III-Bob. Maktabda tasviriy san’atni o’qitishda didaktikasi va materiallar, ko’rgazmali qurollari




Download 0,66 Mb.
bet5/8
Sana25.05.2024
Hajmi0,66 Mb.
#253087
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
namunaviy darslar2

III-Bob. Maktabda tasviriy san’atni o’qitishda didaktikasi va materiallar, ko’rgazmali qurollari.
2.1. Tasviriy san’at darsida didaktik materiallar va ularning qo’llanishi
Har bir fan o‘qituvchisi kabi san’at o‘qituvchisi ham pedagogika nazariyasi va uning prinsiplarini mukammal o‘rganishlarini talab qiladi.
Didaktika (grekcha didasko – o‘qitaman) ta‘lim va ma‘lumot haqidagi fandir. Insonning tarbiyasi rivojlanishi va shaxs sifatida shakllanishida ta‘lim va ma‘lumot muhim ahamiyatga ega. Didaktika fani ta‘lim va ma‘lumotning muhim muammolarini o‘rganish bilan birga «kimni o‘qitish kerak», «nimaga o‘rgatish kerak», «qanday o‘qitish kerak» kabi savollarga ham javob bo‘ladi.
Hozirgi davrda ham didaktikaning muhim vazifasi ta‘limning mazmunini bir asosiy masala barkamol shaxsni tarbiyalash masalasiga qaratish bo‘lib qoldi.
Ko'pgina tasviriy san'at o'qituvchilarning darslarida didaktik o'yinlar zarur. Tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, didaktik o’yinlar bolaning
ko'rish va sezish qobiliyatini sezilarli darajada oshiradi. Keling tasviriy san’at darslarida didaktik o’yin turlarini ko’rib chiqsak:


  1. "Teginishni bilish"o'yini.

Didaktik vazifa: ob'yektlarni shakli va rangi orqali idrok etish qobiliyatini rivojlantirish.
O'yin vazifasi: Qanday sabzavot yoki meva ekanligini bilish, xato qilmaslik.
Materiallar: Meva va sabzavotlar to'plami, mato sumkasi.


  1. “Quvnoq naqsh” o’yini.

Didaktik vazifa: Naqsh va uning elementlari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, estetik hisni rivojlantirish, ritm, shakl, rang hissi.
Materiallar: Sabzavotlar, mevalar, gullar, barglar.
O'yin harakatlari: Har bir jamoa oldida sinf doskasida naqsh yaratish bo'yicha jamoaviy ish uchun toza qog'oz chizig'i biriktirilgan. O'qituvchining buyrug'iga ko'ra, har bir jamoaning birinchi vakillari o'z guruhlariga mos keladigan, naqshning birinchi elementini tanlaydi va biriktiradi. Keyin ikkinchi vakillar, uchinchisi va boshqalar paydo bo'ladi, har bir kishi naqshning bir elementini tanlaydi va biriktiradi, shakli va rangi hisobga olinadi. Talabalar o'yin qoidalarini buzmasdan ishni to'g'ri, chiroyli va tezkor bajaradigan jamoa g'alaba qozonadi.

  1. “Mening do'stlarim” o’yini.

Didaktik vazifa: O’zbek xalq ertaklari va qahramonlari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, estetik hisni rivojlantirish, ritm, shakl, rang hissi.
Materiallar: "O'yinchoqlar" dekorativ chizig'i, ertak qahramonlariga asolangan multiplikasiya (applikatsiya).
Darsning vazifalari: Qadimgi o’zbek xalq va zamonaviy ertak qahramonlari va hayvonlarining yaxshi va chiroyli dunyosi
haqidagi fikrni chuqurlashtirish.

  1. “Sovuq va issiq ranglar” o’yini.

Didaktik vazifa: rang va uning tuslari haqidagi tushunchalarni mustahkamlash, estetik hisni rivojlantirish, ritm, shakl, rang hissi.
O'yin harakatlari: Talabalar ikki guruhga bo'linadi. Bir guruh qor malikasining tojini bezash uchun ranglarni tanlashi kerak, ikkinchi guruh esa qushning patlarida ranglarni tanlaydi. Har ikki guruh ranglar aralashmasi qanday rang hosilasini topadi. Ranglar hosilasini topgan guruh g’alaba qozonadi.

