|
1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja
|
bet | 17/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiPlastik surkov moylarining mustahkamligi deganda, tarmoqlarni moylashda quyultirgichlar asosida hosil qilingan pan- jarani buzilish paytida hosil bo‘ladigan siljish zo‘riqishning minimal bo‘lishini ta’minlay olish xususiyati tushuniladi.
Surkov moylari yumshoq moylash materiallari jumlasiga kirsa- da (odatda, xona haroratidagi mustahkamlik chegarasi 0,5-2 kPa), ularning mustahkamlik xususiyati avtomobillarni ishlatishda muhim ahamiyatga ega. Aynan moylarning mustahkamlik chegarasi ulami tarmoqlarda (aylanuvchi detallarda) tura olish xususiyatini belgilab beradi. Surkov moylarining qovushoqligi moyning suyuqliklarga xos bo‘lgan xususiyatlarini aks ettiradi. Uning qiy- mati moylangan detallarni siljitish uchun sarflanadigan energiya miqdori bilan aniqlanadi. Mustahkamlik chegarasi bir xil bo‘lgan (ish sharoiti bir xil) ikki xil surkov moyining qaysi biridan foydalanish maqsadga muvofiq ekanini aniqlash uchun ularning qovu- shoqligini o‘zaro solishtirish lozim va qovushoqligi kichik bo‘lgan moyni tanlab olish zarur.
Surkov moylarining chegarasi va qovushoqligi bo‘yicha yuqorida aytilgan fikrlarga asosan ularning mexanik xususiyatiga qo‘yi- ladigan talablarni quyidagicha ifodalash mumkin: surkov moylari ma’lum mustahkamlik chegarasiga va berilgan ish sharoiti uchun imkon qadar kamroq qovushoqlikka ega bo‘lishi lozim.
Plastik surkov moylarining asosiy vazifasi huddi suyuq moylar vazifasi kabi: detallarning yeyilishini kamaytirish, ishqalanish koeffitsiyentini pasaytirish va metallarni korroziyadan saqlashdan iborat. Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan birinchi ikkita vazifani yoki bu ikki vazifaning birini bajara oladigan moylar antifriksion moylar deyiladi. Metall buyumlarni korroziyadan saqlash (saqlashda, ta- shishda va hokazo) uchun ishlab chiqariladigan moylar konservat- sion (himoya) moylar deyiladi. Texnikada asosiy vazifasi detallar orasidagi tirqishlarni zichlashdan iborat bo‘lgan zichlash moylari- dan ham keng ko‘lamda foydalanilmoqda.
Antifriksion moylar eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, sirpanib ishqala- nishdagi tutashma detallarining yeyilishini kamaytirish uchun ishlatiladi.
Antifriksion moylar dastlab suyuq moyning oqib ketishini ger- metiklash
qiyin bo‘lgan va tashqi muhitdan suv, chang, qum va boshqa korrozion va abraziv materiallar kirishi ehtimoli bo‘lgan tarmoqlarda (g‘ildiraklar podshipniklari, turli uzatmalar sharnirlari va boshqalar) qo‘llanila boshlangan. Tarmoqlar plastik moy yor- damida moylanganida, tarmoqning ish jarayonida moy o‘z o‘rnidan siljimaydi, moy turi to‘g‘ri tanlanganida ish paytida hosil bo‘ladi- gan inersion kuchlar ta’sirida sochilib ketmaydi va o‘z-o‘zidan mexanizmdan oqib ketmaydi. Natijada tarmoq uzoq vaqt moylash materiali bilan ta’minlangan hisoblanadi.
0‘z navbatida, antifriksion moylar indekslar bilan belgilanadi- gan kichik guruhlarga bo‘linadi: С - umumiy ishlar uchun mo‘ljal- langan; О - yuqori haroratlarda ishlatiladigan (110°C gacha); M
ko‘p maqsadlarda ishlatiladigan (minus 30°C dan +130°C haro- ratda) hamda o‘ta nam sharoitda ham ishlay oladigan; Ж - issiqlik ta’siriga chidamli (150°C va undan yuqori haroratlarga chidamli); X - sovuqqa chidamli (minus 40°C dan past haroratlarga ham chidamli).
Konservatsion yoki himoya moylari 3 harfi bilan belgilanadi. Ular mexanizmlami saqlash va ishlatish vaqtida metall sirtlarini korroziyalanishdan saqlash uchun surtiladi.
Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki, surkov moylari o‘z xususiyatlarini sezilarli darajada yo‘qotmagan holda uzoq vaqt ishlashi mumkin. Bugungi kunda asosan mukammal ta’mirgacha yoki ma’lum miqdordagi yo‘lni (20-30 ming km) bosib o‘tgunga qadar almashtirish talab etilmaydigan agregatlar yaratilmoqda.
Plastik surkov moylari har xil sharoitlarda ishonchli ishlashi uchun quyidagi sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi lozim: yuqori chidamlilik chegarasiga ega bo‘lishi va qiya tekisliklarda, harakat- dagi va qiyin zichlanadigan ishqalanish tarmoqlarida ushlanib turi- lishi, ya’ni oqib ketmasligi lozim; ma’lum harorat chegaralarida o‘z xususiyatlarini saqlashi, ya’ni ma’lum tomchilab oqish haroratiga ega bo‘lishi; bir jinsli bo‘lishi, ya’ni tarkibida erimay qolgan qism- lar, abraziv aralashmalar va suv bo‘lmasligi; yaxshi barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni qatlamlanmasligi lozim.
Surkov moylarining turg‘unligi. Surkov moylari o‘z xususiyatlarini bir qator omillar ta’sirida, birinchi navbatda, haroratning keskin ortishi va moy miqdorining kamayishi ta’sirida qisman yoki butunlay yo‘qotishi mumkin.
Tomchilab tushish harorati. Bu ko‘rsatkich surkov moyining harorat o‘zgarishiga bardosh berish ko‘rsatkichi hisoblanadi. Kon- sistent moylar saqlash va ishlatish sharoitida plastik material ko‘- rinishida bo‘lishi lozim. Uni suyuq holatga o‘tishiga asosiy sabab- lardan biri uning me’yordan ortiq qizishidir. Shuning uchun ixtiyoriy surkov moyining muhim sifat ko‘rsatkichi quyultirgich asosida hosil qilingan kristall karkasning katta miqdorda yemirilishi natijasida surkov moyi oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib qoladigan harorat hisoblanadi.
Nazorat savollari
Antifriksion surkov moylari deb nimaga aytiladi?
Konservatsion moylar nima?
Surkov moylarining turg`unligi nimada?
|
| |