo’lishi maqsadga muvofiqdir. Masalan badiiy asarlar qatoriga I.Repinning “Ivan Grozniy va uning o’g’li Ivan”, N.Genning “Pyotr I shahzoda Aleksey Petrovichni so’roq qilmoqda “, V.Perovning” Ovchilar manzilgohda”, Leonardo Do Vinchining “Mona Liza. Jakonda “asrlarini ko’rsatib ular haqida kenroq tushunchalar berish maqsadga muvofiqdir.Malumki, barcha tasviriy san’at darslarida ko’gazmali qurollar ishlatiladi. Bu o’quv predmetining ko’rgazmali qurollarsiz tassavur etib bo’lmaydi. Shuningdek tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik turlari xam nixoyatda turli-tumandir. Xususan natura uchun shuningdek tushuntirish uchun mo’ljallangan tabiiy va suniiy materiallar chizish va yasash usullari va bosqichlarini ko’rsatuvchi ko’rgazmali tablitsalar shular jumlasiga kiradi.
Ayniqsa:
1. Tabiat maxsulotlaridan –daraxt, gul, bargcha, shoxcha rasmlari.
2. Xayvonot olamidan-kapalak, ninachi, qushlar, burgutlar, it, bo’ri, quyon, turna va boshqa rasmlar .
3.Turmushda qo’llaniladigan buyumlar-oshxona va sport buyumlari, mexnat qurollari va boshqalar
4.Transport vositalari-xarbiy texnika, sport texnikasi rasmlari, avtomashinalar
5.Odam va xayvonlarni turli tomondan ko’rinishlarini, ranglari, shakllarini, xamda perspektiv qisqarishini tasvirlovchi rasmlar
6. Odam va narsalarni chizish bosqichlarini ko’rsatuvchi rasmlarBunday ko’rgazmalar namoish etilganda sinfdagi barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan o’lchovda tasvirlanishi lozim. Bu rasmlar o’z xarakteriga ko’ra rangli yoki oq-qora bo’lishi mumkin.Ko’rgazmali qurollar nafaqat rasmli, balki turli materiallardan karton, yog’och, sim, loy, tabiiy va badiiy materiallardan yasalgan bo’lishi mumkin. Ular tasviriy san’at nazariyasiga kompozitsiya perspektiva, rangshunoslik, yorug’ soya, uning qonuniyatlarini ko’rsatuvchi modellar bo’ladi. Bu ko’rgazmali qurollar avval eskiz yoki kichik o’lchovdagi nusxa tarzida tayyorlanadi. Har bir tayyorlangan ko’rgazmaga o’qituvchi qisqacha tushuntirish xati yozadi. Unda ko’rgazmadan foydalanishga oid metodik ko’rsatmalar namoish vaqti va bosqichlari ko’rsatiladi.Ko’rgazmali qurollarni o’quvchilar tomonidan tayyorlanadigan darsga doir konspekt va metodik ishlanmalar bilan bog’liq xolda amalga oshirish aqsadga muvofiqdir. Lekin ko’rgazmali qurol dars ishlanmasi bilan bog’liq bo’lmasligi ham mumkin.O’quvchilarni tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishlarini orttirishda shuningdek turli ko’rgazmalar xam tashkil etish lozim. Ko’rgazma orqali maktabda tasviriy san’at soxasida olib borilayotgan ishlarga baxo berish mumkin bo’ladi. Shuningdek ko’rgazma olib borayotgan ishlar yakuni sifatidagina axamyatli bo’lib qolmay, balki kelgusi ishlarda xam muxim rol o’ynaydi. Ko’rgazmaning natijalari o’qituvchini kelgusida kamchiliklarni bartaraf etishda olib borilgan ishlarni yanada takomillashtirishga imkon beradi. Amalyotda ko’rgazmaningikki xil shakli uchraydi .
1.O’quvchilarning ijodiy ishlaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalar2.Mashhur tasviriy va amaliy san’at ustalari asarlarining asl nusxalari yoki ularning reproduksialaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalar.O’quvchilarning ijodiyishlaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalarning shakllari nihoyatda turli-tuman bo’ladi. Xususan:1.Sinf ko’rgazmasi. Alohida sinf o’quvchilarining eng yaxshi ishlaridan tanlab olish orqali tashkil etiladi
2.Maktab ko’rgazmasi. Maktab o’quvchilarining engyaxshi ishlarini tanlab olish orqali yaratiladi.
