|
1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja
|
bet | 4/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiNazorat savollari
Porshenli dvigatellarning Karburatorli dvigateldan farqi nima?
Yonilg`i yonishi natijasida hosil bo`lgan energiya qanday taqsimlanadi?
Qovushoqlik nima va necha turga bo`linadi?
4-Mavzu: Benzinning turlari va markalari
Reja:
Davlat standartlari
Benzinli dvigatellar o‘rnatilgan avtomobillar uchun davlat stan- dartlari (DS 2084-77)ga asosan A-72, A-76, АИ-93 va АИ-98 markali benzinlar ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, maxsus tex- nik shartlar asosida АИ-95 «Ekstra» benzini ishlab chiqariladi. A-72 va АИ-95 «Ekstra» benzinlari etillanmagan, qolgan marka- dagi benzinlar etillangan va etillanmagan holda ishlab chiqariladi. Benzin markasidagi A harfi benzin avtomobil benzini ekanligini, И harfi oktan soni tadqiqot usuli bilan aniqlanganligini, raqamlar esa minimal oktan sonini bildiradi. Agar benzinning shartli ifodasida И harfi bo‘lmasa, bunday benzinning oktan soni motor usuli bilan aniqlangan bo‘ladi.
Dvigatellami qishda yurgazib yuborishni ta’minlash va yozda bug‘ tiqinlari hosil bo‘lmasligi uchun АИ-98, АИ-95 «Ekstra» benzinlaridan tashqari barcha boshqa markadagi benzinlarning ikki: yozgi va qishki turlari ishlab chiqariladi. Avtomobillardan foydalanish davrida qishki benzindan yozgi benzinga yoki yozgisi- dan qishkisiga bir oy ichida o‘tiladi (aprel, oktabr).
Yozgi benzinlar shimoliy va shimoli-sharqiy hududlardan tash- qari hamma hududlarda 1- apreldan 1- oktabrgacha, janubiy hudud- larda butun yil davomida ishlatiladi; qishki benzinlar esa shimoliy va shimoli-sharqiy hududlarda butun yil davomida, boshqa hududlarda esa 1- oktabrdan 1- aprelgacha ishlatiladi.
A-76 benzini ko‘pgina zamonaviy avtomobillar va siqish darajasi 6,5-7,0 bo‘lgan dvigatelli avtobuslar (ЖЗ-452, EpA3- 762В, ГАЗ-5ЭА, ГАЭ-53-12, ГАЗ-66, ЗИЛ-130, ЗИЛ-131, ЗИЛ-133ГГ1, ЗИЛ-ММЗ-554M, ЗИЛ-ММЗ-555, «Урал»-377, ПАЗ-672, ЛАЗ-695Н, ЛАЗ-699Р^а, shuningdek, dvigatelining siqish darajasi 6,7 dan 8,0 gacha bo‘lgan ayrim yengil avtomobillar («Москвич»-2138, ГАЗ-24-01 «Волга», YA3-469)da ishlatiladi.
АИ-92 benzini «Neksiya» va «Lasetti» rusumidagi avtomobil- larda ishlatiladi. «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlik- da ishlab chiqarilayotgan «Chevrolet»ning «Kapriva», «Epika» va «Takuma» markalari uchun АИ-95 benzini tavsiya etiladi.
АИ-93 benzini siqish darajasi 8,0 dan ortiq bo‘lgan yengil avtomobillar («Москвич»-412ИЕ, «Москвич»-2140, ГАЗ-ЗЮ2 «Волга», «Жигули» (barcha modellari), shuningdek, yuk avtomo- billari («Урал»-375ДМ va ИЖ-2715) uchun mo‘ljallangan.
Avtomobil benzinlarining asosiy ko‘rsatkichlari va ularning ish- latilishi jadvallarda keltirilgan (2. 2-jadval).
Benzinlarning qishki markalari fraksion tarkibining ancha yengilligi va to‘yingan bug‘larning bosimi ancha yuqoriligi bilan farq qiladi. Buning natijasida dvigatel yengil yurgiziladi, avtomo- billarni qishki va qish davrida qizdirish va ishlatish osonlashadi.
Foydalaniladigan benzinning markasi ushbu tipdagi dvigatel uchun zavod chiqargan instruksiyaga mos kelishi kerak. Siqish darajasi uncha yuqori bo‘lmagan dvigatellarda yuqori oktanli benzinlardan foydalanilganida ularni ishlatish narxi qimmatla- shadi va har xil texnik nuqsonlar paydo bo‘ladi: dvigatel qizib ketadi, klapanlar kuyadi, dvigatel quvvati kamayadi, benzin sarfi ortadi va hokazo.
Qishki va yozgi benzinlardan to‘g‘ri foydalanilsa, dvigatel ishonchliroq va tejamliroq ishlaydi. Qish mavsumidan yoz mav- sumiga, aksincha, yoz mavsumidan qish mavsumiga o‘tishda (bir oy mobaynida) har ikki turdagi benzindan va ularning aralashma- sidan foydalanishga ruxsat etiladi. Yilning qolgan davrida benzin turi ob-havo sharoitlariga qat’iy mos kelishi lozim. Qishda yozgi benzinlardan foydalanilganida dvigatelni yurgizib yuborish qiyin- lashadi, ba’zan butunlay mumkin bo‘lmay qoladi, yonilg‘i sarfi, benzinning kondensatsiyalanishi ortadi, moy suyulib ketadi. Nati- jada dvigatel detallari tez yeyiladi. Aksincha, qishki yonilg‘idan yozda foydalanish mumkin emas, chunki bunda bug‘lanish hiso- biga yonilg‘i isrofgarchiligi keskin ortadi, dvigatel qizib ketadi, ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘ladi, yonilg‘i me’yorda berilmaydi, dvigatel beqaror ishlaydi, ish rejimi keskin o‘zgargani- da to‘xtab qoladi, yonilg‘i sarfi ortadi. Aralashgan benzinlardan foydalanilganida ham yuqorida aytilgan hodisalar ro‘y beradi.
