|
Kurs ishining o`qitish metodikasi
|
bet | 2/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #253087 |
Bog'liq namunaviy darslar2Kurs ishining o`qitish metodikasi. Darslarda koʻrgazmali va tarqatmali materiallardan foydalanishdan asosiy maqsad taʼlim oluvchilarning mavzuni oʻrganishlarida ularning diqqatini toʻplash, darsga boʻlgan qiziqishlarini oshirish, oʻzlariga boʻlgan ishonchni uygʻotish hamda koʻrgazmalilik va tarqatmalilik asosida ularning bilim, koʻnikma va malakalarini oshirishdan iborat.
Shu oʻrinda, muhtaram Prezidentimizning «Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday boʻlishi farzandlarimizning bugun qanday taʼlim va tarbiya olishiga bogʻliq», degan fikrlari soʻzimizning isboti boʻladi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Shuning uchun ham atoqli pedagoglardan biri, maktabda ko‘rgazmasiz o‘qitish mumkin bo‘lmaydigan bir o‘quv fani bor, bu fan tasviriy san’atdir, degani ham bejiz emas. Haqiqatan ham tasviriy san’atning har bir dars-mashg‘uloti ko‘rgazmali o ‘qitishni talab qiladi.
Maktabda tasviriy san’atni o‘qitish bo‘yicha ko‘rgazma materiallari ikki turga bo‘linadi: natural — predmetlarning tabiiy holatdagi ko‘rinishi;
tasviriy ko‘rgazmalar bo‘lib, ular zavod, fabrika, sex va ustaxonalarda tayyorlanadi.
Tabiiy kо‘rgazmalar tabiiy elementlar, uy-ro‘zg‘or va turmushdagi qo‘llaniladigan predmetlar, daraxtlar, ularning bargi, guli, shoxchalari, mevalari, ro‘zg‘or buyumlar, mehnat, o‘quv qurollari, sport, san’at buyumlari kabilardan iborat bo‘lib, ular o‘qituvchi va o‘quvchilar kuchi bilan yig‘iladi va naturalar fondiga kiritiladi.
Tabiiy ko‘rgazmalar — dars materialini tushuntirishda ko‘rgazma material bo‘lib xizmat qiladi. Shuningdek, bu ko‘rgazmalar darslarni tashkil etish va o‘tkazishda didaktik material bo‘lib ham xizmat qiladi.
Kurs ishining tuzilishi. Kirish, asosiy qism III-bob, 4- qism, xulosa, ilovalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
II.BOB Tarqatmali materiallar,ko’rgazmali qurollar va ularning darslarda qo’llanilishi.
|
| |