Ijodkor tarjimai holini o‘rganish yo‘llari




Download 53,01 Kb.
bet10/12
Sana17.05.2024
Hajmi53,01 Kb.
#240518
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh

Ijodkor tarjimai holini o‘rganish yo‘llari. Ijodkor tarjimai holini o‘rganishga bag‘ishlangan saboqlarni tashkil etishning turli yo‘llari mavjud. Ijodkor umryo‘lini o‘rgatishda eng ko‘p qo‘llaniladigan usul bu o‘qituvchining ma’ruzasidir. Lekin ma’ruza qanchalik puxta tayyorgarlik bilan qilinmasin, uning asosan, monolog ekanini hisobga olish lozim. Imkon qadar o‘quvchilarning o‘zlarini ishlatishga ustuvorlik berilayotgan hozirgi sharoitda monologdan ko‘ra dialogga erishish maqsadga muvofiqroq bo‘ladi. Bunday darslarda faqat o‘qituvchi nutqi yangrasa, o‘quvchilarning yozuvchi bilan uchrashuvi sodir bo‘lmaydi. Ular ijodkor shaxsiyatin tuymaydilar, binobarin, uning asarlarini ham teran his qilolmaydilar.
O‘quvchilarni ijodkor hayoti va ijodi bilan tanishtirishda o‘qituvchi amalda keng qo‘llanib kelinayotgan “Blits-so‘rov”, “SWOT– tahlil”, “Munozara”, “FSMU”, “Intellektual duel”, “Fikrlar bahsi” kabi nterfaol metodlardan; “Fikriy hujum”, “Bumerang”, “Zinama-zina” kabi interfaol strategiyalardan; “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn diagrammasi”, “Insert”, “Klaster”kabi grafik tashkilotchilar (organayzerlar) – umumpedagogik interfaol ta’lim texnologiyalaridan o‘z o‘rnida mahorat bilan foydalanishi ijobiy samara beradi.
Bulardan foydalanishda o‘quvchilarning yosh xususiyatlari, tayyorlik darajalaridan kelib chiqib ish tutish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Umrbayonni o‘rganishga bag‘ishlangan mashg‘ulotlarda yozuvchilarning o‘z qo‘llari bilan yoxud ularning tillaridan yozib olingan umrbayonlar, audio va videoyozuvlar juda qo‘l keladi. Bular bo‘lmagani holda zamondoshlarning xoitralaridan foydalanish ham muayyan foyda keltirishi mumkin. Ijodkor umryo‘lini o‘rganishda sirtqi ekskursiya shaklidan foydalanish, ya’ni turli ilmiy-adabiy manbalar asosida muayyan yozuvchi bosib o‘tgan hayot yo‘liga xayolan safar qilish, uning shaxsiyatida ro‘y bergan o‘zgarishlarni belgilab borish va o‘rganilganlarni muayyan asar tahliliga qo‘llash katta didaktik samara keltirishi mumkin. Yozuvchi umryo‘lini o‘rganishga bag‘ishlangan darslarni interfaol usullarda uyushtirish ham mumkin. Bunda muayyan yozuvchi umr yo‘lining turli qirralarini sinfdagi kichik guruhlar soniga mos muammolarga aylantirgan holda ularni yechishni guruhchalar oldiga vazifa qilib berish ham muayyan samara keltirishi mumkin.

Download 53,01 Kb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Download 53,01 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ijodkor tarjimai holini o‘rganish yo‘llari

Download 53,01 Kb.