|
Anvar Obidjon she’rlarining didaktik tahlili
|
bet | 12/12 | Sana | 17.05.2024 | Hajmi | 53,01 Kb. | | #240518 |
Bog'liq Anvar Obidjon , sattorova madina 303-guruh3.Anvar Obidjon she’rlarining didaktik tahlili.
Anvar Obidjon o‘zbek adabiyotining yorqin vakillaridan hisoblanadi. U, asosan, lirik shoir bo‘lib, o‘zining nafis va betakror she’rlari bilan xalqimiz qalbidan joy olgandir. Uning she’rlari boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun ham tanish bo‘lib, bu she’rlar o‘zining betakrorligi va yosh o‘quvchilarga tushunarliligi bilan ajralib turadi. Ular qiziqarli bo‘lib, she’rni o‘qiguvchi ham estetik zavq va maroqli hordiq topa oladi. Anvar Obidjon hajviy she’rlar yozgan bo‘lib, ular kitobxonning biroz kulgusiga ham sabab bo‘ladi. Ikkinchi tomondan bu she’rlarning tag mazmuni o‘qituvchi yordamida biroz yoritilib o‘quvchilarga tanishtirilsa va bu birozgina turtki yordamida o‘quvchilar ham fikrlab, o’tkir hajv ostida yotgan , achchiq haqiqatlarni anglab yetishiga yordam berilsa , o‘quvchilarning dunyoqarashi kengayishi va olamga boshqa nigoh bilan qarashlari mumkin. Va bu albatta ularning kelajakda shaxs sifatida yangi hayotga qadam qo‘yishlarida mustahkam poydevor bo‘la olishi mumkin.
Anvar Obidjon hayoti , ijod yo‘li, turli davralardagi kasbiy faoliyati va biz uchun qoldirgan katta adabiy merosi haqida umumiy ma’lumot 5-sinf adabiyotida uchraydi. Anvar Obidjon hayot yo‘li va she’riyati bilan tanishish nafaqat, o‘quvchilar uchun, balki o‘qituvchi uchun ham maroqli jarayon bo‘la oladi.Bunda o‘qituvchi o‘quvchilarga shoir hayoti bilan tanishtirar ekan, biz yuqorida ta’kidlab o‘tgan qoidalarga amal qilishi va jarayonga sinchkovlik bilan yondashish , e’tiborlilik o‘qituvchidan talab qilinadi. Adabiyot o‘qitish metodikasining muhim qoidalaridan biri, yozuvchi yoki shoirning hayot yo‘liga yopishib olmaslik va ,asosan, badiiy asar bilan bog‘liq jihatlarni o‘rganishdir. Agar biz bu adabiy jarayonga umumiyroq toְ‘xtaladigan bo‘lsak, adabiyotning bosh maqsadi ham, komil insonni shakllantirishdan iboratdir. Tahlil jarayonida avval adabiy asardan estetik zavq olinish uchun o‘qiladi. Adabiy asardan olingan xulosalar aytiladi. Keyingi o‘rganish bosqichida esa, yozuvchining hayot yo‘li va o‘sha davrdagi siyosiy vaziyat badiiy asarning asl ma’nosini yaxshiroq anglashimizga ko‘mak beradi. Nazardan qochirmasligimiz kerak bo‘lgan yana bir narsa borki, badiiy asar butkul yozuvchining hayoti va siyosiy jarayonlarga bog‘liq bo‘lmasligi ham mumkin. Va bu adabiy jarayon, ta’limiy jarayon bilan uzluksiz bog‘liq ravishda olib boriladi.
Anvar Obidjonning hayot yo‘lini o‘quvchilarga qanday o‘rgatish masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu holatda o‘quvchilarning yosh xususiyati va psixalogik holatini hisobga olgan holda o‘qituvchi tanishtiruv jarayonida faktalogik va ilmiy ma’lumotlardan qochishi kerak. Ma’lumotlar ko‘p bo‘lmasligi va o‘qituvchi tomonidan shoirning hayoti hikoya shaklida o‘quvchilarga yetkazib berilishi kerak. Hikoyaga estetik yondashib, shoirning ma’naviy-axloqiy xislatlariga to‘xtalish darkor bo‘ladi. Chunki bu yoshdagi o‘quvchilar yaxshi xislatli insonlarga o‘xshashga harakat qilishadi. ְ
1. estetik yondashish,
2.ko’p ma’lumot bermaslik, ko’p vaqt ajratmaslik
3-.jazolamaslik
,
|
| |