kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatish




Download 53,01 Kb.
bet8/12
Sana17.05.2024
Hajmi53,01 Kb.
#240518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh

kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatishdan iborat.
Adabiyot o‘qitish metodikasi fani adabiyot darslarining ta’lim muassasalarida o‘rganiladigan boshqa o‘quv fanlaridan farqini ko‘rsatish; adabiy ta’limdagi an’anaviy va novatorlik yondashuvga xos jihatlarni o‘rganish; pedagoglarda adabiy ta’lim uchun optimal variantlarni belgilashda zarur bo‘ladigan ko‘nikmalarni shakllantirish; adabiyot darslarida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati hamda
ularning o‘zaro munosabatidagi o‘ziga xosliklar bilan tanishtirish singari vazifalarni o‘z ichiga oladi. Shundan kelib chiqiladigan bo‘lsa, «Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining vazifalari o‘qitish jarayonida ta’limning samarali metod va usullaridan foydalanish yo‘llarini o‘rgatish, badiiy asar tahlilida o‘quvchi ma’naviyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan jihatlarni ochish hamda undan maqsadga muvofiq tarzda foydalana bilishga yo‘naltirishdan iborat.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining mazmuni ta’lim metodlari, usullari, shakllari va ularning o‘ziga xos xususiyatlari, badiiy asar bilan bog‘liq nazariy va didaktik tushunchalar, adabiy matn bilan ishlash jarayonida o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyatini tashkil etish yo‘llarini o‘z ichiga oladi.
«Adabiyot o‘qitish metodikasi» fanining ilmiy-tadqiqot metodlari qatoriga fanga doir ma’lumot yig‘ishning aniq maqsadga yo‘naltirilganligi; ilg‘or tajribalarni o‘rganish, tahlil qilish va
ommalashtirish, ta’lim hujjatlarini tahlil qilish, o‘qituvchi hamda o‘quvchilar bilan individual suhbatlar tashkil etish kabilarni o‘z ichiga oladigan kuzatish; sinalmagan pedagogik hodisalarni
har xil sharoitlarda o‘rganish maqsadida qo‘yilgan ilmiy tajriba ko‘rinishidagi eksperiment; ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan, aniq sharoit va tartibda o‘tkaziladigan, o‘quvchilarning ta’limiy
hamda rivojanish darajasini aniq o‘lchaydigan tekshiruv tizimi bo‘lmish test; ma’lumotlarni oldindan maxsus tayyorlangan savollar va anketalar ko‘magida yalpi tarzda yig‘ish shaklidagi
anketa so‘rovnomalari; ta’lim jarayonining son ko‘rsatkichlari aniqlanishiga yo‘naltirilgan statistik tahlil; metodik merosni tanqidiy o‘rganish; o‘quvchi ijodi namunalarini o‘rganish va
hk.larni kiritish mumkin.
Talabalar «Adabiyot o‘qitish metodikasi» kursini to‘la o‘zlashtirsalar, adabiy ta’limning metod va usullari haqida to‘liq bilimga ega bo‘lishlari, har qanday badiiy matnni ham ilmiy, ham didaktik, ham o‘quvchilarning yosh xususiyatlarini inobatga olgan holda tahlil eta olishlari, adabiyot darslarini samarali tashkil eta bilishlari, o‘quvchilar bilan professional muloqotga kirisha olishlari
mumkin bo‘ladi. Ya’ni talabalar:
ona tili va birorta chet tilda shaxslararo hamda madaniyatlararo masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma ravishda kommunikativ aloqaga kirisha olishlari;
jamoa bilan ishlashda ularga xos bo‘lgan ijtimoiy, etnik,
madaniy va diniy tafovutlarga bag‘rikenglik bilan yondasha olish
malakasini egallagan bo‘lishlari;
filologik yo‘nalishdagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirish jarayoniga oqilona rahbarlik qilish ko‘nikmasini egallashlari;
maktab yoki boshqa ta’lim muassasalarida adabiyotdan
sinfda va sinfdan tashqari ishlarni tashkil eta bilishlari;
mashg‘ulotlarni mavjud ilg‘or metodlar asosida tashkil qilish uchun zarur bo‘lgan o‘quv-metodik materiallarni tayyorlash
ko‘nikmasini egallagan bo‘lishlari;
o‘quvchilarga filologik ta’lim berish va tarbiyaviy ta’sir
ko‘rsatish malakasiga ega bo‘lishlari;
professional faoliyatlarida har bir o‘quvchi shaxsiga xos
bo‘lgan individual xususiyatlarni bilish va ta’lim amaliyotida
qo‘llay olish ko‘nikmalarini egallagan bo‘lishlari talab qilinadi.
Nazariy qaraashlarga xulosa yasab aytish mumkinki, mustaqillik davri adabiyot o‘qitish metodkiasi fani davr talablari asosida takomillashib, mazmunan boyib boraveradi.

Download 53,01 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 53,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



kuchidan oqilona va samarali foydalanish yo‘llarini o‘rgatish

Download 53,01 Kb.