Badiiy adabiyotning vazifalari




Download 53,01 Kb.
bet3/12
Sana17.05.2024
Hajmi53,01 Kb.
#240518
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh

Badiiy adabiyotning vazifalari. Badiiy asarni tahlil qilishda tekshirilayotgan matnning vazifalarini to‘g‘ri belgilab olish muhim ahamiyat kasb etadi. Negaki, har qanday narsa-hodisaning qimmati uning o‘z vazifasini qanchalik bajargani bilan o‘lchanadi. Garchi, adabiyotning mohiyati, maqsad va vazifalari to‘g‘risida fikr kishilari tomonidan juda qadim zamonlardan buyon turli qarashlar ilgari surilgan bo‘lsa-da, dunyo miqyosida adabiyotning vazifalari tasnifi bilan faqat keyingi davrlardagina ilmiy asosda shug‘ullanila boshlandi. Chunki insoniyat taraqqiyotining so‘nggi asrlariga qadar badiiy asarning o‘zi o‘z holicha mustaqil qadriyat sanalib kelinardi. Keyingi bir yarim-ikki asrda adabiyotning zimmasiga ijtimoiy yuk ham ortilishi kerakligi o‘rtaga chiqdi. Binobarin, badiiy adabiyotning funksiyalari haqida o‘ylab ko‘rish, ularni aniqlash va tasniflash zaruriyati paydo bo‘ldi.
O‘zbek adabiyottanuvchiligi tarixida esa badiiy adabiyotning vazifalari borasida hanuzgacha yetarli izchil ilmiy izlanishlar olib borilmagan deyish mumkin. Mashhur adabiyotshunos, akademik Izzat Sultonning 1986-yilda chop etilgan “Adabiyot nazariyasi” darsligining “Adabiyot vazifalarining spetsifikasi” bo‘limida badiiy adabiyot “insonshunoslik” va “ommaviylik” singari funksiyalarga egaligi to‘g‘risida so‘z boradi11.
Adabiyotning funksiyasi borasida rus adabiyotshunosi A. Lilov XX asrning 80- yillarida “Adabiyot va san’atning kommunikativ funksiyasi” maqolasida ilk bor batafsil va atroflicha fikr yuritib, ilmiy tasnif berishga urinadi. Olimning fikricha, badiiy adabiyot 1) ma’rifiy; 2) kommunikativ; 3) aksiologik; 4) gedonistik; va 5) tarbiyaviy kabi funksiyalarga12 ega. Garchi, yuqoridagi maqolada adabiyotning funksiyasiga ijtimoiy-mafkuraviy yondashuv yo‘sini yetakchilik qilsada, masalaning qo‘yilishi va bu boradagi tushunchalarning ilk bor ilmiy yo‘sinda nomlanib, muayyan tamoyillar asosida tasnif etilishining o‘zi katta ahamiyat kasb etardi.
Zamonaviy rus adabiyotshunosi A. Yesin ham adabiyotning vazifalari besh ko‘rinishda ekanini qayd etadi. Lekin u salafi A. Lilovdan farq qilaroq, badiiy adabiyotning vazifalarini 1) bilish yoki gnoseologik; 2) baholash yoki aksiologik; 3) tarbiyaviy; 4) estetik; 5) o‘zini ifodalash vositasi singari turlarga ajratish13 lozimligini ta’kidlaydi.
Mavjud tasniflarda badiiy adabiyot vazifalari borasidagi qarashlarda o‘rtoq jihatlardan ko‘ra ayirmalar ko‘proq ekani ko‘zga tashlanadi. Qozoqboy Yo‘ldosh va Muhayyo Yo‘ldoshlarning fikricha, adabiyotning funksiyalarini tayin etish va tasnif qilishda badiiy adabiyotning vazifasiga kirishi mumkin bo‘lgan deyarli barcha qirralarni hisobga olgan holda ish ko‘rish xolis ilmiy to‘xtamga kelish imkonini beradi. Buning uchun turlicha fikrlarni inkor etish o‘rniga ulardagi yetakchi sog‘lom jihatlarni imkon qadar birlashtirish yo‘lidan borish maqsadga muvofiqdir. Shunday qilinganda, hodisaning ko‘proq belgilarini hisobga olish imkoni yuzaga keladi. Masalaga shu yo‘sinda yondashgan holda biz adabiyotning a) muloqot-kommunikativ; b) baholash-aksiologik; v) tarbiyaviy-axloqiy; g) zavqlantirish-hedonistik; d) bilish-gnoseologik singari vazifalari borligini qayd etish mumkin deb hisoblaymiz14.

Download 53,01 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 53,01 Kb.