3.Shaxsiy ko’rgazma. Soha bo’yicha katta yutuqlarga erishgan o’quvchining faoliyatiga doir bo’ladi. Ko’rgazmalilik prinsipi tasviriy san’atni o’qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishgauning harakterli xususiyatlari va qonuniyatlarinini o’rganishga ko’maklashadi.Ko’rgazmalilik tasviriy san’at darslarida boshqa o’quv predmetlaridagidek yordamchi emas balki o’quvchilarda tushuncha va tassavurlar xosil qiluvchi asosiy materialdir. Naturaning o’ziga qarab rasm chizish darslarida uni naturasiz tassavur etib bo’lmaydi. Bu o’rinda tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik prinsiplarining roli juda katta .Darslar uchun ko’rgazmali qurollar tayyorlash va tanlashda ularga quyidagicha talablarqo’yiladi :
1.Darsning maqsad va vazifalariga mosligi.
2.O’quvchilaring yosh xususiyatiga mosligi
3.Ko’rgazmaning aniqligi , tushunarli bo’lishi.O'z ko'zi bilan kuzatish, sеzgi оrqali o'zlashtirish ta'limning ko'rgazmaliligi dеyiladi. Kuzatish isbоtlab bеrishning o'rnini bоsa оladi va ushlab ko'rish оrqali o'zlashtirilgan narsa хоtirada ko'prоq saqlanadi.Hammaga ma'lumki fizika fanining juda ko'p mavzulari ko'rgazmali qurоllar, fizika asbоblari va shu asbоblar yordamida tajribalar o'tkazishdir. Shunday mavzular bоrki, u mavzular uchun tajribalar qilib bo'lmaydi. Bu mavzu uchun ko'rgazmali qurоllar tayyorlash kеrak. «Atоmning tuzilishi, yadrо kuchlar» mavzusiga, albatta ko'rgazmali qurоllar shishadan diоpоzitiv va plyonkada rasm chizib ko'rgazmali qurоllar yasaladi. Dеmak bilim оlish kеrak bo'lgan mavzular uchun narsalar, buyumlarning o'zi mavjud bo'lmasa, ularning tasviridan fоydalanish kеrak va shu maqsadda ko'rgazmali o'quv qurоllarini tayyorlash lоzim. Ta'lim bеrishda ko'rgazmalilikdan fоydalanish tufayli bilimlarning ko'prоq ishоnchli bo'lishga va o'quvchilarga fikrning chuqurrоq bo'lishiga erishiladi. Ko'rgazmalilik mavzudagi bilimlarni esda saqlashni еngillashtiradi. Bоlalar o'rnatayotgan fizik asbоb va хоdisalarni yoki ularning tasvirini bеvоsita ko'rishga dоimо qiziqqanliklari sababli ko'rgazmalilik hamda vaqt o'quvchilarda bilimlarni o'zlashtirishda ularning faоlligini оshirishga yordam bеradi, bilim оlish jarayonida ularning e'tibоrini safarbar etadi. Ko'p yillik tajribadan shular ma'lum bo'ldiki, o'rganilayotgan fizik asbоblar, ko'rgazmali qurоllarni mumkin qadar turli sеzgi оrganlari bilan idrоk etishlari maqsadga muvоfiq ekanligi aniqlangan. Bugungi kunda jamiyatimiz uchun har tomonlama rivojlangan fan texnika taraqqiyotini hayotga tadbiq eta oladigan yetuk, malakali kadrlar tayyorlash masalasi turibdi. Ta’lim to’g’risidagi qonunning «Umumiy ta’lim» bo’limining 2-moddasida ham bu haqda shunday deyiladi. «Umumiy ta’lim uzluksiz davlat ta’lim tizimida asosiy ta’lim oluvchilar uchun ilmiy bilim, mehnat va boshlang’ich kasblari ko’nikmalari: ish bilarmonlik asoslarini egallashlarini, shuningdek o’z ijodiy qobiliyatlarini va ma’naviy fazilatlarini rivojlantirishlarini ta’minlaydi. Boshlang’ich sinflarda o’quvchilarni mehnatga tayyorlash, ularning qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo`l mehnati hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o’quvchida ushbu yosh uchun bilim, mehnat, ahloqiy, estetik, iqtisodiy ekologik va aqliy imkoniyatlarini aniq mehnat jarayonlarida rivojlanirishga qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashni keyingi sinflarda davom ettirilishi zarur aloqadorlik hosil qilinadi. Boshlang’ich sinfda mehnat ta’limidan amaliy ishlar. Qog`oz va karton poligraf sanoatdagina emas, balki xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida ham keng qo’llaniladi.
