• 5-Mavzu: Dizel yonilg`isiga quyiladigan asosiy ekspluatatsion talablar Reja: Dizel yonilg`isi afzalliklari
  • 1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja




    Download 2,88 Mb.
    bet5/27
    Sana27.01.2024
    Hajmi2,88 Mb.
    #146932
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
    Bog'liq
    Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni Yangi

    Nazorat savollari:

    1. Avtomobil benzinlariga qanday talablar qo'viladi?

    2. Yonilg'ining turi qanday aniqlanadi?

    3. Avtomobil benzinlarining biig'lanuvchanligi va fraksion tarkibi haqida gapirib bering.



    5-Mavzu: Dizel yonilg`isiga quyiladigan asosiy ekspluatatsion talablar
    Reja:

    1. Dizel yonilg`isi afzalliklari

    2. Dizel yonilg`isi eksplutatsion talablari

    3. Setan soni

    Dizel yonilg‘isi benzinga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lganligi, ya’ni tejamliroq, yonilg‘i sifatida neftning ancha keng va og‘irroq fraksiyalarini ishlatish mumkinligi, yong‘in chiqish xavfi kamligi, dvigatelni yurgazish osonligi, ishonchli va uzoqroq ishlay olishi tufayli keng tarqalgan. Dizel dvigatellari, asosan, og‘ir yuk ko‘taruvchi avtomobillarga o‘rnatiladi. Bu dvigatellarda yonilg‘i sifatida dizel yonilg‘isidan foydalaniladi.
    Dizel yonilg‘isi - qaynash harorati 200-350°C bo‘lgan ug- levodoroddan tashkil topgan neft fraksiyasidan iborat. Dizel yonilg‘isi rangi sariqdan och jigarrangacha bo‘lgan suyuqlik (bu rangni yonilg‘i tarkibidagi smola beradi) bo‘lib, qovushoqligi benzinnikiga nisbatan yuqori va qiyin bug‘lanadigan yonuvchi suyuqlikdir. Ularning tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 87 foiz uglerod, 13 foiz vodorod, 0,5 foizgacha oltingugurt, juda oz miqdorda kislorod va azot bor. Dizel yonilg‘isining zichligi benzin­ning zichligi kabi suvning zichligidan kichik (0,78-0,86 g/sm3) va suvda erimaydi. Dizel yonilg‘isi benzin bilan ishlaydigan dvigatelli avtomobillarga nisbatan 25-30 foiz tejamli bo‘lgan dizel dvigatel- larida ishlatiladi. Dizel yonilg‘ilari yonganida (yonish jarayonida) o‘rtacha 42,5 mJ/kg issiqlik ajralib chiqadi.
    Dvigatelning ishonchli ishlashi va, shu bilan birga, ularga tex- nik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlarining miqdori bevosita yonilg‘i sifatiga bog‘liq.
    Yonilg‘i xususiyatlarini bilish va ulardan to‘g‘ri foydalanish di­zel dvigatellarining samaradorligi va avtotransport korxonalarining rentabelligini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir.
    Dizel yonilg‘isi markalari bir-biridan zichligi va sirt taranglik kuchi (25-30 mN/m) bo‘yicha kamroq, qovushoqligi va boshqa xu- susiyatlari bo‘yicha esa juda katta farq qilishi mumkin.
    Dizel dvigatellarida yonilg‘i to‘la va sifatli yonishi uchun ular quyidagi ekspluatatsion talablarga javob berishi kerak:

    • yuqori bosimli nasos uzluksiz va puxta ishlashi uchun yonilg‘i yaxshi so‘rilishi va haydalishi (optimal qovushoqlikka, zarur past harorat xossalariga ega bo‘lishi, tarkibida suv hamda mexanik ara- lashmalar bo‘lmasligi) lozim;

    • mayin to‘ziydigan va yaxshi aralashma hosil qiladigan bo‘li- shi, buning uchun esa qovushoqligi va fraksion tarkibi optimal bo‘lishi zarur;

    • dvigatel oson yurgizib yuborilishi va «yumshoq» ishlashi uchun tutun hosil qilmasdan batamom yonishi kerak (yonilg‘ining setan soni, qovushoqligi va fraksion tarkibiga bog‘liq);

    • klapanlarda, porshenlarda va porshen halqalarida ko‘p qurum hosil bo‘lmasligi, ninalar osilib qolmasligi hamda forsunkalarning to‘zitkichlari kokslanmasligi lozim (yonilg‘ining kimyoviy hamda fraksion tarkibiga, tozalash usuli va darajasiga bog‘liq);

