|
Dizel dvigatellari yonilg'isiga qanday talablar qo'yiladi
|
bet | 7/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiDizel dvigatellari yonilg'isiga qanday talablar qo'yiladi9
Yonilg'i qovushoqligi deganda nimani tushunasiz vau dvigatelning ishiga qanday ta'sir ko'rsatadi9
Xiralashish va qotish haroratlari deganda nimani tushunasiz?
7-Mavzu: Gazsimon yonilg`ilar
Reja:
Gazsimon yonilg`ilarning afzalliklari.
Gazsimon yonilg`idan foydalanish
Gazsimon yonilg`i tarkibi.
Respublikamiz katta miqdordagi gazsimon yonilg'ilar zaxirasi- ga ega. Undan foydalanish sanoatdagina emas, balki avtomobil transportida ham yildan yilga ortib bormoqda.
Gaz yonilg'ilar suyuq yonilg'ilarga nisbatan qator afzalliklarga ega. Shuning uchun ular istiqbolli va avtomobil dvigatellarida keng ko'lamda qo'llash uchun maqbul yonilg'i hisoblanadi. Ko'pgina hollarda ular mahalliy yonilg'i turlari bo'lib, suyuq yonilg'ilarga nisbatan ancha arzon.
Uchqun bilan yondiriladigan dvigatellarda yonuvchi gazlarni qo'llash aralashma hosil qilish jarayonining, shuningdek, ishlatish sharoitlarida aralashmaning silindrlar bo'ylab taqsimlanishini yax- shilaydi va yengillashtiradi, chunki gazlar havo bilan turli nisbatlar- da ancha oson aralashadi. Ko'pgina gazlar suyuq yonilg'ilarga nisbatan alanga tarqalishining ancha keng konsentratsion diapazoniga ega, ya’ni ular aralashmada havo miqdori ancha ortiq bo'lganida ham tez va to'liq yonadi.
Bulaming barchasi yonuvchi aralashma olish uchun qo‘llaniladi- gan moslamani soddalashtirishga hamda unda yonilg‘i va havoning atmosferaga zaharli moddalar kam miqdorda chiqariladigan nisbat- laridan foydalanishga imkoniyat yaratadi. Gazsimon yonilg‘ilardan foydalanilganida dvigatelning sovuq holda ishga tushirish va qizdi- rilgan holatda ishlashidagi yonilg‘ining bug‘lanishi bilan bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklar bo‘lmaydi, atrof muhit harorati yuqori bo‘lganida, ta’minlash tizimida bug‘ tiqinlari hosil bo‘lish hollari o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Gazsimon yonilg‘ilar benzinlarga nisbatan antidetonatsion xususiyatlarga ega, bu esa dvigatelning siqish da- rajasini ko‘tarishga va yonilg‘i tejamkorligini oshirishga imkon beradi. Shu bilan birga, gazsimon yonilg‘ilar yana bir qator afzal- liklarga ega:
keng tarqalgan, arzon, uning katta zaxiralari mavjud;
yonganida qora kuya va smolalar ajralib chiqmaydi, kul hosil bo‘lmaydi, yonish mahsulotlari tarkibida atrof muhit uchun zararli moddalar yo‘q;
iste’molchi manbalarga quvurlar orqali oson uzatiladi va mar- kazlashgan holda saqlanadi;
gazsimon yonilg‘idan foydalanilganida motor moyining eskirish jarayoni sekinlashadi va almashtirish muddati suyuq yonilg‘ilardan foydalanilganiga nisbatan 2-4 barobar uzayadi. Buning asosiy sababi, gazsimon yonilg‘i ishlatilganida silindr devori- da yonilg‘i bug‘lari kondensatsiyalanmaydi, bu, o‘z navbatida, motor moyining chala yoki yonmagan yonilg‘i bilan suyulishining oldini oladi;
dvigatelning ta’mirlashgacha ish muddati ham 1,5-2 barobar oshadi, chunki bunda suyuq yonilg‘ilar kabi yonmay qolgan yonilg‘i silindr-porshen guruhi hamda yonish kamerasi devorlarida qurum va boshqa cho‘kindilar miqdori nisbatan kam bo‘lib, silindr- porshen guruhining yeyilishini kamaytiradi;
siqilgan yoki suyultirilgan holda ham ishlatiladi;
detonatsiyaga qarshi turg‘un.
Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan fikrlardan ko‘rinib turibdiki, gazsimon yonilg'ilar kompleks xususiyatlariga ko'ra yonuvchi aralashma silindr tashqarisida hosil qilinadigan va uchqun bilan yondiri- ladigan dvigatellar uchun ancha mos keladi, shuningdek, dizellarda foydalanilishi ham mumkin.
Portlovchanlik xususiyatining yuqoriligi ko'pgina gazsimon yonilg'ilar (tabiiy gazlar, vodorod, metan)ning asosiy kamchili- gidir. Yonuvchi gazlaming eng kichik nozichliklardan ham chiqib ketishi ulardan ehtiyot bo'lib foydalanishni talab qiladi. Agar xavf- sizlik texnikasi hamda yong'inga qarshi xavfsizlik qoidalariga rio- ya qilinsa, shuningdek, tavsiya qilingan tadbirlar bajarilsa, gaz qu- rilmalaridan ishonchli va xavfsiz foydalanish mumkin.