Hozirgi kunda ishlab chiqarish sanoatida qog’oz va kartonning ikki yuzga yaqin turi ishlab chiqarilmoqda.

Qog`oz turlaridan: ro’znomalar qog’ozi, yozuv qog’ozi, (sathi silliq) chizmachilik qog’ozi, rasm qog’ozi 2 ta bo’lib, sellyuzadan tayyorlanadi. Oliy navga 25 foiz latta qo’shiladi, yelimlangan qog’oz jilo berilgan qog’oz bo’lib, bir tomoniga yelim surtiladi. Rangli jild qog’ozi turli ranglarda bo’lgan, jilo berilgan rangli qog’ozning o’rnini bosa oladi. Gul qog’ozi rangli va guli turlicha bo’lib muqovalashda, narsalarning ustidan yelimlashda, bezash ishlarida keng foydalaniladi. Fil’tr qog’oz-yelimlanmagan qog’oz. Karton qog’ozi deb, 1kv metr 250 grammdan ortiq bo’lgan qog’ozga aytiladi. Kartonlarning turlariga ta’rif beradigan bo’lsak: oq kartonni qirqish oson, o’zi unchalik pishiq emas, tez sinadi. Bu karton yelimni ko’p ishlamaydi. Undan mayda narsalarni muqovalashda foydalaniladi. Barcha fanlarda qo’llanilgan kabi mehnat darslarida ham ta’limning ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, mehnat darslarida turli xil namuna, rasm, sxematik namuna, turli predmetlarning modellari, shuningdek, texnika vositalaridan foydalaniladi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, «Qog`oz va karton bilan ishlash» mashg’ulotlarida o’quvchilar qog’ozni buklash yo’li bilan turli xil narsalarning shaklini ham o’rganib boradilar. Ana shunday mashg’ulotlar darsida o’qituvchi quyidagi ko’rsatmali qurollardan foydalanish mumkin. SHuning bilan birga o’quvchilar bu ko’rgazmalarni yasalish bosqichlariga rioya qilgan holda, dars davomida yasashlari ham mumkin. O’quvchilar bilimini mustahkamlash uchun o’tilgan mavzular bo’yicha albatta mashg’ulotlar o’tkazilishi shart. Quyida aplikatsiya yasashga doir mashg’ulot keltirilgan bo’lib, u o’qituvchilarni dars o’tishlarida ko’mak bo’ladi. Audiovizual vositalarga kompyuter, proyektor, kodoskop, kinoapparat, kompakt disklar, oʻquv televideniyesi, videomagnitofon, videofilm, audiokassetalar, Power Point materiallari, elektron darsliklar, multimedia vositalari kabilarni misol qilish mumkin. Audiovirtual vositalarga internet, masofaviy taʼlim kabilar misol boʻladi. Ushbu vositalar jarayonlar va ishlash mexanizmlari toʻgʻrisida tasvir va ovoz orqali tasavvurni vujudga keltirish uchun xizmat qiladi. Yordamchi-jihozli vositalarga doskalar (oddiy boʻr doska, oq (flipchart) doska, magnit doskasi, «Pinbord» doskasi), parta, stul, stol kabilar kiradi. Ushbu vositalar tasvir va matnni yozish hamda saqlash uchun xizmat qiladi. Aniq vositalar ikki turga boʻlib oʻrganiladi: haqiqiy va modelli. Haqiqiy taʼlim vositalari oʻrganilayotgan obʼektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirishga xizmat qiladi. Masalan, taʼlim muassasalari, ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan binolar, mashina, traktor, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar, xomashyolar, asbob-uskunalar va shu kabilarni misol sifatida keltirish mumkin. Modelli vositalarga esa, modellar, maketlar, trenajyor kabilarni