Международный
научный
журнал
№
6
(100),
часть
1
«
Научный
импульс
»
Январь
, 2023
96
BO'LAJAK INFORMATIKA VA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI O‟QITUVCHILARI KASBIY
KOMPETENTLIGINI SHAKLLANTIRISH VOSITALARI VA METODLARI
Karimova Maftuna Shukur qizi
Fargʻona viloyati Oltiariq tuman 2-son kasb hunar maktabi
Informatika fani oʻqituvchisi.
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kasbiy kompetentlik, zamonaviy mutaxassislarga
qo'yiladigan malaka talablari, informatika va axborot texnologiyalari o'qituvchilari
tayyorlash jarayonida ularning kasbiy kompetentligini shakllantirishga qaratilgan metodlar
va vositalardan samarali foydalanish jarayoni tahlil qilingan.
Kalit so'zlar:
Kompetensiya, kasbiy kompetentlik, zamonaviy mutaxassis, Insert
metodi, an'anaviy dars, professional tayyorgarlik, professional faoliyat.
KIRISH
Bugun ta'lim har tomonlama takomillashib zamon talablari asosida tashkil etilishi va
yuqori samara berishi kabi masalalarni qo'ymoqda. Ta'limning sifati va samarasi faqatgina
tayyorlangan kadrlarga ko'ra belgilanadi. Shu asosida kardlarni tayyorlashga zamonaviy
talablar asosida yondashish maqsadga muvofiqdir. Kompetentli
yondashuv tushunchasi,
o'rganilishi, o'rni va ahamiyati. Kompetensiya iborasi zamonaviy adabiyotda keng
qo'llaniladigan termin bo'lib, ta'lim, xodimlarni tanlash,
mehnat natijasini baholash,
ta'limning muvaffaqiyatligi, professional yo'naltirilganlik va shu kabi masalalarni qamrab
oladi. Bugungi kunda ma'no nuqtai nazaridan oxirgacha
aniqlashtirilmagan deb
hisoblanadi. 1970-yillarda ko'pgina G'arb Yevropa davlatlarida paydo bo'lib, bunda
kompetentlik professional tayyorgarlikning yangi yo'nalishini ko'rsatadigan bo'ldi.
«Kompetentlik» termini ta'lim faqatgina individual, texnik
yoki tajribaviy bilim va
qobiliyatni egallash masalalari bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki individ shaxsni keyinchalik
rivojlantirishga baza bo'lib, xizmat qila oladigan qobiliyat va ko'nikmalari majmuasini ifoda
qiladi. Ammo bu g'oya barcha Yevropa davlatlarida turlicha o'z ifodasini topdi. Masalan,
Germaniyada 1980-yillardan boshlab, «professional faoliyatda kompetentlik» iborasi
boshlangich professional tayyorgarlik mobaynida erishilishi shart bo'lgan maqsadni
ifodalagan. Bu o'qitish kursi o'zaro bog'liqlik, texnik kompleks va umumiy bilim yig'indisidan
iborat bo'lib, bu bitiruvchiga turli ish joylarida ishni davom ettirish imkonini berar edi. Bu
umumiy malaka o'zgarishsiz qolishi mumkin emas, u rivojlanib borishi kerak, chunki individ
va jamiyat manfaatlaridan kelib chiqqan xolda mehnat dunyosining
talablari va shartlari
ham o'zgarib turadi.[1]