Adabiy ta’lim asoslari. Maqsad va vazifalarning qo‘yilishi




Download 53,01 Kb.
bet7/12
Sana17.05.2024
Hajmi53,01 Kb.
#240518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh

Adabiy ta’lim asoslari. Maqsad va vazifalarning qo‘yilishi. Adabiy ta’lim asosini adabiyot o‘qitishning maqsad va vazifalari hamda uning mazmuni tushunchalari tashkil etadi. Har qanday pedagogik faoliyatga kirishishdan oldin kimni? nima uchun? nimani? degan savollarga javob berish zarur. Kimni? savoli pedagogik faoliyatning maqsadini, nima uchun? savoli vazifasini, nimani? savoli o‘qitishning mazmunini belgilab beradi.
Komil shaxsni shakllantirish adabiyot o‘qitishning bosh maqsadi. Bu umumiy tushuncha bo‘lib, istiqbolni belgilaydi (ya’ni kimni? o‘qitiladi).
Oddiy o‘quvchidan kitobxon o‘quvchini tayyorlash, bolalarni badiiy so‘zdan ta’sirlanadigan, uning josibasini his etadigan, haqiqiy badiiy asarni taniydigan, o‘qigan badiiy asarini tahlil eta biladigan va undan o‘ziga xulosa chiqarishga qobil, o‘z qarashlarini og‘zaki va yozma ravon ifoda eta oladigan, badiiy asar o‘qishni o‘zining birinchi hayotiy ehtiyojiga aylantirgan o‘quvchi shaxsini shakllantirish bosh vazifa sifatida turadi. Bu tushuncha xususiy bo‘lib, joriy faoliyatni belgilaydi (ya’ni nima uchun? o‘qitiladi).
Nimani? o‘qitilishi lozimligi to‘g‘risidagi ta’lim mazmuni o‘quvchilarga beriladigan bilim va singdiriladigan amaliy ko‘nikmalar direktiv hujjatlar (Lotincha so‘z bo‘lib, yuqori rahbar organlar tomondan berilgan va bajarilishi majburiy sanalgan rasmiy yo‘l-yo‘riq, dastur, ko‘rsatma), darslik hamda qo‘llanmalarda aks ettiriladi. Ta’lim mazmuni konsepsiya, o‘quv dasturi, standart, darslik va qo‘llanmalarda aks etadi.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» pedagogik fanlar tizimiga mansub o‘laroq, ilmning alohida turi bo‘lish uchun qo‘yiladigan uch talabning barchasiga19 javob bera oladi. Birinchidan, adabiyot
o‘qitish metodikasi o‘rganadigan soha ilmdagi boshqa biror o‘quv fani tomonidan o‘rganilmaydi. Ikkinchidan, mazkur fan ishlaydigan soha, ya’ni adabiyot darslarida badiiy asarlar o‘qitilishining optimal va samarali yo‘llarini tadqiq etish, adabiy ta’limning nazariy asoslarini ishlab chiqish ulkan ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. Uchinchidan, adabiyot o‘qitish metodikasi fani o‘ziga xos ilmiy-tadqiqot usullariga ega.
Adabiyot o‘qitish metodikasi badiiy adabiyot o‘qitilish jarayoniga bog‘liq qonuniyatlarni o‘rganadi. Unda adabiyotshunoslik bilan pedagogikaning ayrim xususiyatlari uyg‘unlashadi. Ya’ni adabiyotshunoslik alohida fan sifatida adabiyot tarixi, nazariyasi va adabiy jarayon muammolari bilan shug‘ullansa, pedagogika bola tarbiyasi qonuniyatlari bilan mashg‘ulligi ma’lum. Ammo bu ikkala fan ham uzluksiz ta’lim jarayonida adabiyotdan nimani va qanday o‘qitilishi kerakligi masalasini hal qilib bera olmaydi. Shu ma’noda adabiyot o‘qitish metodikasi alohida fan sifatida filologik ta’lim uchun zarur hisoblanib, uning o‘z obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, mazmuni va metodlari mavjud. Bizgacha yaratilgan soha darsliklariga20 tayangan holda «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining obyektini uzluksiz ta’lim tizimidagi adabiyot darslari, deya ko‘rsatish mumkin. Mazkur fanning predmeti esa uzluksiz ta’lim tizimida badiiy adabiyotning o‘qitilishiga doir didaktik ashyolar va qonuniyatlar hamda badiiy asarni o‘rganishda o‘qituvchi-o‘quvchi munosabatlaridagi hamkorlik jarayonidir.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining maqsadi bo‘lajak o‘qituvchining kasbiy kompetentliligini shakllantirish, ularga yoshlar ma’naviyatini qaror toptirishda badiiy asarning ta’sir

Download 53,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 53,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiy ta’lim asoslari. Maqsad va vazifalarning qo‘yilishi

Download 53,01 Kb.