misol qilish mumkin. Oʻrganilayotgan obʼektning modeli orqali u haqidagi tasavvur va maʼlumotlar hosil qilinadi. Taʼlim vositalari foydalanilishi jihatidan uch qismga ajratiladi: «taʼlim beruvchi uchun», «taʼlim oluvchi uchun» va «dars oʻtkazish uchun». Dars oʻtkazish uchun vositalarni oʻqituvchi umumiy boʻlgan holatda tanlaydi, yaʼni ushbu vositalar ham taʼlim oluvchi uchun, ham taʼlim beruvchi uchun samarali boʻlishi talab etiladi. Ushbu taʼlim vositalarini qanday, qayerda, qachon tanlash kerakligi va ulardan oʻz oʻrnida samarali foydalanish oʻqituvchining bilimi, koʻnikmasi va mahoratiga bogʻliq boʻladi. Taʼlim beruvchi uchun vositalarga oʻquv-metodik qoʻllanmalar, metodik tavsiyalar, metodik ishlanmalar, oʻquv dasturlari, dars rejasi, maʼruza matni, texnologik xarita, kalendar reja kabilar kiradi. Taʼlim oluvchi uchun vositalarga darslik, oʻquv qoʻllanma, jadvallar, yoʻl-yoʻriqli, texnologik xaritalar, topshiriq varaqalari va hokazolarni misol qilish mumkin. Dars oʻtkazish uchun vositalarga plakatlar, modellar, maketlar, jihozlar, audio-vizual, audiovirtual vositalar, texnik, aniq vositalar kabilar kiradi. Baʼzi hollarda taʼlim oluvchi uchun moʻljallangan taʼlim vositalari taʼlim beruvchi uchun ham, dars oʻtkazish uchun ham qoʻllanilishi mumkin. Tanlab olingan metod, shakl va vositalar bir-birini toʻldirishi kerak.Maʼlumki, oʻqituvchi dars jarayonida oʻtiladigan mavzu, uning maqsadi haqida gapirib, soʻngra dars rejasini beradi. Dars jarayonida koʻrsatib, izohlash mumkin boʻlgan koʻrgazmali qurollar – jadval, rasm, plakat, chizma, diagramma va boshqalardan foydalanish taʼlim oluvchilarning bilimini puxtalashtirishda muhim hisoblanadi. Darsda oddiy boʻr bilan yoziladigan doskani ishlatish koʻp vaqtni olganligi bois, boshqa texnik vositalardan foydalanish imkoni yoʻq auditoriyalarda plakat, chizmalardan foydalanish maqsadga muvofiq. Biz bilamizki, chizma yoki plakatlar anʼanaviy koʻrgazmali qurollar boʻlib, odatda ular standart vatman sathiga qora yoki boshqa ranglarda zarur matn yozilgan yoki jadval, chizma, diagramma va boshqalar chizilgan koʻrinishda boʻladi. Plakatlar nashr qilingan koʻrgazmali qurol hisoblanib, oʻtiladigan mavzular boʻyicha tanlab olinadi. Chizma yoki plakatlarni tayyorlash moddiy jihatdan qimmat hamda koʻp vaqtni oladi. Xato qilinsa, oʻzgartirish qiyin. Shuning uchun ham hozirgi vaqtda dars jarayonida vatmanga chizilgan yoki plakat holida nashr etilgan koʻrgazmali qurollar oʻrniga yangi, tayyorlash va foydalanish qulay boʻlgan zamonaviy turlari, ayniqsa, slaydlardan foydalanish keng yoyildi. Slaydlar taʼlim beruvchi uchun eng yuqori darajadagi taqdimot imkoniyatini beradi. Zamonaviy oʻquv jarayonini bularsiz tasavvur qilish qiyin. Asosiy qulaylik shundaki, ulardan istalgan vaqtda foydalanish, ish oʻrni oʻzgarganda ham oson koʻchirish mumkin boʻladi. Koʻrgazmali qurollarning afzalligi shundaki, uni dars oʻtishning barcha shakllari, uslublarida qoʻllash mumkin. Ayrim mavzularni esa umuman namoyish qilinadigan materiallarsiz, koʻrgazmali