|
1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja
|
bet | 3/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiNazorat savollari:
Neft zichligi necha turga bo`linadi va ularga nimalar kiradi?
Neftning tog`ridan tog`ri haydashda nimalar yig`iladi?
Kreking jarayon nima?
3-Mavzu: Avtomobil benzinlariga quyiladigan ekspluatatsion talablar
Reja:
Avtomobil dvigatelidagi jarayonlar
Avtomobilning ish jarayonida energiyaning sarflanishi
Yonilg`i qovushoqligi
Ichki yonuv dvigatellarida yonuvchi aralashma yonganida, uning kimyoviy energiyasi dastlab issiqlik energiyasiga, keyin esa mexanik ishga aylanadi. Porshenli dvigatellarda issiqlik energiya- sining 20-42 foizi foydali ishga aylanadi. Jumladan, karburatorli dvigatellarda 24-30 foiz, dizel dvigatellarda 28-42 foiz va gazsi- mon yonilg‘ida ishlaydigan dvigatellarda 23-28 foiz. Issiqlikning qolgan qismi befoyda sarflanadi. Ish bajargan gazlar issiq holda at- mosferaga chiqarib yuboriladi va issiqlikning bir qismini (taxminan 33 foizini) o‘zi bilan olib ketadi. Dvigatel ishlayotganida detallar qiziydi, bu detallar suyuqlik yoki havo bilan sovitiladi, bunda ham ko‘p miqdordagi energiya (taxminan 29 foiz) befoyda sarflanadi. Gazlami kiritish va siqishga, silindr-porshenli guruh, tirsakli val podshipniklari va boshqa detallardagi ishqalanishni yengishga ham anchagina (7-13 foiz) energiya sarflanadi (2. 1- rasm).
Karburatorli va injektori yonilg‘i sifatida, odatda, benzin ishla- tiladi. Avtomobil benzini deganda, qaynash harorati, odatda, 40°C dan 200°C gacha bo‘lgan uglevodorodlar aralashmasi tushuniladi. Benzin tez bug‘lanadigan suyuq yonilg‘i bo‘lib, neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydash yo‘li bilan va kreking usulida olinadi.
Benzin tarkibida massasi bo‘yicha taxminan 85 foiz uglerod, 15 foiz vodorod va juda oz miqdorda kislorod, azot va oltingugurt bo‘ladi. Tashqi ko‘rinishi tiniq, kam qovushoq, rangsiz yoki rangli suyuqlik bo‘lib, o‘tkir hidga ega va normal sharoitlarda tez bug‘la- nadi. Barcha uglevodorodlar va ulaming aralashmalari kabi suvdan yengil va suvda erimaydi, shuningdek, qoldiqsiz yonadi.
Benzin dvigatel silindrlarida me’yorda yonishi va dvigatel ko‘p quwat berishi uchun, u muayyan xossalarga ega bo‘lishi lozim.
Solishtirma og‘irlik, issiqlik beruvchanlik va detonatsiyaga moyillik benzinning asosiy xossalaridir.
Neftdan turli usullarda olinadigan har xil markadagi avtomo- bil benzinlari zichligi, qovushoqligi, sirt taranglik kuchi va yo- nish issiqligi bo‘yicha bir-biridan sezilarli darajada farq qilmaydi. Ammo bug‘lanuvchanligi, turg‘unligi va boshqa bir qator xossalari bo‘yicha bir-biridan katta farq qiladi.
Benzinli dvigatellarning ishonchli, tejamli va samarali ishlashi hamda dvigatel detallarining zanglamasligi, shuningdek, o‘zining sifatini uzoq vaqt o‘zgartirmasdan saqlashi uchun benzinlar qu- yidagi talablarga javob berishi lozim:
barcha ish rejimlarida dvigatelning osongina ishga tushirilishi- ni ta’minlaydigan yonuvchi aralashma hosil qilishi kerak;
yuqori detonatsion barqarorlikka ega bo‘lishi, ya’ni barcha ish rejimlarida dvigatelda detonatsiya bo‘lmasligi lozim;
yonilg‘i baklarida, ta’minlash tizimi jihozlarida smolalar hosil qilmasligi, shuningdek, dvigatelning issiq detallarida mumkin qa- dar kam qurum hosil qilishi zarur;
yonilg‘i baklari, sig‘imlar va ta’minlash tizimi detallarining korroziyalanmasligi, uning yonish mahsullari esa dvigatel detalla- rini korroziyalamasligi lozim;
yonuvchi aralashmaning yonish issiqligi zarur darajada yuqori bo‘lishi kerak;
fizikaviy va kimyoviy jihatdan turg‘un bo‘lishi zarur;
tarkibida mexanik qo‘shilmalar va suv bo‘lmasligi lozim;
inson salomatligi uchun xavfli bo‘lmasligi shart.
Yuqorida keltirilgan barcha talablar davlat standarti asosida me’yorlangan bir yoki bir nechta ko‘rsatkichlar bilan baholanadi.
