• Kalit so`zlar
  • Ключевые слова
  • Hozirgi zamon chet tili o'qitish metodlari




    Download 30.17 Kb.
    Sana23.03.2024
    Hajmi30.17 Kb.
    #175478
    Bog'liq
    Hozirgi zamon chet tili o\'qitish metodlari


    Hozirgi zamon chet tili o'qitish metodlari

    Yoqubjonova Oyshaxon Orifjon qizi


    NamSPI ijtimoiy va Gumanitar fanlar
    fakulteti 22-SU talabasi


    ANOTATSIYA
    Ushbu maqolada chet tilining qanday ahamiyatga ega ekanligi ta'lim prinspi, chet til o'rganishda zamonaviy metodlardan foydalanish va o'quvchi yoshlarga chet tilini oson o'zlashtirishga yordam beruvchi steam texnologiyasi va boshqa metodlar xususida so'z boradi.
    Kalit so`zlar: Chet tili, didaktika, metod, steam texnologiyasi, kommunikativ, ta'lim sistemasi, ta'lim prinspi , o'qitish


    АННОТАЦИЯ
    В данной статье речь пойдет о том, значение имеет иностранный язык, о принципе обучения, о применении современных методов в изучении языка, о технологии паровая методах, помогающих учащиеся молодежи легко оставить иностранный язык.
    Ключевые слова: Дидактика иностранного языка, метод, паровая технология, коммуникативная, образовательная система, принцип обучения, обучение
    ABSTRACT
    This article talks about the importance of a foreign language, the principle of education, the use of modern methods in learning a foreign language, steam technology and other methods that help young students learn a foreign language easily.
    Key words: Foreign language, didactics, method, steam technology, communicative, educational system, educational principle, teaching

    Vazirlar mahkamasining "Xorijiy tillarni o'rganishni ommalashtirishni samarali tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida " 2021-yil 19-maydagi 312-sonli qaroriga muvofiq Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan har yilio'rganishni tumandagi maktablarni xorijiy tillarni o'qitish uchun zarur bo'lgan adabiyotlar, asbob uskunalar, zamonaviy axborot texnologiyalari bilan ta'minlash uchun mahalliy budjedlardan1mlrd so'mdan kam bo'lmagan miqdorda ajratiladigan mablag'larning hisobi xududiy xalq ta'limi boshqarmalarining g'aznachilikdagi alohida ochilgan hisobvaraqa yuritilishi va mablag'lar agentlik bilan kelishilgan manzilli dasturlar asosida sarflanishi belgilab qo'yilsin.


    Shuningdek Oliy va o'rtamaxsus ta'lim vazirligi Vazirlar mahkamasi huzuridagi DTM bilan birgalikda ikki oy muddatda 2024-2025-o'quv yilidan boshlab qo'shimcha bosqich oliy ta'lim muassasalariga kirish imtihonlari uchun belgilangan majburiy fanlar majmuasiga chet tili fanini kiritish yuzasidan asoslangan taklif kiritsin.
    Bundan ko'rinib turibdiki chet tilini o'rganish hozirgi kunda juda ahamiyatli bo'lib bormoqda va chet tillariga bo'lgan talab yildan-yilga oshib bormoqda. Chet tillarini o'rganish ko'p qirrali ta'limot bo'lib bu jarayonda inson psixologik o'zgarishlarni boshdan kechiradi.
    Til o'rganish kishilik jamiyatida bag'oyat muhim sohalardan biri hisoblanadi. Muloqot vositasi bo'lmish tilni tabiiy muhitda ya'ni oilada, jamiyatchilik orasida yoki uyushgan holda amaliy egallash mumkin.
    Chet til-bu xorijiy tildir. Respublikada G'arbiy Yevropa (ingliz tili, ispan, nemis, fransuz) tillari va sharq(arab, turk, fors, xitoy, hind) tillari o'qitilib kelmoqda. Bu tillar ta'lim jarayonlarida o'quv rejalaridan o'rin olgan. Shuningdek chet tili sun'iy muhitda o'rgatiladi va o'rganiladi.
    Chet tilini o'rgatish va o'rganish jarayoni tubdan bir-biridan farq qiladi va bu jarayonlarda chet tilini o'qitish texnologiyalari muhim ahamiyatga ega. Xolbuki bu texnologiyalarni qo'llashning muhim me'yorlari bo'ladi. Tajribali, yuqori malakali metodika fani yutuqlarini puxta o'zlashtirgan chet tili muallimi o'quvchi yoshlarni olgan bilimlarini ya'ni til me'yorlarini aniqlay oladi. Bundan kelib chiqadiki til o'rganishda metodikaning o'rni beqiyos.
    Shuningdek metodika atamasi tor ma'noda ta'limning konkret dars jarayoni bilan bog'liq tushunchani anglatadi va grek-lotincha "metodos -" metodus" so'zidan olingan bo'lib ma'lum maqsadga eltuvchi yo'llar usul ma'nosini anglatadi. Metodika tarixiga oid adabiyotlarni chuqur o'rganish shuni ko'rsatadiki ayrim tadqiqotchilar metodikani sa'nat deydilar. Ular odatda fransuz metodisti Penlash fikriga ishora qiladilar ya'ni "yaxshi" yoki "yomon" metod yo'q "yaxshi" yoki "yomon o'qituvchilar bo'ladi.
    Bunday fikrdagi kishilarga nemis metodisti E. Ottonning 1924-yilda bayon qilingan fikrlari bilan javob berishi mumkin. U jumladan shunday deydi "Agar kimki metodikani san'at deb hisoblar ekan , u fan nazariyasini uning amalda qo'llanishi bilan qorishtirib yuboradi.
    Har bir fanda o'z tushunchalar yig'indisi mavjud.Chet tili o'qitish metodikasida qabul qilingan asosiy tushnchalar qatoriga quydagilarni kiritish mumkin:ta'lim sistemasi, ta'lim metodi, ta'lim prinspi, metodik usul.
    Hozirgi kunda ta'lim berishda noan'anaviy usullar judayam ko'p. Ulardan biri Steam ta'lim tizimidir. Unda bolalar o'nlab fanlar va darsliklarni maxsus fan qilib o'qishmaydi.
    Steam ta'lim tizimi o'zi nima? Bu-S-science, T-technology, E-engineering, A-art va M-math.ingliz tilida shunday deb ataladi:bu tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san'at va matematika. Ushbu yo'nalishlar zamonaviy dunyoda eng mashhur bo'lib kelmoqda. Shuning uchun bugungi kunda Steam tizimi asosiy tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda.
    Steam ta'limi yo'nalishi va amaliy yondashuvni qo'llash shuningdek beshta sohani yagona tizimga integratsiyalashuvi asoslangan va bu tizim maktab yoki boshqa ta'lim muassasalarining o'quvchilari uchun yuqori natijalar ko'rsatadi. Steam yondashuvi yoshlarga tajribalar o'tkazishga, modellar tuzishga mustaqil ravishda musiqa va filmlar yaratishga undaydi.
    Xulosa qilib aytganda shuni aytish joizki bugungi kun bolalari juda zehinli va aqlli. Ularni bilim olishga qiziqtirish va bilim berishning yangi uslubiy yo'llarini izlash zamon talabi.
    Download 30.17 Kb.




    Download 30.17 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Hozirgi zamon chet tili o'qitish metodlari

    Download 30.17 Kb.