qurollarsiz oʻtib boʻlmaydi. Maʼlumki, har qanday fanni oʻrganish uchun dars jarayonida turli tarqatmali materiallardan foydalaniladi. Chunki dars davomida tarqatmali materiallardan foydalanish darsning qiziqarli boʻlishiga hamda taʼlim oluvchilar diqqatini jamlash, oʻtilayotgan dars mazmunining tushunarli boʻlishi va puxta oʻzlashtirilishiga olib keladi. Mavzuni oʻrganishda tarqatmali materiallardan foydalanishning muhim ijobiy tomoni shundaki, u bevosita taʼlim oluvchining qoʻlida boʻladi. Tarqatmali materiallar taʼlim oluvchilar uchun oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzuga oid axborot va topshiriq beruvchi hamda nazorat qiluvchi maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi. U taʼlim oluvchilar qoʻliga moʻljallangan boʻlib, uning hajmi va shakli uncha katta boʻlmagan yozma oʻquv materiali hisoblanadi. Tarqatmali materiallarni maqsadi va mazmuni jihatidan uch turga ajratish mumkin: axborot beruvchi, topshiriq oluvchi va nazorat qiluvchi. Tarqatmali materiallar taʼlim oluvchilarning bilimini tekshirish va nazorat qilishda ham keng qoʻllaniladi. Bunda nazorat varaqalari koʻrinishida tayyorlangan test savollari, savolnomalar, krossvordlar, jadvallar, chizmalar, masala va mashqlardan foydalanish mumkin. Shuningdek, tarqatmali materiallardan koʻrgazmali qurol sifatida ham foydalanish mumkin. Tarqatmali materiallarni tayyorlash hamda uni oʻrganilgan va oʻrganilayotgan mavzu jarayonida qoʻllashning bir qator qonun-qoidalari mavjud, xususan:
• tarqatmali materiallarni tayyorlashda mavzuning asosiy mazmunidan kelib chiqib yoritish;
• olingan axborot dars davomida yoki darsdan tashqarida taʼlim oluvchilar bilan mustaqil muhokama qilinishiga erishish;
• taʼlim oluvchilar diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga chorlay olish;
• taʼlim oluvchilarni dars davomida faollikka yoʻnaltirish;
• taʼlim oluvchilarning olgan bilimlarini nazorat qilish va baholay olish;
• taʼlim oluvchilar qoʻliga haddan tashqari koʻp tarqatmali materiallarning berilmasligi;
• sarlavhalarni bosh harflar bilan yozish;
• bir matn uchun 2-3 ta tarqatmali materialga nom-kod berish (ajratishni osonlashtirish uchun);
• matn shrifti 14 oʻlchamdan kichik boʻlmasligi;
• bir betda 50 tadan koʻp belgi (harf, qavs, undov kabilar)lar ishlatilmasligi;
• matnlar tushunarli, qisqa, aniq, ravon va oddiy boʻlishi;
• varaqa dizayni taʼlim oluvchi eʼtiborini oʻziga jalb qila olishi va xatosiz yozilishi kabilar.

Darsni oʻtishda koʻrgazmali materialni qanday namoyish qilish ham katta ahamiyatga ega. Namoyish qilish jarayonini shunday tashkil qilish kerakki, unda quyidagi didaktik talablarga rioya qilish tavsiya etiladi:


- hamma taʼlim oluvchilar namoyish qilinayotgan obyektni koʻrishlari, eshitishlari, tushunishlari;
- obyektning muhim, asosiy tomonlari taʼlim oluvchilarda katta taassurot qoldirishi, maksimal darajada diqqatlarini jalb qilishi;
- oʻrganilayotgan obʼektning sifatini mustaqil ravishda oʻlchash, anglash va oʻzlashtirish imkoniyatini taʼminlash kabilar.