Shuningdek, gazsimon yonilg'ilar qo'llanilganida, silindrni to'ldirish koeffitsiyenti kamligi suyuq yonilg'ilarga nisbatan dvigatel quvvatining kamayishiga olib keladi. Masalan, benzin o'mi- ga suyultirilgan gaz qo'llanilganida, dvigatel quvvati 6-8 foizga, siqilgan gaz ishlatilganida, 18-20 foizga kamayadi.
Gazsimon yonilg'ilarning kelib chiqishi turlicha bo'ladi: tabiiy gaz (gaz konlaridan olinadi), yo'ldosh gaz (neftni qazib olish va qayta ishlashda), sanoat gazi (domna, koks, yorituvchi, kanalizatsi- ya gazlari), generator gazi (qattiq yonilg'ilami gazga aylantirishda) va boshqalar. Ularning tarkibi va xossalari, shu jumladan, yonish issiqligi keng ko'lamda o'zgaradi. Odatda, ular turli xildagi yonuvchi va inert gazlaming aralashmasidan iborat. Ularning tarkibiga yonuvchi gazlar: metan, propan, butan, CnHm formulali boshqa uglevodorodlar, vodorod, is gazi va sh. k., shuningdek, inert gazlar va ifloslantiruvchi moddalar (karbonat angidrid, azot, namlik, smo- lasimon moddalar, mexanik zarralar, oltingugurtli birikmalar va boshq.) kiradi. Respublikamizda ishlatilayotgan asosiy gazsimon yonilg'ilarning tarkibi va asosiy xususiyatlari 4. 1- jadvalda keltirilgan.
Barcha gazsimon yonilg'ilar yonish issiqligiga ko'ra uch guruhga bo'linadi:
past kalloriyali, yonish issiqligi 10000 kJ/m3 gacha bo‘lgan gazlar (generator, domna, ruda gazlari va boshqalar);
o‘rtacha kaloriyali, yonish issiqligi 10000-20000 kJ/m3 gacha bo‘lgan gazlar (koks, yoritish gazlari va boshqalar);
yuqori kaloriyali, yonish issiqligi 20000 kJ/m3 dan ortiq bo‘lgan gazlar (bu gazlarga gaz konlaridan olinadigan turli tabiiy gazlar, neft quduqlaridan neft bilan birga olinadigan neft gazlari yoki yo‘lakay gazlar, shuningdek, neftni qayta ishlashda olinadigan turli kreking gazlari va boshqa gazlar kiradi).
Gazsimon yonilg‘i tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy gazsimon yonilg‘ilarga neft qazib chiqarishda olinadigan yengil gazsimon uglevodorodlar hamda sof gaz konlaridan olinadigan tabiiy gazlar kiradi. Turli konlardan olinadigan tabiiy gazlar tarkibi va issiqlik berishiga ko‘ra bir-biridan kam farq qiladi.
Sun’iy yonuvchi gazlar qattiq va suyuq yonilg‘ilarni qayta ish- lash (quruq hay dash, kokslash, yarim kokslash va hokazo) yo‘li bilan olinadi. Issiqlik berishiga ko‘ra, sun’iy gazlar past yoki yuqori kaloriyali bo‘ladi. Ular yonilg‘i sifatida ishlatiladi. Portlash xavfi- ni kamaytirish uchun ularga tabiiy gazlar qo‘shiladi. Aralashtirish maxsus stansiyalarda bajariladi, iste’molchilarga esa tayyor gaz yetkazib beriladi. Shunga qaramasdan, iste’molchiga keltiriladigan gazning portlash xavfi borligini, ko‘pincha zaharli ekanligini esdan chiqarmaslik va ulardan ehtiyot bo‘lib foydalanish zarur.
Gazsimon yonilg‘ida ishlaydigan avtomobillarda siqilgan va suyultirilgan gazlardan foydalaniladi. Kritik harorati havo haroratidan yuqori bo‘lgan uglevodorodlar past bosimda gaz holatidan suyuq holatga o‘tadi. Bunday gazlar suyultirilgan gazlar deyiladi. Gazni suyultirish uchun ma’lum harorat va ma’lum bosim talab etiladi. Masalan, 20°C haroratda propanni suyuq holatga o‘tkazish uchun 0,85 MPa, butanni suyuq holatga o‘tkazish uchun esa 0,2 MPa bosim talab qilinadi.
Kritik harorati ishchi haroratidan past gazlar siqilgan holda ishlatiladi (20 MPa bosim ostida) va ular siqilgan gazlar deyiladi. Siqilgan gazning asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan metanni suyuq holatga o‘tkazish uchun minus 82°C harorat talab etiladi. Atmo- sfera bosimida esa metan minus 161°C haroratda ham suyuq holatga o‘tadi. Minus 82°C haroratdan yuqori bo‘lganida, metan har qanday yuqori bosimda ham suyuq holatga o‘tmaydi.
|
| |