2. 2. Avtomobil benzinlarining zichligi, qovushoqligi, sirt taranglik kuchi va issiqlik sig‘imi
Zamonaviy benzinli va tezyurar dizelli dvigatellar silindrlarida yonilg‘ining yonishi juda jadal sur’atlarda kechadi (yonilg‘ining yonishi uchun soniyaning mingdan bir ulushi miqdorida vaqt sarflanadi). Yonilg‘ining bu darajada tez yonishi ta’minlanishi uchun yonish jarayoni boshlanishidan oldin to‘la bug‘lanishi va, shu bilan birga, yonilg‘i bug‘lari havo bilan ma’lum nisbatlarda (1:15 nis- batdagi aralashma me’yoridagi aralashma hisoblanadi) yaxshi aral- ashishi (ishchi aralashma hosil qilish jarayoni) lozim. Karburatorli dvigatellarda ishchi aralashmadagi benzin miqdori ma’lum kesim va shaklli teshigi bo‘lgan jiklorlar yordamida rostlanadi. Qalqo- vuchli kameradan aralashtirish kamerasiga uzatiladigan benzin miqdori benzinning qovushoqligiga va zichligiga bevosita bog‘liq.
Yonilg‘ining zichligi deganda, hajm birligiga to‘g‘ri keladigan yonilg‘i massa- si tushuniladi. Avtomobil benzinlarining zichligi 690-810 kg/m3 oralig‘ida bo‘ladi.
Y onilg‘i zachligi haroratning o‘zgarishi ta’sirida kam o‘zgaradi. Havo harorati har 10° ga pasayganida, yonilg‘ining zichligi faqat 1 foizga ortadi (2. 2- rasm).
Yonilg‘ining qovushoqligi (yopish- qoqlik, ichki ishqalanish) suyuqliklarning ular oqimini yuzaga keltiruvchi tashqi kuchlar ta’siriga qarshiligini ifodalovchi xossadir.
Qovushoqlik, asosan, harorat va yonilg‘i tarkibiga bog‘liq. Yonilg‘ining qovushoqligiga ko‘ra absolut (dinamik va kinematik) va shartli qovushoqlik tu- shunchalari ishlatiladi. Yonilg‘ining qovushoqligi maxsus asboblar - viskozimetrlar yordamida aniqlanadi.
D inamik qovushoqlik deganda suyuqlikning ichki ishqala- nish koeffitsiyenti tushuniladi. Dinamik qovushoqlik birligi sifa- tida bir-biridan 1 m masofada joylashgan 1 m2 o‘lchamdagi o‘zaro parallel ikki qatlamli 1 N ga teng kuch ta’siri ostida 1 m/s tezlik bilan o‘zaro harakatini ta’minlovchi qovushoqlik qabul qilingan. 0‘lchov birligi sifatida Pa • s/N • s/m2/kg/(m • s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlik suyuqlik ichki ishqalanishining so- lishtirma koeffitsiyentidir. Davlat standartlarida aksariyat neft mahsulotlari uchun kinematik qovushoqlik ko‘rsatiladi. Suyuqlikning kinematik qovushoqligi uning dinamik qovushoqligi zich- ligining nisbatiga teng. Kinematik qovushoqlik birligi sifatida
m2/s (10 - 6 m2/s = 1 mm2/s) qabul qilingan.
Kinematik qovushoqlikni aniqlashda turli xil viskozimetrlar- dan, ayniqsa, Pinkevich viskozimetrlaridan (2. 2- rasm) keng foy- dalaniladi. Bu turdagi viskozimetrlarda kinematik qovushoqlikni aniqlash tartibi quyidagicha amalga oshiriladi.
Tajriba o‘tkazisdan oldin viskozimetr benzin yordamida yax- shilab tozalanadi. So‘ngra asbob havoda quritiladi. Tekshirilayotgan neft mahsuloti qog‘oz filtrlar yordamida tozalab olinadi. Tozalan- gan neft mahsuloti o‘lchash menzurkasiga quyiladi. Neft mahsuloti quyiladigan idishga qovushoqlikni o‘lchash abobi joylashtiriladi. Asbobning chiqarish teshigi 5 ga rezina shlang kiritiladi, tirsakka tiqin 6 tiqilib, asbob neft mahsuloti quyilgan idishga to‘nkariladi va teshik 5 orqali mahsulot uning В belgisigacha tortib to‘ldiriladi. So‘ngra asbob neft mahsuloti to‘ldirilgan idishdan chiqarib olinadi. Tirsakdan esa tiqin olib tashlanadi.
Neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr shtativga o‘rntilib, suyuqlik to‘ldirilgan idishga joylashtiriladi (2. 3- rasm). Shlang chiqarish teshigi 5 dan olinib, trubka 3 ga kiydiriladi. Idishdagi suyuqlik standartda ko‘rsatilgan haroratgacha qizdiriladi va bu haroratda neft mahsuloti bilan to‘ldirilgan viskozimetr 15 daqiqa turishi lozim. So‘ngra shlang 8 orqali asbobning yuqorigi sharsi- mon kengayishining 1/3 qismigacha neft mahsuloti so‘rib olinadi va quyib yuboriladi. Neft mahsuloti naycha 4 orqali qaytib oqishni boshlab A belgisiga yetganida (ikki kengayishlar oralig‘ida), sekundomer ishga tushiriladi va В belgisiga yetganida to‘xtatiladi, o‘tgan vaqt qayd etiladi. Shu tariqa tajriba besh marta takrorla- nadi hamda o‘rtacha vaqt aniqlab olinadi.
|
| |