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarning asosiy yoʻnalishlaridan biri namoyish qilish metodining oʻziga xos davomi boʻlgan illyustratsiya hisoblanadi. Namoyish qilish metodidan yoki illyustratsiyadan ham koʻrgazmali, ham tarqatmali material sifatida foydalanish mumkin. Undan foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq. Namoyish qilishda koʻproq predmetlardan foydalaniladi. Illyustratsiya predmet, jarayon, hodisalarni simvollar yordamida ifoda qilish boʻlib, odatda, u plakatlar, karta, portret, fotografiya, rasm, chizma, grafik va boshqalarni oʻz ichiga oladi. Illyustratsiya materiallari oldindan tayyorlanadi, lekin ulardan zarur paytlarda foydalaniladi. Illyustratsiyaning samaraliligi koʻp jihatdan uni qanday tarzda qoʻllashga bogʻliq. Koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanish darajasi keng, ulardan qanday tarzda, qanday maqsadlarda foydalanish oʻqituvchiga bogʻliq. Oʻqituvchi koʻrgazmali va tarqatmali materiallarni tanlar ekan, birinchidan, darsning maʼruza yoki seminar mashgʻulot shaklidaligini hisobga oladi. Ikkinchidan, mavzu orqali oʻqituvchi taʼlim oluvchilar oldiga qanday vazifa qoʻymoqchi, maqsadi nima, muhokama qilinayotgan muammoni yechishda koʻrgazmali qurol yoki tarqatmali material qanday yordam berishi mumkinligini hisobga olib, ularni tanlashi kerak boʻladi.
Tarqatma materiallar - bu har qanday ko‘rgazmali vositalar bo‘lib, bu diagrammalar, chizmalar, jadvallar, fotosuratlar, taqdimot slaydlari va boshqalar bo‘lishi mumkin. Tarqatma materiallarni tayyorlash va qo‘llashda quyidagi qoidalarga alohida e‘tibor qaratish maqsadga muvofiq:
- matn shrifti 12 dan kichik bo‘lmasligi;
- sarlavhalarni bosh harf bilan yozishi;
- bir betda 80 tadan ko‘p belgi (harf, qavs, undov belgisi va hokazo)
ishlatmaslik;
- matnlar tushunarli, qisqa va oddiy bo‘lishi;
- varaq dizayni e’tiborni o‘ziga tortishi;
- tarqatish jarayonida me‘yorni unutmaslik va shu kabilar.
Tarqatma materiallar yordamida o‘tiladigan mavzuning asosiy mazmunini berish, olingan axborotni dars davomida va darsdan tashqarida ta‘lim oluvchilar bilan mustaqil muhokama qilish, ular diqqatini mustaqil fikrlash, ijodiy izlanishga qaratish, ularni darsga faol jalb qilish, ularning olgan bilimlarini nazorat qilish va sinash mumkin. Tarqatma materiallarni maqsadi, mazmuni jihatdan shartli ravishda: - axborot beruvchi;
- topshiriq beruvchi;
- bilimni nazorat qiluvchi turlarga ajratish mumkin.
Dars jarayonida tarqatma materiallardan foydalanishda o‘ziga xos kamchiliklar ham mavjud. Tarqatma materiallar tayyorlash pedagogdan ko‘p kuch va vaqt, mablag‘ hamda yuksak mahorat talab qiladi. Har bir ta‘lim oluvchiga imkon qadar bitta tarqatma material berilishi maqsadga muvofiq. Bu qo‘shimcha katta moddiy xarajatni talab qiladi. Tarqatma material asosida o‘zaro muhokama cho‘zilib, mavzuning boshqa qismlariga, savollariga e‘tibor pasayishiga olib kelishi mumkin. Ayrim kamchiliklariga qaramay, dars mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan foydalanishning afzalligi ustun va tarqatma materiallardan barcha metodlar asosida dars o‘tishda keng foydalanish mumkin. Ayniqsa chet tillarini o‘qitishda grammatik qoidalar ko‘pchilik ta‘lim oluvchilarda ba’zi tushunmovchiliklarni yoki savollarni keltirib chiqaradi. Bu kabi holatlarda grammatik qoida tushuntirilgach, ularni mustahkamlash sifatida tarqatma materiallardan o‘z o‘rnida samarali foydalanish ijobiy natija beradi. Shuningdek, tarqatma materiallarning muhim ijobiy tomonlaridan yana biri shundaki, u bevosita ta‘lim oluvchilarning qo‘lida bo‘lib, berilgan topshiriqni bajarishga bo‘lgan mas’uliyat hissini oshiradi, darsda imkon qadar faol ishtirok etishiga undaydi va uning tasavvur qilib, erkin fikrlashiga imkon yaratadi.