    • sig‘imlami, yonilg‘i quvurlarini, yonilg‘i berish tizimini va dvigatel detallarini korroziyalamasligi kerak (oltingugurtli birik­malar, organik hamda mineral kislotalar, suv miqdoriga bog‘liq);

    barqaror yonishi hamda yonganida mumkin qadar ko‘p issiq- lik chiqarishi (uzoq muddat saqlanganida xossalarni o‘zgartirmasli- gi) zarur.
    Dizel yonilg‘isining qovushoqligi
    Benzinli dvigatellar uchun benzinning qovushoqligi ahamiyatga ega emas, chunki uning qovushoqligi suvnikidan ham kichik. Di­zel dvigatelida esayonilg‘ining qovushoqligi katta ahamiyatga ega: uning kamayishi ham, oshishi ham dvigatelning yomon ishlashiga olib keladi. Qovushoqlik tashqi kuch ta’sirida suyuqlik zarralari harakatlanganida bir-biriga ko‘rsatadigan qarshilikdir.
    Dizel yonilg‘isining qovushoqligini belgilovchi ko‘rsatkich ki- nematik qovushoqlik deyiladi. Yonilg‘ining yonish kamerasida to‘zitilish sifati kinematik qovushoqlikka bog‘liq. Yonilg‘ining qovushoqligi juda katta bo‘lsa, u mayin to‘zimaydi, bug‘lanish- ga ko‘p vaqt kerak bo‘ladi, oqibatda yonilg‘i chala yonadi (yonib ulgurmaydi), uning sarfi ortadi, qurum hosil bo‘lishi ko‘payadi, chiqindi gaz qorayib chiqadi, tutay boshlaydi. Yonilg‘ining qo­vushoqligi kichik bo‘lsa, yonilg‘i nasosining detallariga yonilg‘i yaxshi surkalmaydi, buning oqibatida nasosning plunjerli juftlari tez yeyiladi. Bundan tashqari, yonilg‘i oqimi yonish kamerasining ichkarisiga yetib bormaganligi sababli silindrlarda aralashma hosil bo‘lish sharoitlari yomonlashadi. Yonilg‘i forsunka teshiklari orqa- li sizib chiqishi mumkin. Bu esa qurum hosil bo‘lishini ko‘paytira- di. Yonilg‘ining sizib chiqishi va oqishi tufayli uning sarfi ortadi.
    Qovushoqligi o‘rtacha bo‘lgan dizel yonilg‘isidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bunda yonilg‘i juda mayda va bir xil tarkibli tomchilar tarzida to‘zitiladi, bug‘lanish, aralashma hosil bo‘lishi va uning yonish jarayonlari yaxshilanadi. Manfiy haroratda bun­day yonilg‘ining oquvchanligi yaxshiroq bo‘ladi, u quvurlar, mayin tozalash filtrlari, yuqori bosimli nasoslardan oson o‘tadi. Bundan tashqari, ichki ishqalanishni yengishga kamroq energiya sarflanadi.
    Yuqorida keltirilgan fikrlar, dizel yonilg‘ilari ma’lum (opti­mal) qovushoqlikka ega bo‘lishi lozimligini taqozo etadi. Harorat o‘zgarishi bilan qovushoqlik ham o‘zgaradi. Shuning uchun qo- vushoqlikning qiymatini ko‘rsatishda u qanday haroratda aniqlan- ganligini ham ko‘rsatish zarur. Davlat standard talablariga binoan, dizel yonilg‘isi uchun 20°C haroratdagi qovushoqlik me’yorla- nadi. Standart talablariga binoan yozgi yonilg‘ining qovushoqli­gi 3,0-6,0 mm2/s; qishki yonilg‘ilar uchun 1,8-3,2 mm2/s; arktik yonilg‘ilar uchun 1,5 mm2/s ga teng deb belgilangan.
    Qovushoqligining oshishi yonilg‘ining yurgazib yuborish xos- salariga katta ta’sir ko‘rsatadi. Yozgi va qishki yonilg‘ilar qovu­shoqligining o‘zgarish tavsifi 3. 1- rasmda ko‘rsatilgan.


