|
1-Mavzu: Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fanining predmeti va vazifalari. Reja
|
bet | 6/27 | Sana | 27.01.2024 | Hajmi | 2,88 Mb. | | #146932 |
Bog'liq Avtomobillarda ishlatiladigan ashyolar fani maruza matni YangiNazorat savollari
Dizel yonilg`isining bezin yonilg`isidan farqi nima?
Dizel yonilg`isining qovushoqligi nima?
Setan soni nima?
6-Mavzu: Dizel yonilg`isining turlari va ishlatilishi.
Reja:
Dizel yonilg`ilari texnik shartlari.
Dizel yonilg`ilari tarkibi
Dizel yonilg`ilari xossalari
Tezyurar dizel dvigatellari uchun yonilg‘ilar 305-82- sonli «Dizel yonilg‘ilari. Texnik shartlar» nomli standart asosida ishlab Yonilg‘i tarkibidagi oltingugurtli birikmalar detallarda hosil bo‘lgan qurum va o‘tirib qolgan yopishqoq jinslarni qotiradi, mustahkamlaydi va ularning ko‘chishini qiyinlashtiradi. Masalan, tarkibida 0,08 foiz miqdorda oltingugurt bo‘lganida yonilg‘i ishla- tilganida hosil bo‘ladigan qurum tarkibida 1 foiz oltingugurt bo‘la- di va chiqindining zichligi 0,03 g/sm3 bo‘lsa, yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdori 1,5 foiz bo‘lganida bu ko‘rsatkichlar mos ra- vishda 9 foiz va 0,5 g/sm3 ni tashkil etadi.
chiqariladi. Avtomobillarda, ish sharoitiga ko‘ra, uch turdagi dizel yonilg‘ilaridan: JI (yozgi), 3 (qishki) va A (arktik) ishlab chiqariladi (3. 1-jadval). Barcha turdagi dizel yonilg‘ilariga belgilan- gan tartibda va miqdorda qo‘shilmalar qo‘shishga ruxsat etiladi. Dizel yonilg‘isining barcha komponentlari yuqori turg‘unlikka ega bo‘lganligi tufayli ulami uzoq muddat (5 yil va undan ortiq) saqlash mumkin. Л markali yonilg‘i tashqi muhit harorati 0°C va undan yuqori bo‘lganida ishlatish uchun mo‘ljallangan, 3 markali yonilg‘i minus 20°C va undan past harorat (sovuq tabiiy iqlim mintaqalari)da, A markali yonilg‘i esa minus 50°C va undan past haroratli mintaqalarda ishlatishga mo‘ljallangan.
Dizel yonilg‘ilari tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab ikki kichik guruhga bo‘linadi. Birinchi kichik guruhga kiradigan yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,2 foizdan oshmay- di, ikkinchi kichik guruhga kiruvchi Л va 3 markadagi yonilg‘ilar tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,21-0,50 foizdan, A markadagi yonilg‘ilarda esa 0,21-0,40 foizdan ortmasligi lozim. Dizel yonilg‘ilari quyidagicha markalanadi: Л-0,2-40. Bunda Л yozgi yonilg‘i ekanligini; 0,2 soni yonilg‘i tarkibidagi oltingugurt miqdorini (foiz hisobida), 40 soni yonilg‘ining o‘t olish harorati (°C)ni bildiradi. Qishki yonilg‘ilarda esa yonilg‘ining qotish harorati ko‘rsatiladi. Masalan, 3-0,2-(-35) markali yonilg‘ida minus 35 soni yonilg‘ining qotish harorati (0°C)ni ko‘rsatadi. Arktik dizel yonilg‘ilari markasida esa faqat oltingugurtning miqdori (%) kelti- riladi, masalan, A-0,4.
Tejamkorlik nuqtayi nazaridan dizel yonilg‘ilarining qishki markalarini yozda va havo harorati issiq bo‘lganida ishlatish maqsadga muvofiq emas. Tarkibida oltingugurt miqdori standart talabiga javob beradigan dizel yonilg‘ilari neftni to‘g‘ridan to‘g‘ri haydashdan olingan yonilg‘ining gidrotozalagichdan o‘tgan frak- siyalarini kompaundlash yo‘li bilan olinadi. Oltingugurt miqdori to‘g‘ridan to‘g‘ri haydalgan fraksiyalar qayta ishlanganida 0,8- 1,0 foiz, gidrotozalagichdan o‘tgan komponentlarda esa 0,08-
12 foiz bo‘ladi.
X orijda №1 va №2 markalaridagi dizel yonilg‘ilari ishlab chiqariladi. Ayrim xorijiy davlatlarda ishlab chiqariladigan dizel yonilg‘ilarining asosiy fizikaviy-kimyoviy xossalari 3. 2-jadvalda keltirilgan.
Nazorat savollari:
|
| |