Mundarija: Kirish




Download 0,66 Mb.
bet6/8
Sana25.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#253087
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
namunaviy darslar2

Masalan: O’qituvchi “Perspektiva” qonuniyati haqida ma’lumot beradi. O’quvchilar shu darsni o’zida o’qituvchi aytgan qonun – qoidalarni rasm chizish jarayonida ishlatib ko’radi.
- O’qituvchi – Bizdan uzoqlashib borayotgan predmetlar shakl, rang jihatidan o’zgarib, kichiklashgan holda ko’rinadigan – holit prespektiva qoidalari va qonunlari asosida bo’ladi, - deydi va aytgan so’zlarni rasmda asoslab – ko’rsatib beradi.
Shu asosda o’qituvchi, - “rasm chizish yoki rassom tomonidan yaratilayotgan san’at asarining qurilishi bir xil, ilmiy asosda bo’ladi. Prespektiva qonunlari hisoblangan chiziqli va xova perespektivasi, ufq chizig’i, kesishish nuqtasi, buyumni bir yoki ikki kuzatish nuqtasi asosida rasmni ishlash, o’lchovlarni o’zgarishi perespektivasi, ranglar va soyalardagi och – to’qlikni o’zgarish perespektivasi, rang va chegaralardagi aniqlikni kamaytirish perespektivasi va boshqalar realistik rasm ishlashni ilmiy asosini tashkil etadi”, - deb ko’rsatiladi.5
Tasviriy san’at darslarining besh turi bo’yicha dars – mashg’ulotlarining barchasida didaktikani ilmiylik printsipi xukmronlik qiladi va undan foydalaniladi.
2. Tasviriy san’atni o’qitishda tarbiyaviylik printsipi.
Ma’lumki, bizning maktablarimiz va undagi ta’lim sistemamizda ta’lim bilan tarbiya birgalikda olib boriladi.
Jumladan maktab tasviriy san’atini o’qitishda ham har bir dars – mashg’uloti ta’lim – tarbiyani dialistik birligi asosida tashkil etiladi.
Mamlakatimizni yangi pedagogik tizimga o’tishi munosabati bilan, yangi tuzilgan va ishlab chiqilgan DTS va o’quv dasturlarida ham ta’lim – tarbiyani birligi saqlangan bo’lib, unda milliy istiqlolimiz, milliy ma’naviyatimiz ruxida tarbiyalash vazifalari qo’yiladi.
Maktab tasviriy san’atini har bir mashg’ulotlar turida, ta’lim berish bilan birga tarbiya asoslarini singdirish ham hozirgi zamon yangi pedagogik texnologiyasi asosida darslarni mazmun – mohiyatiga aylangan.
Maktab tasviriy san’ati darslarida uning beshta turdagi dars – mashg’ulotlari o’tkazilib, ularning har bir mashg’ulotida ta’lim berish bilan birga; tarbiya berish ham amalga oshiriladi. Bu san’at asarlari taxlilidan boshlab, rasmi chizilgan narsalar taxlilida o’qituvchi albatta tarbiya berish masalasi ham asosiy vazifa bo’lib hisoblanadi.
Masalan: “Qovunli natyurmort” bo’yicha rasm chizish darsida o’qituvchi qovun anor padnos, pichoq haqida ma’lumot beradi va bu predmetlarni shakli, tuzilishi va rang – tuslari, natyurmortni tuzilishi kabilar haqida ma’lumot beradi.
Bu mazmundagi darslarda o’qituvchi qovun, anor, padnos, pichoqlar haqida ma’lumot berilishida, bu predmetlarni yaratishdagi odamlar (dehqonlar, bog’bonlar, dizaynerlar) haqida ma’lumot berilib, o’quvchilarni mehnatga muhabbat, kasblarga e’tibor, kabilar haqida ma’lumot berilib, o’quvchilarga tarbiyaviy ma’lumotlar bilan qurollantiriladi.
3. Tasviriy san’at ta’limida – sistemalilik – ketma – ketlik – printsipi.
Ma’lumki, maktab tasviriy san’ati o’quv fani boshqa o’quv fanlari qatori o’zi o’quvchilarga berayotgan bilim – malakalarni samarali bo’lishi uchun berilayotgan bilimlarni sistemali va ketma – ketlik holda olib boriladi.
Xo’sh, tasviriy san’atini, o’qitishda ketma-ketlik printsipi qanday amalga oshiriladi?
Bu jarayon pedagogikani osondan – qiyinga borish printsipi asosida amalga oshiriladi.
Maktab tasviriy san’ati IV-VII sinflar bo’yicha DTS va o’quv dasturi asosida o’quv materiallari ancha murakkablashdi-ki, buni faqat beriladigan bilim – malakalarini sistemalik va ketma-ketlikka jiddiy e’tibor berib, o’qitilmasa o’quvchilarga tasvirlash malakasini aslo singdira olinmaydi.
