Aim.uz
Sharx va targ‘ibot: sharxlashning o‘ziga xos xususiyatlari
Reja: 1. Targ‘ibot va OAV.
2. Faktlardan targ‘ibot sifatida foydalanish.
3. Qiyosiy sharx va jurnalist mahorati.
Jurnalist o‘zining chiqishlari uchun zaruriy ma’lumot va faktlarni qayerdan olishi mumkin? Ushbu masala u yoki bu darajada har bir OAV xodimi oldida ko‘ndalang turadi. Bunga to‘g‘ri javob topish har bir jurnalistning madaniy tafakkuriga bog‘liq xodisadir. Ushbu madaniy tafakkur yangiliklar manbaining boyligiga, kengligi va har xilligiga bog‘liq.
Albatta, jurnalistlar aniq yoki favqulodda xodisalar, deylik Amerika “Chellendjer” kosmik kemasining portlashi, Dolli laqabli quyning klonlashtirishdan keyin paydo bo‘lgani, Klinton oilasi atrofida bo‘lgan voqealar, B.Yelsinning iste’foga chiqishi va hokazo voqealarning manbai aniq. Ular OAV, olimlar, siyosatchilar, guvohlar va boshqalar bo‘lishi mumkin.
Lekin tor doiradagi voqealar hayotda tez-tez sodir bo‘lib turadi. Agar ularning axborot manbai jurnalist e’tiboriga tushsa, u kanal orqali auditoriyaga yetkaziladi. Aks xolda, hattoki o‘ta muhim va ahamiyatli voqea hodisalar ham auditoriyaga yetkazilmasdan qolaverishi mumkin.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, respublika va mahalliy OAVlarimiz, jumladan televideniyamiz ham dunyo yangiliklarini yoritishda juda qulay imkoniyatlarga ega. Respublika (lot. respublica, res - ish va publicus - ijtimoiy, umumxalq) - davlat boshqaruvi shakli, unda bar cha davlat hokimiyati organlari saylab qoʻyiladi yoki umummilliy vakolatli muassasalar (parlamentlar) tomonidan shakllantiriladi, fuqarolar esa shaxsiy va siyosiy huquqlarga ega boʻladilar. Bu yerda ular manba sifatida xalqaro axborot kanallari, jumladan internet, sun’iy yo‘ldosh televideniyalari, elektron pochta, faksimal aloqalar va hokazolardan foydalanishmoqda.
| Yer - Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. |
Nafaqat boshlovchi, balki tajribali jurnalistlarimiz ham gohida bo‘layotgan voqea-hodisalarni o‘z vaqtida 7anglab ulgurmayaptilar. Keyingi paytlarda bizning ommaviy axborot vositalarimiz plenka tagida chigit ekish “Andijon uslubi”ni juda ko‘p yoritishdi. Lekin bu uslub avval qayerda qo‘llangan va dunyo paxtachilik amaliyotida bu narsa sinab ko‘rilgan yoki ko‘rilmaganligi haqida OAV hech narsa demadi. Vaholanki o‘zbek kinematografchilari bu haqida atroflicha film olishgan edi. Xuddi shunga o‘xshash Amerika paxta terish mashinalari xaqida ham OAVimizda asossiz shov-shuvli ko‘rsatuvlar berildi: Bu materiallarning ko‘pchiligi taxlilsiz, qiyoslarsiz, ushbu mashinaning bizning maydonlarimiz uchun manfiy va musbat tomonlarini aytmasdan ko‘rsatib borildi. Yoki ishlab chiqarish haqida tayyorlangan materiallarni olaylik.Uslub - tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar.