  1. Crossword "kalit so'zni toping" o’yini

Didaktik vazifa: badiiy atamalar zahirasini to'ldirish.
O'yin harakatlari: o'zaro faoliyat jumboqni hal qilish va kalit so'zni o'qish.
Ularni tuzishda talabalar lug'atlar, turli xil adabiyotlar bilan ishlash qobiliyatlarini rivojlantiradilar. Crossword jumboqlarini, testlarni yaratish va hal qilish jarayoni asosiy tushunchalarning mazmunini egallashga yordam beradi.
Ta'kidlash joizki, so'nggi paytlarda psixologlar, o'qituvchilar, o'yin inson hayotida barcha davrlarini qamrab olishi, bu yosh belgisi emas, balki uning hayotiy faoliyatining muhim shakli ekanligini belgilaydilar.
Ma`lumki, maktab tasviriy san`ati o`quvchilarda ma`naviy madaniyat, estetik did, grafik ma`lumot va malakalar hosil qiluvchi, yana o`quvchilarga moddiy olamni, jamiyatni, milliy ong va materialistik tafakkurni singdiruvchi - maktab o`quv fanlari orasidagi asosiy o`quv fanlaridan biri hisoblanadi.
Lekin bu fanning asosiy maqsad - vazifasi san`atni ko`ra bilish, tushunish, taqlil qila olish, rasm chizish, loy va plastlindan haykal yasash, buyum yasash (dizayn ishlari), ularni bezatish, yana ijodiy ishlashga o`rgatish, ijodkorlik ko`nikmalarini singdirish kabilardan iboratdir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan birga o`quv fanlari va ular qatori maktab tasviriy san`atini ham qayta tiklashga, uning darslari jarayonini takomillashtirishga aloqida e`tibor berila boshlandi.
Ayniqsa, mustaqilligimizgacha e`tibordan chetda qolib kelayotgan tasviriy san`at o`quv fanining dars texnologiyasi, didaktikasi va metodikasini qayta ko`rib chiqish, unda berilayotgan ta`lim - tarbiyani yangicha tizimga o`tkazish, uning har bir mashg’ulotini samaradorligini ta`minlash masalasi bugungi maktablar faoliyatidagi asosiy vazifa qilib qo`yildi.
Maktab tasviriy san`atini o`qitish kontseptsiyasi , Davlat ta`lim standarti va o`quv dasturlari ishlаb chiqildi. Ana shu dasturlar asosida yangi darsliklar , o`quv - metodik qo`llanmalar yaratila boshlandi.
Natijada 1-3 va 4-7 sinflarning darsliklari va o’quv qo`llanmalari to`la nashr etildi. Yangi qurilayotgаn maktablar binosida alohida, maxsus moslashtirilgan tasviriy san`at kabineti va laboratoriyasi bilan 2-3 xonali qilib loyihalar kiritildi va qurila boshlandi. Yana maktab o`quv fanlari bo`yicha Samarqanddа o`quv - didaktik va ko`rgazma qurollar ishlab chiqarish korxonasi ishga tushurildi. Bu korxonada maktab tasviriy san`at uchun rasm chizish va haykal ishlash, qurish - yasash (dizayn) uchun maxsus parta, stol, stullar va turli xildagi o`quv - didaktik qurollar ishlab chiqarilmoqda.
Maktablarda tasviriy san`atni o`qitish bo`yicha mutaxassis pedogog - kadrlar tayyorlash ham asosiy masalalardan biri bo`lgan holda , mustaqillikkacha Toshkent , Buxoro va Namangan pedogogika institutlarida tayyorlanar edi.
Musta qillik yillarida Samarqand , Andijon , Farg`ona , Urganch , Nukus , Jizzax , Termiz , Guliston va Qo`qon kabi Davlat universitetlarida ham tasviriy san`at o`qituvchilarini tayyorlaydigan bo`lilar birin - ketin ishga tushurilmoqda .
