|
Tasviriy san’at darsida ko’rgazmali qurollar, ulardan foydalanish
|
bet | 7/8 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 0,66 Mb. | | #253087 |
Bog'liq namunaviy darslar22.2 Tasviriy san’at darsida ko’rgazmali qurollar, ulardan foydalanish.
Ma’lumki, ko’rgazmali o‘qitish ta ’lim berishning ilmiy asosi bo‘lib, Y.A. Komenskiy ta’rificha, didaktikaning «oltin qoidasi» sifatida ta ’riflanadi. Chunki «Mumkin bo‘lgan narsalarning hammasini sezgilar orqali idrok qildirmoq kerak: ko‘rib bo‘ladigan narsalarni ko‘z vositasi bilan; ... ushlab ko‘rib sezilishi mumkin bo‘lgan narsalarni ushlab ko‘rish vositasi bilan idrok qildirilsin» deb yozadi Y.A. Komenskiy.
Shu boisdan aytish joizki, o‘quvchilarga bilim-malaka berishni eng osonlashtiradigan vosita — bu ko‘rgazmalar vositasida o‘qitishdir. Tasviriy san’atni o‘qitishda didaktikaning ко‘rgazmalilik prinsipi boshqa barcha o‘quv fanlaridan ko‘ra ahamiyatli va samarali bo‘lib xizmat qiladi. Chunki tasviriy san’at o‘quv predmetining biron-bir dars mavzusi yo‘qki, uni ko‘rgazmasiz o‘qitish mumkin bo‘lsa.
Tasviriy san’atni ko‘rgazmali o‘qitish bo‘yicha professorlar N. Rostovsev, V. Kuzin, R. Hasanov va B. Oripovlar maktab tasviriy san’at o‘quv predmetini samarali o‘qitishning birinchi va bosh omili — ko‘rgazmali o‘qitish ekanligini ko‘rsatib, ko‘rgazmali o‘qitish o‘quvchilarning kuzatish faoliyatini aktivlashtirib, narsa va hodisalami ilmiy asosda o‘rganib, ular haqida to ‘la tasawurga ega bo‘lib, ularning realistik tasvirlarini yaratishlariga imkon berajagini ta’kidlaydilar.
Tajribalar va maxsus kuzatuvlar shuni ko‘rsatmoqdaki, maktabdagi tasviriy san’at darslarining hamma turdagi dars mashg‘ulot- larining mavzulari birgina emas, bir necha ko‘rgazma bo‘lishini talab qiladi. Masalan, «Qush rasmini chizish» mavzusi bo‘yicha o‘tkaziladigan dars mashg'uloti uchun, eng avval, biron-bir qushning tulumi bo‘lishi, so‘ngra uning 3—4 bosqichda ishlangan tayyor rasmini, so‘ngra o‘qituvchining o‘zi sinf doskasida qushning toTa va bosqich asosida ishlangan tasvirini ko‘rsatishi talab qilinadi. Shu boisdan bugungi maktablarda yetuk, oliy ma’lumotli, «Badiiy grafika» fakultetini tugatgan pedagog-rassomlar dars berishi shart qilib qo‘yilmoqda.
Tasviriy san’at o‘quv fanidan dars beradigan o‘qituvchi bu tizimda didaktik prinsipda ishlay olishi uchun u maktabda tasviriy san’at kabinetini tashkil etib, uni didaktik va ko‘rgazma materiallar (natura fondi) bilan to‘ldirib borishi lozim. Chunki maktab tasviriy san’at kabineti o‘qituvchi tomonidan topib kelingan va o‘zi ishlagan didaktik-ko‘rgazma materiallarni yo'qotmay to‘play olish, ko‘paytirish va natura fondini tashkil etish imkonini beradi.
Ma’lumki, tasviriy san’at bo‘yicha ko‘rgazma materiallar ikki turga: tabiiy va tasviriy kо‘rgazmaga bo‘linadi.
Tabiiy ко ‘rgazmaga: meva-sabzavotlar, qush va hayvonlar, uy-ro‘zg‘or buyumlari, mehnat va o‘quv qurollari, san’at va jismoniy tarbiya asboblari atributlari, texnika-transport vositalari va tabiatdagi daraxtlar, o ‘simliklar, meva-sabzavotlar kabi narsalarni kiritish mumkin. Chunki bularning barchasi tabiiy holda qabul qilinadi, ya’ni tabiiy shakl, tabiiy rangga egadir.