    Rasmdan ko‘rinib turibdiki, sifat pasportida ko‘rsatilgan 20°C dagi qovushoqlik qancha yuqori bo‘lsa, harorat pasayganida qovushoqlik ko‘p o‘zgaradi. Yonilg‘i past haroratlarda quyuqla- shadi, natijada u og‘ir harakatlanadigan bo‘lib qoladi. Yonilg‘i yuqori bosim ostida ishlaydigan quvurlardan harakatlanganida, uning qarshiligi keskin ortishi oqibatida yonilg‘i berish apparatlari- ning ish me’yori buziladi.
    Yonish kamerasida yonuvchi aralashma hosil bo‘lish jarayoniga, yonilg‘i qovushoqligidan tashqari, yonilg‘i zichligi va sirt taranglik kuchi ham ta’sir etadi.
    Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi deganda, yonilg‘i ara- lashmasining olov yoki qizigan jism ta’sirisiz alanga oldiradi- gan kimyoviy reaksiyaning o‘z-o‘zidan jadallashishi tushuniladi. Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanish tizimida reaksiya aktiv oraliq mahsulotlarining to‘planishi yoki yuqori harorat ta’siri nati­jasida sodir bo‘lishi mumkin.
    Siqilgan issiq havoga purkalgan suyuq yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi dizellardagi yonish jarayonining dastlabki bosqichi uchun xos hodisadir.
    0‘z-o‘zidan alangalanish issiqlik ajralish va chala oksidlanish- ning oraliq mahsullari (aldegidlar, spirtlar va hokazo) hosil bo‘lishi bilan kechuvchi alanga oldidagi zanjirli reaksiyalar rivojlanishi- ning yakuniy natijasidir.
    Yonilg‘ining o‘z-o‘zidan alangalanishi dizel dvigatelining bir qator ko‘rsatkichlariga, birinchi navbatda, dvigatelni oson yurgazib yuborish (bunda dvigatel yumshoq va barqaror ishlaydi) va dvi- gatellarning qattiq (taqillab) ishlashiga, sezilarli ta’sir ko‘rsatadi.
    Alangalanishning kechikish davri ortganida, dizel dvigateli ta­qillab ishlaydi. Bunga yonilg‘ining kimyoviy tarkibi sabab bo‘ladi.
    Dvigatelning taqillab ishlashi tirsakli val burchakka burilgani- da ko‘tariladigan bosimga qarab aniqlanadi. Odatda, tirsakli val burilganida bosim 0,25-0,50 MPa gacha ortsa dvigatel yumshoq ishlayotgan, bosim 0,6-0,9 MPa ortganida taqillab ishlayotgan, 0,9 MPa dan ortiq ko‘tarilganida esa juda taqillab ishlayotgan hi- soblanadi.
    Dvigatel qattiq ishlaganida, uning detallari, ayniqsa, podship- nik vkladishlari tez yeyiladi, porshen halqalari deformatsiyalanadi, karterga gaz kirishi ko‘payadi, yonilg‘i sarfi ortadi. Tashqi belgilari va oqibatlariga ko‘ra, dizellaming qattiq ishlashi benzinli dvigatel- lardagi detonatsiyani eslatadi, lekin ularning paydo bo‘lish sabab- lari butunlay qarama-qarshidir. Bu sabablar yonilg‘ining kimyoviy tarkibiga, ya’ni uglevodorodlar oksidlanish jarayonining kechish tavsifiga bog‘liq. Agar dizel yonilg‘isida oson alangalanadigan ug­levodorodlar ko‘p bo‘lsa, u tezda alangalanadi va dvigatel yum­shoq ishlaydi. Benzinda esa xuddi shunday uglevodorodlar kar­buratorli dvigatelda detonatsiya hosil qiladi. Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishiga hamda dvigatelning qattiq ishlashiga moyilligi setan soniga qarab aniqlanadi.
    Setan soni. Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini aniqlash benzinning detonatsiyaga qarshiligini aniqlash kabi amal- ga oshiriladi. Bunda asosiy ko‘rsatkich sifatida setan soni qabul qilingan bo‘lib, u setanning alfametilnaftalinli aralashmadagi foiz hisobidagi miqdoriga teng. Etalon aralashmaning o‘z-o‘zidan alan- galanishi standart dvigatelda tekshirilayotgan yonilg‘ining alanga- lanishi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
    Dizel yonilg‘isining o‘z-o‘zidan alangalanishini aniqlashda etalon yonilg‘i sifatida yuqori tozalikdagi ikkita uglevodorod: se­tan (normal geksadekan) C16H34 va alfametilnaftalin CinH7CH3 dan
    foydalaniladi. Bunday uglevodorodlar alangalanishining kechikish davri juda qisqa bo‘ladi va dvigatelning yumshoq ishlashini ta’min- laydi. Setan etalon aralashmaning tashkil etuvchilaridan biri bo‘lib, uning o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi shartli ravishda 100 bir- lik bilan baholanadi. Ikkinchi tashkil etuvchi alfametilnaftalinning o‘z-o‘zidan alangalanishga moyilligi 0 birlik bilan baholanadi. Ma- salan, 40 foiz setan va 60 foiz alfametilnaftalin aralashmasining o‘z-o‘zidan alangalanuvchanligi 40 birlikka teng, yoki aralashma­ning setan soni 40 ga teng deb qabul qilingan.
    Setan soni bir silindrli ИТ9-3 jihozida aniqlanadi. Bu jihoz o‘zgaruvchan (7 dan 23 gacha) siqilish darajasida ishlash imkonini beradi. Bu ish sinaladigan dizel yonilg‘isi va etalon yonilg‘ini qiyo- siy yondirish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Avval qat’iy belgilangan sharoitda dizel yonilg‘isi sinaladi, keyin alangalanuvchanligi xuddi shunday bo‘lgan etalon aralashma tanlanadi. Setan sonini ИТ9-3 jihozida quyidagi usullar bilan: kritik siqish darajasi bo‘yicha, alan- galanishning kechikishi yoki o‘t olishlaming mos kelish momenti bo‘yicha aniqlash mumkin.

    Download 2,88 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




    Download 2,88 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja

    Download 2,88 Mb.