Biz ilmiy tadqiqotimiz davrida maktablarda tasviriy san`atni o`qitilish holatini o`rganib chiqqanimizda oldingi yillarga qaraganda ishlar ancha ijobiy tomonga o`zgarib borayotgani kuzatildi. tasviriy san`at kabineti bo`lgan bo`lsa , hozir kabinetlar soni 100 dan ortiq maktablarda mavjud. Ularda yuqori malakali - Nam D U ni tugatgan pedogog - rassomlar dars bermoqda. Yana shuni aytish o`rinliki , o`quvchilarni ijodiy ishlari bo`yicha viloyat ko`rgazmasida atigi 3-4 o`quvchini (ular ham maxsus maktab o`quvchilari) qatnashganini ko`rib kelingan. 2009-2010 o`quv yili viloyat ko`rgazmasida 200 dan ortiq o`rta maktab o`quvchilari qatnashdi-ki , ularni rang tasvir va amaliy san`at guruhlariga bo`lib ko`rib chiqishga to`qri keldi. Bu ko`rgazma - tanlovda qatnashgan o`quvchilarni ustoz pedogoglari Nam D U ni tugatgan pedogog - rassomlar edilar. So`nggi yillarda viloyatimiz maktablarida tasviriy san`atni o`qitish sezilarli holdа ijobiy tomonga o`zgarib bormoqda.
Bu faqat tuman va viloyat ko`rgazmalaridagina emas o`qituvchilar (pedogog - rassomlar)ning ilmiy amaliy seminar , konferentsiya va anjumanlarida qatnashishi ham sifat va saviya jihatidan ko`tarilib borayotgani kuzatilmoqda.
Nam D Uni "San`atshunoslik" fakultetini tugatgan : A. Azizov, B. G`ofurov, M. Yuldasheva, A. Saidxonova, V. Abdullayev, M. Turdalieva, SH. Abdurahmonov, A. Omonov kabi yosh pedogoglar o`zlarining ilmiy ma`ruzalari bilan juda samarali yutuqlarga erishmoqdalar. Ular o`zlarining ilmiy maqolalari bilan Nam D Uda o`tkazilib kelinayotgan an`anaviy ilmiy amaliy konferetsiyalarda qatnashib kelmoqdalar. Ularni ilmiy maqolalari Universitetni ilmiy to`plamlarida ham nashr etilmoqdа.
Ularni maktab, litsey , kollejlardagi faoliyati ham samarali bormoqda. Ammo biz viloyatimiz maktablaridagi tasviriy san`at o`qitilish jarayonlari o`rganilganda yutuqlar bilan birga bir qator kamchiliklar ham kuzatilmoqda.
Jumladan viloyatni 10 ta maktabi ko`rilganda ulardan 2 tasida mutaxassis o`qituvchi ishlamoqda. Yanа 10 ta maktab ko`rilganda 1 ta maktabda kabinet borligi. Bu maktablarda dars berayotgan o`qituvchilarning ko`pchiligida dastur, ish rejalari yo`qligi . Ularning birontasida tasviriy san`at darsligi yo`q. 10 ta maktab o`qituvchisidan 3 tasi mutaxassis xolos. Buning sababi mutaxassis o`qituvchi yo`q emish. Yoki "katta o`qituvchilarni darslari oz shuning uchun ularga , rasm darslari qo`shib berilgan"1 - degan bahonani ko`rsatishmoqda. Yana 10 ta maktabdagi 4 ta "tasviriy san`at" kabineti bor maktabni ko`rilganda kabinetda birorta didaktik material yoki ko`rgazma qurol topilmadi. hatto o`qituvchi o`zi yasab olishi mumkin bo`lgan didaktik materiallar (natura uchun taglik, natura foni uchun gazmol, reflektor, safet, ko`rgazma osadigan - ilgich) ham qilinmagan.
Ayrim o`qituvchilar 5-10 hatto 15 yildan buyon dars berib , kabinetni tashkil etishga uringan ham emas.
Kabinet tashkil etilmagan maktablarda bir bahona - ma`muriyat (direktor) kabinet uchun xona bermayapti. Yana yangi maktablarda tasviriy san`at uchun alohida xona laboratoriyasi bilan mavjud bo`lib , uni ham direktor boshqa odamga berib yuborgan.