Tasviriy ko ‘rgazmalar (narsalarning nusxalari): bunga gipsli ishlanmalar, chuchelolar, san’at asarlarining reproduksiyalari, bosqichli ishlangan rasmlar, fotoalbomlar, o‘qituvchilar tomo nidan maxsus tayyorlangan bosqichli rasmlar va meva-sabzavot- laming mulyajlari, amaliy san’at buyumlari, barg, shoxcha va gullar- ning gerbariylari, shuningdek, ekranli vositalar — diapozitiv, diafilm, kinoroliklar, slaydlar, fotolavhalar va boshqalar kiradi.
Shuningdek, o‘qituvchi sinf doskasida chizib ko'rsatadigan tasviriy rasmlar, jadvallar ham tasviriy ko‘rgazmalar turiga kiradi. Ko‘rgazmalarning qaysi bir turidan qat’i nazar, ularning eng samaralisi uning qaysi davrda, qaysi o‘rinda va qanday holatda ishla- tilishiga bog‘liqdir. Shu o‘rinda aytish joizki, ko‘rgazma materiallar o‘zining mazmuni, o‘tilayotgan dars mavzusiga mosligi, ochiq tushuncha bera olishi va sifati-saviyasi bilan ahamiyatli bo‘ladi. Lekin o‘qituvchining o‘z qo‘li bilan tayyorlagan ko‘rgazma materiali va sinf doskasida dars materialini bayon etish davrida yaratiladigan, chizib ko‘rsatiladigan rasmlari —ko‘rgazma materialining eng faol, eng samaralisi bo Tib hisoblanadi.
Shu boisdan tasviriy san’at fani o‘qituvchisi sinf doskasida juda chiroyli ishlay olishi, uning chizgan rasm-tasvirlari, yozuvlari qoyil qoladigan darajada bo‘lishi bilan birga, o‘qituvchi har qanday mazmundagi kompozitsiyani juda osonlik bilan, juda chiroyli ishlashi va dars jarayonida sinf doskasida chizayotgan rasmi og‘zaki bayoni bilan bevosita bog‘lanib borishi lozim. Bunday holat o‘quvchilaming diqqatini o ‘ziga tortib, uning barqarorligini ham ta’minlaydi. Shu ningdek, o‘quvchilarning o‘qituvchiga bo‘lgan hurmat-e’tibori va hatto rassomchilik kasbiga bo‘lgan mehr-muhabbati ham orta boradi (22-rasm).
Tasviriy san’at darslarining muvafaqiyati ko’p jihatdan bolalarni fanga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirish va doimiy ravishda uni oshirib borishga bog’liq. Fanga qiziqishi bo’lmagan boladan yaxshi natija kutib bo’lmaydi. Shuningdek o’quvchi darsdan bironta natijani ongli ravishda olganida hamda unga ega bo’lishga ishonch hosil qilgandagina fanga qiziqish paydo bo’ladi.
Tasviriy san’at darslarida o’quvchilarning qiziqishlarini oshirishning bir qator yo’llari mavjud:
-san’atning mohiyatini bolalar ongiga singdirish;
-mashxur san’at namoyondalarining hayoti va ijodi yuzasidan suhbatlar o’tkazish, filmlar namoyish etish, albomlar tayyorlash;
-ozgina bo’lasada bolalarni erishgan yutuqlarini qayd qilish va rag’batlantirish, ularning ibrotomus ishlarini sinfdagi barcha o’quvchilarga namoyon etish;
-qiziqarli bo’lgan san’at asarlari haqida suhbat va murozalar o’tkazish;
-muvafaqiyatga erishgan o’quvchilarning ishlaridan ko’gazmalar tashkil etish, ularni ishlarini tuman, shahar, viloyat ko’gazmalariga tavsiya etish;
-har bir darsda o’qituvchi bolalarga yangi bilim, tushuncha va malakalar berishi;
-tasviriy san’at darslarini o’yin, musabaqa tarzida tashkil etishi viktorina krasvord, chaynvord yechish;
-bolalarning tasviriy ijodi uchun ko’proq ularni qiziqtirgan mavzularni tavsiya etish. Ayniqsa ertaklar hikoyalar multiplikatsiyalar filmlar asosida dengiz tubiga va boshqa planitalarga hayoliy sayohat mavzularida rasm chizdirish;
-bolalarni yirik muzey va ko’rgazmalarga olib borish;
-mashxur san’atkorlar bilan uchrashuvlar o’tkazish va boshqalar.