Og‘zaki nazorat. Ushbu jarayonga pedagogning ta‘lim oluvchi bilan jonli muloqoti, uning fikrlarini nutq shaklida ifodalashga mashq qildirish, bilimlarni yanada chuqurroq tekshirish maqsadida pedagog tomonidan qo‘shimcha savollar berish imkoniyatlari kiradi. Pedagog tomonidan qo‘yilgan savolga og‘zaki javob berishga tayyorlanish doimo ta‘lim oluvchining faol fikrlashi bilan bog‘langan. Og‘zaki javob yaxshi tayyorlangan ta‘lim oluvchiga o‘zining iqtidorini, qo‘shimcha egallagan bilimlarini namoyish etishga ikmon beradi. Bevosita muloqot tufayli pedagogda savol-javob davomida ta‘lim oluvchining bilimlari to‘g‘risidagi barcha gumonlarni bartaraf etish imkoni bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda og‘zaki nazoratda ularning bilimlarini baholashda ma’lum darajada pedagog shaxsiyatining aks etishi namoyon bo‘ladi. Shu sababli har bir pedagogda ta‘lim oluvchilarning o‘zlashtirish darajalarini baholashda doimo xolis va shaxsiy munosabat bir vaqtning o‘zida ro‘yobga chiqadi.
Test. Test bu biror-bir faoliyatni bajarish uchun ma’lum darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir. Tarqatma materiallar yordamida o‘tkazilgan test nazoratlari va uning afzalliklariga quyidagilarni sanab o‘tish mumkin:
- yetarli tarzda tuzilgan pedagogik test natijalari nazorat o‘tkazayotgan shaxsga
bog‘liq bo‘lmagan xolis pedagogik o‘lchov quroli hisoblanadi;
- test o‘quv mavzularining barcha asosiy mazmunini qamrab olishi mumkin;
- o‘qitish natijalarini test usulida o‘lchash barcha tekshiriluvchilarga baravar
qo‘llanadigan oldindan ishlab chiqilgan mezon asosida aniq va ishonchli baho beradi;
- test nazorati texnologiyalashuvchan, u nisbatan qisqa vaqt ichida ma’lum
o‘quv mavzulari o‘zlashtirilishining to‘la nazoratini kam kuch va vositalar sarflab
o‘tkazish imkonini beradi;
- test nazorati kompyuterlar yordamida oson avtomatlashtiriladi. Bu pedagogik
test o‘tkazishning asosiy afzalliklaridan biridir.
Ma’ruza. Ma’ruza o‘qitishning eng keng tarqalgan shakli bo‘lib, pedagogik faoliyatda yetakchi o‘rinni egallaydi. U pedagog mehnatining oliy shakli darajasida e’tirof etiladi. Munozara shaklida bayon etiladigan ma’ruza eng faol pedagogik texnologiya elementidir. Munozarali ma’ruzada tinglovchilarning faolligi juda yuqori bo‘lishiga erishish mumkin. Ma’ruza so’ngida o‘qituvchi talabalarga tarqatma materiallar yordamida ma’ruza mavzusi doirasida savollar berishi, test o‘tkazishi, rasmli yoki diagrammali ma’lumotlarni qo‘shimcha ilova sifatida taqdim etishi va shu kabi ko‘plab imkoniyatlardan foydalanishi mumkin.
Munozara. Ko‘pchilik o‘quv predmetlari va ularning mavzulari ta’lim standaritlari, o‘qitish dasturlari, o‘quv rejasi va ta’lim muassasasining o‘ziga xosligiga bog‘liq ravishda munozara tarzidagi o‘quv mashg‘ulotlarini taqozo etadi. Munozara tarzida olib borilgan o‘quv mashg‘ulotlarida tarqatma materiallardan samarali foydalanishni ijobiy natijaning ilk belgisi sifatida baholash mumkin. Bunda ta’lim oluvchilar faolligi ta’minlanadi, shubhali vaziyatlarga o‘rin qoldirilmaydi hamda ularning xohishlari inobatga olinadi. Eng muhimi, bunday sharoitda o‘quv materiali to‘la-to‘kis o‘zlashtiriladi. Asoslar, xulosalar, hukmlar va tasavvurlar mukammal ko‘rinish va mazmunda bo‘ladi. Ko‘rsatma va ta’kidlarning ishonchliligi yuqori darajada bo‘ladi.