Ma’lumki, maktab tasviriy san’atini o’qitishda 4-sinfdan boshlab, hajimli predmetlarni tasvirlash malakasi singdirish boshlanadi.
Bu, 4-sinfdan geometrik shakllar rasmini chizish bilan amalga oshiriladi.
Chunki, realistik rasm chizishni o’rgatishni asosi, alifbosi, boshlanishi geometrik shakllar rasmini chizishni o’rganish va o’rgatish bilan boshlanadi. Bu sxema qadimgi yunon, rim tasviriy san’at maktablaridan boshlanib, u rivojlanib, takomillashib ketdi.
Shuning uchun bu sistema – printsip maktab tasviriy san’atini o’qtishning asosiy ilmiy, metodik va didaktik printsipi bo’lib qoldi. SHuning uchun ham hozirgi maktab tajribasida geometrik shakllarni o’qitishda ham sistemalilik va ketma-ketlilik printsipiga amal qilinadi.
Bu 4-sinfda: 1-darsda “Kub rasmini chizish”, keyingi darslar geometrik shakllarni shaxsiy – murakkabligiga ko’ra – kubdan keyin Prizma, Ko’pyoqli, tsilindr, konus va shar rasmini chizish rejalashtiriladi va o’qitiladi.
Maktab tasviriy san’atini o’qitishdagi sistemalik printsipi, Komenskiy ta’rif etgan, o’quvchilarga berilayotgan bilim – malakalarni oson, qiziqarli, ilmiy – asosda bo’lishini ta’minlaydi.
Bu sistemalilik – o’qituvchilarga realistik rasm chizishni sistemali, ilmiy, izchil va ongli egallashni asosiy didaktik vositasi bo’lib, mamlakatimizdagi ilg’or – tajribalar, metodist o’qituvchilari tajribasida qayta – qayta o’zini oqlab kelmoqda.
4. Tasviriy san’atni o’qitishda didaktikaning ko’rgazmalilik printsip.
Ma’lumki, dunyoviy fanlardan bilim – malakalar berishda ko’rgazmali o’qitish printsipi – eng samarali, benihoya yuksak natija bera oladigan didaktik printsip hisoblanadi.Shuning uchun ham Ya.A.Komenskiy ko’rgazmali o’qitish printsipini “Didaktikaning oltin qoidasi,” – deb ta’rif bergan edi.6
Haqiqatda ham ko’rgazmali o’qitish – o’quvchilarga beriladigan bilim – malakalarni oson, ilmiy asosda, qiziqarli, jonli, aktiv bo’lishini ta’minlaydigan didaktik printsip bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
Maktab tasviriy san’atini o’qitishda ko’rgazmali o’qitish boshqa o’quv fanlaridan ko’ra yanada baland, yanada yuksak, yanada samarali natija beradigan pedagogik amaliyot sanaladi.
Klassik pedagoglardan biri – “Maktabda ko’rgazmasiz o’qitish mumkin bo’lmagan yagona fan – bu tasviriy san’at o’quv fani,” – degani bejiz emas. CHunki, ko’rgazma - tasviriy san’at o’quv fanida nafaqat dars materiali uchun ko’rgazma – qurol bo’lib qolmay, u bu o’quv faning dars mashg’ulotlarini tashkil etishda didaktik material, bilim berishda didaktik ma’lumot o’quvchilarni mustaqilligi, tashabbus va ijodkorligining manbaasi, o’quvchilarning barqaror diqqatini ta’minlovchi bosh – asosiy vosita bo’lib xizmat qiladi.
Tasviriy san’atning qaysi bir turdagi: qalamtasvir, rangtasvir, haykaltaroshlik, amaliy san’at – dizayn, san’at asarlari taxlili – san’atshunoslik asoslari – mashg’ulotlarini har bir turidagi dars – mashg’ulotlarida birgina emas, 4-5 tadan hatto undan ham ko’proq ko’rgazma qurollaridan foydalaniladi. M:Rembrandt ijodini o’rganish – ilova-1.
Maktab tasviriy san’ati o’quv fanining ko’rgazma qurollari asosan ikki turga (natural va tasviriy) bo’linsada, uning turkumlari behisob.
Ular: tabiat materiallari, ro’zg’or va mehnat, o’quv va sport, san’at qurollari, qush va hayvonlarning qotirilgan nusxalari, meva – sabzavotlarning mulyajlari, yana zavod – fabrikalarda tayyorlangan maxsus o’quv – didaktik va ko’rgazma materiallar kabilardan iborat bo’ladi.
Ularni yaxshi, qoniqarli saqlash va o’z o’rnida, vaqtida, ma’lum qonun – qoidalar asosida foydalanish uchun maktabda yetuk-mutaxasis rassom – pedagog bo’lishi va tasviriy san’at kabineti bo’lishi shart. Buni maktab tasviriy san’atni o’qitish texnologiyasi, didaktikasi va metodikasi qat’iy mazmunda talab qiladi.


Download 0,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,66 Mb.