Tasviriy san`at uchun berilgan gipsli geometrik shakllar, meva sabzavotlarni mulyajlari, rozetka, chuchelo, mehnat qurollarining maketlari ham boshqa o`quv fanlariga matematika, biologiya, zoologiya, mehnat fanlariga bo`lib berigan holatini kuzatilmoqda.
Xullas, maktab ma`muriyati (direktor, ilmiy ishlar mudiri) va o`qituvchilarni e`tiborsizligi, fahm - farosati, ilmsizligi oqibatida maktab tasviriy san`atini o`qitilishida qator kamchilik - muammolar hanuzgacha saqlanib qolinmoqda.
Maktablardagi bunday holat biz ko`targan muammolarni tuzatish, ya`ni maktab tasviriy san`ati bo`yicha o`quv - didaktik va ko`rgazma materiallaridan foydalanishni ilg`or, jonkuyar,o`z kasbini ijodkorlari bo`lmish yosh pedogog - rassomlar uchun zarurkim ular bizning tavsiyalarimiz bo`yicha o`z faoliyatlarini samaradorligiga ishonamiz. Biz ko`rsatgan kamchiliklar vaqtinchalik bo`lgan holda bizni bitirib chiqayotgan tasviriy san`at o`qituvchilarimiz albatta maktab faoliyatida kabinet tashkil etib, unda didaktik va ko`rgazma materiallar bilan ishlashni samarali yo`llarini topadilar. Ular o`zlarini pedogogik tajribalari bilan kelajakda maktab tasviriy san`ati darslari samaradorligini yangidan - yangi omillari va vositalarining texnolgiyasini didaktikasini va metodikasini yaratadilar. Bizning mazkur ishimiz ularga ilmiy - ijodiy asos bo`lib xizmat qiladi , - degan ilmiy farazni asoslab qolamiz. Ko`rgazmalarni bu turiga :
1. gipsli ishlanmalar : - geomtrik shakllar, rozetkalar, me`morchilik elementlari, odam a`zolari - qo`l, oyoq, kalla, ko`z, burun, quloq, lab kabilar, - kichik haykalchalar, yana so`nggi davrlarda gipsdan meva - sabzavotlar, odam, qush, hayvonlarning kichik hajmdagi haykalchalari hаm ko`rgazma qurol uchun ishlab chiqarilmoqdа
2. meva - sabzavotlarning mulyajlari - parafin, gips va plastmassalardan tayyorlanmoqda. Ularning shakli, tuzilishi va ranglari tabiiy holda saqlangan bo`ladi
3. badiiy san`atni buyumlari - o`quv nusxa holatda tayyorlanmoqda. Ular ko`za, vaza, choynak, kosa, piyola va texnik modellardan iborat bo`ladi
4. dizayn darslari uchun asosan texnika vositalarini kichik modellari : avtomobil, samolyot, traktor, tank, ekskavator, ko`targich kranlardan iborat bo`ladi
5. san`at darslarining reproduktsiyalari, fotoalbomlar, san`at asarlari, grafik tasvirlar - nashriyotda tayyorlanadi
6. tasviriy san`at darslari uchun maxsus katta formatda rasm chizish bosqichlari asosida yaratilgan tablitsalar
7. tasviriy san`at darslarida foydalanish uchun maxsus dastur asosida yaratilgan diapozitivlar, diafilmlar, kinokontsovka, kinoroliklar ishlab chiqarilmoqdа. Maktab tasviriy san`atini o`qitish uchun ishlab chiqilayotgan , tayyorlanayotgan ko`rgazma turlari juda ko`p va serob bo`lib , ular asosan maktab tasviriy san`atini o`qitish samaradorligini oshirishga , o`quvchilarga zamon talabida va DTS , dastur vazifalari bo`yicha bilim - malakalar berishga qaratiladi.