Avtomobil benzinlarini ishlatish bo‘yicha yuqorida keltirilgan yil fasllari va hududning iqlim sharoitlari bo‘yicha umumiy ma’lu- motlardan tashqari, ishlatilayotgan benzinning ekspluatatsion xu- susiyatlari bo‘yicha aniq tasavvurga ega bo‘lish lozim. Bunday tasavvurni hosil qilishda benzinning har bir markasi uchun to‘ldi- riladigan pasportdan foydalaniladi. Pasportda har bir markadagi benzin (yoki boshqa mahsulot) uchun davlat standard talablari aso- sida u yoki bu ko‘rsatkichning aniq qiymatlari keltirilgan bo‘ladi. Pasportda yonilg‘ining zichligi, motor usulidan aniqlangan oktan soni, tetraetilqo‘rg‘oshin miqdori, to‘yingan bug‘lar bosimi, oltingugurt va haqiqiy smola miqdori, yonilg‘i fraksiyalarining haydal- ish haroratlari, benzinni haydashdagi qoldiq hamda yo‘qotishlar miqdori ko‘rsatiladi. Yonilg‘i pasporti asosida uning sifatini stan dart talablariga javob berishi tegishli standart ko‘rsatkichlari bilan solishtirib aniqlanadi. Agar pasport ma’lumotlari standart talabla- rini qanoatlantirsa, bunday yonilg‘ini ishlatish mumkin. Standart talablarini, hech bo‘lmaganda, bitta ko‘rsatkich bo‘yicha qanoat- lantira olmaydigan yonilg‘ilar nostandartyonilg‘i deyiladi. Ammo standart talablariga to‘la mos kelmaydigan yonilg‘ini ishlatishga umuman yaroqsiz deb hisoblash noto‘g‘ri. Nostandart yonilg‘ilar, moylash materiallari va boshqa neft mahsulotlarining sifat ko‘rsat- kichlari standart ko‘rsatkichlardan chetga chiqishi ruxsat etilgan miqdorda bo‘lsa, bunday yonilg‘i hamda moylash materiallaridan belgilangan maqsadlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri foydalanish mumkin.
A vtomobil benzinlari ko‘rsatkichlarining asosiy standart ko‘rsat- kichlardan chetga chiqishining ruxsat etilgan qiymatlari 2. 3-jadvalda keltirilgan.
Ushbu jadvalda keltirilgan ma’lumotlarga asos- lanib, nostandart benzinlarini ishlatish bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin. Agar chetga chiqish ruxsat etilgan chegarada bo‘lsa, bunday benzinlarni hech qanday chegaralashlarsiz to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatish mumkin.
Agar nostandart benzinning ko‘rsatkichlari ruxsat etilgan che- garadan tashqarida bo‘lsa, bunday benzinlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlatishga ruxsat etilmaydi. Bunday benzinlarning ko‘rsatkichlari- ni standart qiymatlarga keltirish va shundan so‘nggina foydalanish tavsiya etiladi.
Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda, asosan, ikki turdagi - oktan soni (tadqiqot usulida aniqlangan) 97-98 bo‘lgan «Premium» («mukofot» yoki «super» ma’nolarini anglatadi) va oktan soni 90-94 bo‘lgan «Regular» (regular - «doimiy» ma’nosini anglatadi) benzinlardan foydalaniladi. Yevropa iqtisodiy hamkorlik mam- lakatlarida ishlatiladigan benzinning 78 foizi «Premium» va 22 foizi «Regular» markali benzinlargato‘g‘ri keladi Barcha benzinlar etillangan bo‘lib, ularning tarkibida 0,15-0,4 g/l qo‘rg‘oshin bo‘- ladi.
Yaponiyada ishlatiladigan benzinlarning asosiy qismi (97 foizi) oktan soni (tadqiqot usulida aniqlanganda) 91 bo‘lgan «Regular» markali benzinlardan iborat bo‘lib, «Premium» benzinining ulushi
foiz atrofida, etillangan benzin esa 0,5 foiz atrofidadir.
AQSHda oktan soni 96 bo‘lgan benzinlarning ulushi 15 foizni, oktan soni 93 bo‘lgan benzinlar ulushi 40 foizni, oktan soni 92 bo‘lgan benzinlar ulushi esa 45 foizni tashkil etadi. Etillangan benzinlarning ulushi esa 35 foizni tashkil etadi, ularning tarkibida
29 g/l qo‘rg‘oshin bo‘ladi. Hozirgi paytda AQSHda faqat etillanmagan benzindan foydalanish bo‘yicha qaror qabul qilingan. Oktan soni 92 bo‘lgan (umumiy ishlab chiqarishdagi ulushi 85 foiz) «Regular» va oktan soni 96 bo‘lgan «Premium» benzinlarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
Yevropa iqtisodiy hamkorlik mamlakatlarining 20. 03. 85-yil- dagi № 85/210- sonli qaroriga binoan, tadqiqot usuli bilan aniqlan- gan oktan soni 95 (motor usulida 85) bo‘lgan etillanmagan «Premium» benzinidan foydalanishga o‘tilgan. «Regular» markali benzinlarning oktan soni 91-92 oralig‘ida bo‘ladi.
|
| |