O’quvchilarni tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishini oshirishda ko’rgazmali materiallardan keng foydalanish ham katta samara beradi. Bunda san’at asarlari, reproduksiyalardan foydalanish o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishini yanada orttiradi. Reproduksiyalarni bolalarga shunchaki ko’rsatish, uning mazmunini tahlil qilish bilan chegaralanib qolmay, asarning yaratilish tarixi, asar haqida yirik olim rassomlarni aytgan fikrlarini o’quvchilarga yetkazish muhimdir. Avvalo ko’rsatiladigan asarlar o’z mazmunini va yaratilish tarixiga ko’ra qiziqarli bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Malumki, barcha tasviriy san’at darslarida ko’gazmali qurollar ishlatiladi. Bu o’quv predmetining ko’rgazmali qurollarsiz tasavvur etib bo’lmaydi. Shuningdek tasviriy san’at darslarida ko’rgazmalilik turlari ham nihoyatda turli-tumandir. Xususan natura uchun shuningdek tushuntirish uchun mo’ljallangan tabiiy va sun’iy materiallar chizish va yasash usullari va bosqichlarini ko’rsatuvchi ko’rgazmali tablitsalar shular jumlasiga kiradi. Ayniqsa:
Tabiat maxsulotlaridan – daraxt, gul, bargcha, shoxcha rasmlari.
Xayvonot olamidan - kapalak, ninachi, qushlar, burgutlar, it, bo’ri, quyon, turna va boshqa rasmlar .
Turmushda qo’llaniladigan buyumlar- oshxona va sport buyumlari, mexnat qurollari va boshqalar
Transport vositalari- xarbiy texnika, sport texnikasi rasmlari, avtomashinalar
Odam va xayvonlarni turli tomondan ko’rinishlarini, ranglari, shakllarini, hamda perspektiv qisqarishini tasvirlovchi rasmlar
Odam va narsalarni chizish bosqichlarini ko’rsatuvchi rasmlar
Bunday ko’rgazmalar namoyish etilganda sinfdagi barcha o’quvchilarga yaxshi ko’rinadigan o’lchovda tasvirlanishi lozim. Bu rasmlar o’z xarakteriga ko’ra rangli yoki oq-qora bo’lishi mumkin.
Ko’rgazmali qurollar nafaqat rasmli, balki turli materiallardan karton, yog’och, sim, loy, tabiiy va badiiy materiallardan yasalgan bo’lishi mumkin. Ular tasviriy san’at nazariyasiga kompozitsiya perspektiva, rangshunoslik, yorug’ soya, uning qonuniyatlarini ko’rsatuvchi modellar bo’ladi. Bu ko’rgazmali qurollar avval eskiz yoki kichik o’lchovdagi nusxa tarzida tayyorlanadi. Har bir tayyorlangan ko’rgazmaga o’qituvchi qisqacha tushuntirish xati yozadi. Unda ko’rgazmadan foydalanishga oid metodik ko’rsatmalar namoyish vaqti va bosqichlari ko’rsatiladi.
Ko’rgazmali qurollarni o’quvchilar tomonidan tayyorlanadigan darsga doir konspekt va metodik ishlanmalar bilan bog’liq xolda amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Lekin ko’rgazmali qurol dars ishlanmasi bilan bog’liq bo’lmasligi ham mumkin.
O’quvchilarni tasviriy san’atga bo’lgan qiziqishlarini orttirishda shuningdek turli ko’rgazmalar ham tashkil etish lozim. Ko’rgazma orqali maktabda tasviriy san’at sohasida olib borilayotgan ishlarga baxo berish mumkin bo’ladi. Shuningdek, ko’rgazma olib borayotgan ishlar yakuni sifatidagina ahamiyatli bo’lib qolmay, balki kelgusi ishlarda hxam muhim rol o’ynaydi. Ko’rgazmaning natijalari o’qituvchini kelgusida kamchiliklarni bartaraf etishda olib borilgan ishlarni yanada takomillashtirishga imkon beradi.