Guruhlarga bo‘linib ishlash. Bu so‘nggi yillarda Evropa mamlakatlarida keng ommaviylik tusini olgan o‘qitish metodidir. Guruhlarga berilgan vazifalar bosqichma-bosqich navbatlanishi, ya’ni galma-gallanishi lozim. Shu sababli ushbu jarayonda tarqatma materiallardan keng foydalanish ko‘proq ko‘zga tashlanadi. Ta’lim yo‘nalishi va pedagogik maqsad hamda vazifalardan kelib chiqqan holda bunday guruhlar xususiy holat uchun shakllantiriladi. Guruh bo‘lib ishlash kengroq joy va siljitiladigan o‘quv mebellarini talab qiladi hamda pedagogning nazorati barcha guruh uchun baravar bo‘lishi lozimligi ham qiyinchilik tug‘diradi.
Muammoli topshiriqlar. Nazariya va amaliyotning birligini ta’minlash-eng murakkab pedagogik vazifadir. Aniq vaziyat va qo‘yilgan masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda muammoli topshiriqlar yordamida yaxshi natijaga erishish mumkin. Faktlar va ma’ruza materiallarini o‘zlashtirish, topshiriqlar hamda mashq va masalalar yechimida muammoli vaziyat yaratilishi qo‘l keladi. Bunda ham kam sonli ishtirokchilardan iborat guruhlar shakllantiriladi va tarqatma materiallar ko‘pincha rasmli, jadvalli yoki matnli shaklda tarqatiladi. Tarqatma materiallar guruhlarga alohida-alohida bo‘lib beriladi. Yakuniy xulosalar va yechimlar topilgach, mavzular guruhlar orasida ayirboshlanadi. Echimlar va fikrlar xilma-xilligi yuzaga kelsa o‘qituvchi bosh hakam tarzida so‘nggi va hal qiluvchi so‘zni aytadi. Tarqatma materiallarning ta’lim oluvchilar yosh xususiyatlariga va bilim darajasiga mosligi bunda o‘ta muhim omil hisoblanadi.
Loyihaviy topshiriqlar. Biror o‘quv materialini atroflicha va chuqur o‘rganish uchun bu yondashuv katta samara beradi. O‘rganish, tahlil qilish, baholash, xulosa chiqarish va yakuniy qarorga kelish uchun uzoq muddatli loyihalangan reja zarur. Bu tadbimi o‘tkazish uchun bazaviy va boshlang‘ich tayanch ma‘lumotlar talab qilinadi. Shu sababli loyihaviy topshiriqlar yuzasidan tarqatma materiallar tayyorlash jarayoni ancha murakkab hisoblanadi. Bunday topshiriqlar o‘quv ijodkorligini oshiradi, mustaqillik sari etaklaydi. Loyihalar mavzuning tavsifini beruvchi kirish qismi, mavzuning muxtasar asosnomasi, faktlar va argumentlarga asoslangan ma’lumotlar yig‘indisi hamda xulosa yoki yechimdan iborat bo‘ladi.
Rolli o‘yinlar. Bunday o‘yinlar muammoli topshiriqlaming bir ko‘rinishidir. Sahnalashtirish va obrazli chiqishlar bunday mashg‘ulotlaming asosiy belgisidir. Ishbilarmonlik, bilimdonlik, topqirlik, quvnoqlik, hozirjavoblik, ijodkorlik, ishchanlik va yaratuvchanlik kabi fazilatlami namoyish qilishga keng imkon beradi. Ushbu jarayonda pedagog tarqatma materriallardan foydalanishda har bir taclim oluvchining salohiyatiga mos vazifa topshirishi juda muhimdir. Bu kabi dars mashg‘ulotlarida ko‘pincha rasmli tarqatma materiallardan keng foydalaniladi. Shuningdek, sahnalashtirish uchun mos keluvchi matn yoki ertak, dialog kabilar varaqlarga yozilib, qismlarga ajratiladi hamda rolli o‘yinlar uchun vosita sifatida qo‘llaniladi. Bunda ta‘lim oluvchilar dars mashg‘ulotlarida katta ishtiyoq bilan qatnashadilar hamda o‘zlarining bilim va qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish imkoniga ega bo‘ladilar.


    1. Download 0,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ko'rgazmali qurollar tayyorlash texnologiyasi

Download 0,66 Mb.