| Paxta, chigitli paxta - gʻoʻzaning tola va chigitdan iborat asosiy mahsuloti. Paxta tozalash korxonasida P.ga dastlabki ishlov berish jarayonida chigitdan, avval, toʻqimachilik sanoatining ehtiyoji uchun asosiy mah-sulot - tola (uz. 20 mm dan uzun) |
Ishlab chiqarish, moddiy ishlab chiqarish - jamiyatning yashashi va taraqqiy etishi uchun zarur boʻlgan moddiy boyliklar (turli iqti-sodiy mahsulotlar)ni yaratish jarayo-ni; ishlab chiqarish omillarini isteʼ-mol va investitsiyalar uchun moʻljallangan tovarlar va xizmatlarga aylantirish. I.ch. Bunday paytlarda jurnalistlar an’anaviy usuldan foydalanishadi. Zavod yoki shirkat xo‘jaligiga, firma yoki dalaga kelgan jurnalist ma’muriyat a’zolari bilan uchrashadi, muvaffaqiyatlar bilan qiziqadi, bir nechta raqamlarni, ismi sharifini yozib olib, bir oz adabiy pardoz berib materialni redaksiyaga yuboradi.Adabiyot (arab. - adab so‘zining ko‘pligi) - 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy A., qishloq xo‘jaligi A.i, siyosiy A. va boshqalar). 2. San’atning bir turi (badiiy A. deb ham ataladi) Natijada u yoki bu ishlab chiqarish haqida “navbatdagi” lavhalar chiqib ketaveradi. Shunga o‘xshash taxlilsiz, quruq va sayoz materiallar OAVda tez-tez uchrab turadi.
Ko‘plab mavzular deyarli har kuni gazetalar sahifasida xabar yoki lavha sifatida o‘z aksini topib kelmoqda. Bir mavzuga bag‘ishlangan xabarlar ko‘pincha egizaklardek bir-biriga juda o‘xshash bo‘lib qolmoqda. Bunga keltirilayotgan faktlarning o‘ziga xosligini ajratolmaslik sabab bo‘lmoqda.
Faktlarning o‘ziga xosligi quyidagilarda bilinishi mumkin:
1.Harakatdagi yoki hikoya qilinayotgan shaxslarning kasbiy, ma’naviy va yoshiga oid fazilatlarning keltirilishi.
2.Voqealarning xarakterli xususiyati, uning oqimi.
3.Harakat sodir bo‘layotgan joy ( uning noodatiyligi, kutilmaganligi, murakkabligi va x.k.)
4.Faktning yuzaga kelishi, paydo bo‘lishi bilan bog‘liq hodisa sabablarini ko‘rsatish.
5.Natijalar (ayni natija – miqdor yoki sifat o‘zgarishlar, yangi uslublardan foydalanish va x.k.) haqida.
6.Hodisalarning ba’zi unsurlari o‘rtasidagi aloqalar – ularning bevosita yoki bilvosita shartlilik xususiyatlari.
Publitsistik ongni shakllantiruvchi har bir hodisa yoki faktda yuqorida sanab o‘tilgan unsurlardan bir nechtasi yoki bittasi albatta ishtirok etadi. Ularni aniqlash esa umumiy yoki alohida hodisalarning moxiyatini yanada oydinlashtirish imkonini yaratadi.
Publitsistik fikr doimo ikki tomonlama bo‘ladi. Ba’zi holatlarda jurnalist faktlardan kelib chiqib tahlil orqali ma’lum xulosalarga keladi. Boshqa paytlarda esa “xayot parchasi”ni o‘rganib chiqib ma’lum g‘oyalarini amalga oshiradi. Ammo bunday paytlarda ham jurnalist faktlardan kelib chiqib xulosalar chiqaradi.
Faktlar tahlil manbai bo‘lganda yoki ular asosida u yoki bu darajadagi xulosalarga kelinganda jurnalistning vazifasi yanada murakkablashadi. Fakt boshqa faktlar bilan solishtirilganda uning o‘ziga xos muhim jihatlari kelib chiqaveradi. Fakt o‘z tabiatiga ko‘ra ko‘p qirralidir. Uning boshqa faktlarga nisbatan munosabatida kutilmagan uning yangi qirralari ochilishi mumkin.
Adabiyotlar ro‘yxati:
|