Mass Media va tv jurnalistikasi 25. Tv da habar janri Javob




Download 63.28 Kb.
bet1/23
Sana26.04.2023
Hajmi63.28 Kb.
#53811
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
jurnalistika(25-50)
2, davron bek, Niyozbek, Mustaqil ish 2 Mavzu Protsessorga kiruvchi va chiquvchi boshqar, Темы Самостоятельныхработ Электроника и схемы 2 для заочников (2), Test 2 kurs intro, Dorivor gulxayri maqola (3), БМИ. Угилой, 22.pre shopping, 0b6fc868-9ca2-4453-af74-b858c9d46df5 (1), 0b6fc868-9ca2-4453-af74-b858c9d46df5, Tengdosh va teng tuzilgan figuralar haqida ma’lumot. Yuzlari ten, Coursera UCY7FTDTPYCMdatacience, Mavzu; Natural sonlar to\'plamiga akslantirish prinsipi. To\'plaml

Mass Media va TV jurnalistikasi
25. TV da habar janri
Javob: Zamonaviy jurnalistikada yangiliklar sohasi tobora rivojlanib bormoqda. Jurnalistikaning tezkor axborot manbai bo’lgan bu turi insonni qisqa vaqt ichida voqea-hodisalardan xabardor qiladi va juda ham katta axborot oqimi ichidan keraklisini tanlab olishga yordam beradi. Xalqaro jurnalistikada ham xabar boshqa janrlar ichida yetakchidir. Axborot janrlarini o’quvchiga ma’lumotni yetkazish usuliga qarab bir necha guruhga bo’lib o’rganish mumkin. Ularning birinchi guruhi o’z ichiga xabar, reportaj, hisobotni oladi. Chunki aynan ana shu janrlar o’quvchilar auditoriyasiga ma’lumotni tezkor ravishda yetkazadi va ko’p holatda ularning asosida yangilik yotadi. Xo’sh, yangilik nima o’zi?Yangilik sifatida biz o’quvchilar auditoriyasiga ma’lum bo’lmagan voqelikni tushunamiz. Ammo har qanday yangilik ham o’quvchini qiziqtira oladimi? Bu narsa uning dolzarbliligi bilan bog’liq. Dolzarb axborot auditoriyaning e’tiborini tortadi, unda qiziqish uyg’otadi. Ammo dalillar ham hududiy bo’lishi mumkin. Kichik bir joyda sodir bo’lgan voqea ko’pincha o’sha yerlik aholini qiziqtiradi. Ammo ayrim hollarda shunday voqea umummilliy muammoni o’zida aks ettirsa, butun bir mamlakatda unga bo’lgan qiziqish uyg’onadi.Dolzarb axborot izlagan jurnalist, avvalo, xabar va yangilikni bir-biridan farqlay olmog’i lozim. Yangilik - bu boshqalarga notanish yangi ma’lumot bo’lsa, xabar – ma’lum narsa xususidagi yangi axborotdir. Masalan, endilikda hammaga ma’lum va mashhur bo’lgan aspirin kashf etilgan vaqtida jurnalistlar uni yangilik sifatida matbuotda yoritgan edilar. Yaqinda olimlar tomonidan aspirinning qon quyulishining oldini olishdagi xususiyati aniqlandi. Bu haqdagi xabar ko’plab gazetalar va internet nashrlarida zudlik bilan e’lon qilindi. Auditoriya uchun qiziq bo’lgan yangilikni o’z vaqtida tayyorlab yetkazish jurnalistning, qolaversa, tegishli OAV nufuzini oshiradi. Xabar, asosan nima? qaerda? qachon? kabi savollarga javob berib, unda asosiy dalillar birinchi o’rinda turadi. Ko’p holatda yangilik va xabarlar 10-20 qatordan oshmay, ikki yoki uchta jumladan tashkil topadi, xolos. Muallif voqea va xodisaga izoh bermaydi, aksincha, uni qisqa va lo’nda shaklda o’quvchiga yetkazadi.Xalqaro amaliyotda yangilik va xabarning quyidagi xususiyatlariga e’tibor qaratiladi:

  • faqat dalillarni berish;

  • detallar ko’pligiga e’tibor qaratish;

  • shaxsiy fikrning yo’qligi;

  • mavzuning dolzarbligi;

  • asosiy voqeaning birinchi o’ringa qo’yilishi.

Aynan shu usul “to’ntarilgan ehrom” deb nomlanadi.
Yangiliklarni yozishning mazkur uslubi XIX asr o’rtalarida elektron telegraf ixtiro qilinganidan so’ng paydo bo’lib, jurnalistlarga ilk bor xabarni tahririyatlarga uzoqdan jo’natish imkoniyatini berdi. Ammo bu yo’l bilan uzatiladigan axborot juda ham qisqa va aniq bo’lishi kerak edi. Chunki u Morze alifbosi bilan jo’natilar va aloqa istalgan vaqtda uzilib qolishi mumkin edi. Aloqaning bunday oddiy usuli jurnalistikani tezkorlik darajasiga ko’tarib, faqat eng muhim axborotnigina uzatishga intiladigan yangicha uslubga asos soldi.Oddiy xabar yoki yangilik ham o’quvchi e’tiborini jalb qiladigan sarlavha ostida berilsa, ma’lumotning qiymati bir necha barobarga oshadi.

Download 63.28 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 63.28 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mass Media va tv jurnalistikasi 25. Tv da habar janri Javob

Download 63.28 Kb.