Maktab tasviriy san’atini boshqa o’quv fanlari bilan bog’lanishi didaktikasi. Dunyoviy fanlarning sinf – dars tizimi pedagogikaning didaktik printsiplariga amal qiladi.
Chunki didaktika – o’qitish, ta’lim – tarbiya berishning ilmiy – pedagogik asosi hisoblanadi.
Shu boisdan sinf – dars sistemasini ishlab chiqqan Buyuk CHex pedagogi Ya.Komenskiy ana shu sinf – dars sistemasini ishlab chiqish bilan birga, o’quvchiga berayotgan bilim – malaka va tarbiyani ilmiy asoslarini, ya’ni didaktik printsiplarini ham ishlab chiqdi, yaratib beradi.
Maktab o’quv fanlarini o’qitishda qo’llaniladigan, amal qilinadigan didaktik printsiplar va bu printsiplarning shakllanishi, yaratilishi va ularning mazmun – mohiyati Komenskiyning XVII – asrda (1632 y) yaratilgan “Buyuk didaktika” asarida to’la – to’kis ta’riflab beriladi.1
Didaktika – maktab o’quv fanlarining o’qitish nazariyasi deyiladi. CHunki didaktika – o’qitishni, ya’ni o’quvchilarga beriladigan ta’lim – tarbiyani: ilmiy, izchil, asosli, sistemali, ko’rgazmali, tarbiyaviy, ongli, aktiv, ijodkorlik o’quvchini yoshiga, bilimiga mosligi amaliyot bilan nazariyotni birligi va ko’rgazmaliligi kabi didaktik printsiplarga ega bo’ladi.
Haqiqiy dunyoviy ta’lim – tarbiya berishda bu printsiplar asosida dars – mashg’ulotlari o’tkazish talab qilinadi.
Chunki, bu didaktik printsiplar o’qitishning asosiy qonun – qoidasi – o’quvchilarga berilayotgan bilim – malaka va ta’lim – tarbiyani oson, qisqa va asosli (ya’ni ilmiy jihatdan asoslangan) bo’lishini ta’kidlaydi.2
Maktab tasviriy san’atini o’qitishda o’qitish didaktikasining: ilmiylik, izchillik, tarbiyaviylik, sistemalilik ketma-ketlilik, ko’rgazmalilik, nazariyot bilan amaliyotni birligi, onglilik aktivlik, ijodkorlik o’quvchilarni yoshiga – bilimiga moslilik kabi printsiplaridan ijodiy foydalaniladi.3
Maktab tasviriy san’atini o’qitishda didaktikani qaysi printsiplaridan foydalanishni darsning maqsadi va o’rganiladigan mavzuning mazmuni belgilaydi.
1. Tasviriy san’at ta’limida ilmiylik va izchillik printsipi.
Maktab tasviriy san’at aniq fanlar qatoriga kiradi. Shunga ko’ra bu o’quv fanidan beriladigan bilim – malakalar eng avvalo ilmiy asosda bo’lib, u aniqlik, haqqoniylik va ilmiy asosga ega bo’lgan bilim – malakalar harakteridagi namoyon bo’ladi. Berilayotgan bilim – malakalar ilmiy asoslarga ega bo’lishi zarurligi haqida Ya.O. Komenskiy shunday yozadi, - “Berilayotgan bilim zoxiriy(Movxum – ishonchsiz) emas, balki haqiqiy, yuzani emas, balki asosli bo’ladi...”.4
- Bu prinsip maktab tasviriy san’atini o’qitishda eng asosiy, muntazam qo’llaniladigan didaktik printsip bo’lib xizmat qiladi.
Chunki, maktab tasviriy san’at darsida o’qituvchini o’quvchilarga berilayotgan ma’lumotlari shu darsni o’zida qo’llanilib, aytilgan gipotezaga ega bo’lishi kerak.

Download 0,66 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 0,66 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



III-Bob. Maktabda tasviriy san’atni o’qitishda didaktikasi va materiallar, ko’rgazmali qurollari

Download 0,66 Mb.