Amaliyotda ko’rgazmaning ikki xil shakli uchraydi:
1.O’quvchilarning ijodiy ishlaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalar
2.Mashxur tasviriy va amaliy san’at ustalari asarlarining asl nusxalari yoki ularning reproduksialaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalar.
O’quvchilarning ijodiy ishlaridan tashkil etiladigan ko’rgazmalarning shakllari nihoyatda turli-tuman bo’ladi. Xususan: Shaxsiy ko’rgazma. Soha bo’yicha katta yutuqlarga erishgan o’quvchining faoliyatiga doir bo’ladi. Ko’rgazmalilik prinsipi tasviriy san’atni o’qitishda borliqdagi narsa va hodisalarning mohiyatini bilishga uning harakterli xususiyatlari va qonuniyatlarinini o’rganishga ko’maklashadi.
Ko’rgazmalilik tasviriy san’at darslarida boshqa o’quv predmetlaridagidek yordamchi emas balki o’quvchilarda tushuncha va tassavurlar xosil qiluvchi asosiy materialdir.
Sinf ko’rgazmasi. Alohida sinf o’quvchilarining eng yaxshi ishlaridan tanlab olish orqali tashkil etiladi
Maktab ko’rgazmasi. Maktab o’quvchilarining eng yaxshi ishlarini tanlab olish orqali yaratiladi.
XULOSA
Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, tasviriy san’at o‘quv predmetini ko‘rgazmasiz o‘qitish mumkin emas. Buning uchun maktab yuqori malakali pedagog-rassom bilan ta’minlanishi va unda ko‘rgazmali o‘qitishning asosi bo'lmish — tasviriy san’at kabineti tashkil etilishi shart. Maktabda tasviriy san’atni ko‘rgazmasiz o‘qitish mumkin bo‘lmaganidek, maktabda tasviriy san’at kabinetini tashkil etmay, bu tasviriy san’atni o‘qitish va uning samaradorligi haqida gap bo‘lishi mumkin emas. Chunki maktabdagi tasviriy san’at kabineti ko'rgazma va didaktik materiallarni tayyorlash, ularni yig‘ish, saqlash, ko‘paytirishning eng birinchi vositasidir. Shuningdek, kabinet ko‘rgazma materialidan dars va boshqa mashg‘ulotlarda foydalanish shart-sharoitini yaratishning eng asosiy vositasi bo‘lib ham xizmat qiladi.
Maktab tasviriy san’atini o’qitishning o’ziga xos xususiyatlaridan biri – bu darsda o’quvchilarga berilgan ma’lumotlar, ya’ni nazariy bilimlarni shu darsni o’zida amaliy ishlar bilan bog’lab, o’quvchilar o’zlari olgan yangi dars bo’yicha taasurotlarini – bilimlarni amaliy ish bilan sinab ko’rishi va mustaxkamlab olish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Darsda berilgan nazariy ma’lumotlar rasmi chiziladigan predmetlarni shakli, tuzilishi, uning qirra va tomonlardagi perespektiv qisqarishi, yorug’ – soyalari, rang – tuslari, ularni yaratilishi, ishlatilishi kabilar haqida beriladigan ma’lumotlardan iborat bo’ladi.
Ma`lumki, mamlakatimiz yosh avlod tarbiyasiga alohida ahamiyat berib, ayniqsa yoshlarimizni milliy ma`naviyati masalasi bugungi kunda Davlatimiz siyosatning ham bosh omillaridan biri bo`lib qolmoqda.
Mamlakatimiz Prezidenti yoshlarga san`at va madaniyat ilmini o`rgatishga alohida e`tibor berib, san`at va madaniyat, ma`naviy o`quv fanlarini takomillashtirish, ulardan beriladigan bilim – malakalar samaradorligini oshirishga alohida e`tibor berib kelmoqda. Shuning uchun maktab o`quv fanlari, jumladan, maktab tasiriy san`ati o`quv fanining ta`lim samaradorligini oshirishga yanada e`tibor berish mamlakat xalq ta`limining bosh vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.
Shu boisdan bizning malaka ishining mavzusi ham maktab tasviriy san`ati ta`limini rivojlantirish masalasida bo`lib, bu mavzu maktab tasiriy san`atini o`qitishda eng muhim faktorlardan biri –maktab tasvirriy san`atini o`qitishda didaktik va ko`rgazmali materiallardan foydalanishning samarali yo`llari xususida bo`lib, bu mavzu mazkur fanning eng dolzarb masalasi hisoblanadi.
Ish atroflicha o`rganib chiqildi, tegishli suxbat, saol –javob, anketalar o`tkazildi, natijalar umumlashtirildi. Natija va xulosalar shuni ko`rsatdiki, ta`lim –tarbiyada, didaktika, didaktik material, ko`rgazma qurollar, fan kabinetlari ancha qadimdan ta`lim –tarbiyani asosiy va muammoli masalalaridan bo`lib kelgan va kelmoqda.
Bizning asrimizda ham bu masala bosh mavzu bo`lib, u alohida tadiqot ob`ekti, malaka ishining vazifasi bo`lib olmoqda. Chunki bu vazifa ko`pro byudjetga bog`li bo`lgan holda rivojlanadi.
Lekin biz, maktab tasiriy san`atini mutaxassis, Oliy ma`lumotli, shijoatli, ijodkor o`qituchilari uchun tajribadan o`tgan bir qator tavsiyalarni ishlab chiqdik.
Agar maktab tasiriy san`at o`qituvchisi o`zining ilg`or tajribasi tashabbusi va ijodkorligi bilan ishga kirishsa, bizning tasiyalarimiz alohida ish olib borsa, bugun mamlakatimiz tomonidan xalq ta`limi oldiga qo`ygan vazifalarni uddasidan chiqa oladi degan – gipotezani ilgari suramiz.
Chunki, bugungi kunda mamlakatimizda xalq ta`limiga va yoshlarning ta`lim – tarbiyasiga Prezidentimizdan boshlab barcha kishilar, tashkilotlar katta yo`lni ochib bermoqdalar.
Shu boisdan harakt qilgan, har bir maktab, har bir fan, har bir muallim o`z vazifasiga jiddiy e`tibor bilan qarab, uni bajarishga harakat qilsa albatta muaffaiyatga erishadi.
Maktab tasviriy san`ati bo`yicha anch imkoniyatlar, shart –sharoitlar bor, faqat ulardan to`g`ri foydalanib, ularni to`g`ri ishga solinsa albatta muaffaiyat bo`ladi.
Buning uchun: -maktab tasiriy san`atning I-VII sinf darslari Oliy ma`lumotli rassom – pedagoglarga to`la borilishi kerak;
– Maktabda tasviriy san`at kabineti har qanday holatda ham tashkil etish zarur;
– Kabinetda didaktik materiallar va ko`rgazma qurollar bazasini natura fondini yaratilishi va hozirgi zamon o`quv –texnika vositalari bilan ta`minlashi zarur.
Ana shundagina maktab tasiriy san`at o`uv fanini darsi o`tilyapti degan iborani ishlatsa bo`ladi., tarqatma materiallarni maruza darsi, seminar va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida barcha metodlar bilan birga qo‘llab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish har bir pedagogning pedagogik mahoratiga bog‘liq. Shuni unutmaslik kerakki, tarqatma materiallardan doimiy ravishda, haddan ortiq ko‘p yoki doimiy bir xillik ta’lim oluvchilarning zerikishiga, darsga bo‘lgan qiziqishini kamaytirishiga olib kelishi mumkin, Shuning uchun tarqatma materiallardan o‘z o‘rnida va meyorida foydalanish, ta’lim oluvchilarning qiziqishlari va fikrlarini inobatga olish muhim ahamiyatga ega. Bugungi axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan tobora kengayib borayotgan davrda barcha ma’lumotlarni dars mashg‘ulotlari paytida birgina tarqatma materiallar, darsliklar, ko‘rgazmali vositalar yoki shu kabilar orqali yetkazib berish qiyin. Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan keng va unumli foydalanib, dars mashg‘ulotlarini tizimli va mukammal reja asosida chet el tajribalariga tayangan holda olib borish pedagoglar uchun dolzarb vazifalardan biridir.
Koʻrgazmali va tarqatmali materiallarni maʼruza darsi, seminar va amaliy mashgʻulotlar jarayonida boshqa barcha metodlar bilan birga qoʻllab, dars samaradorligini oshirish imkoniyati mavjud. Ushbu imkoniyatdan qanday foydalanish oʻqituvchining pedagogik mahoratiga bogʻliq.
|
| |