|
Mavzu: Klaviatura bilan tanishuv I. Darsning maqsadi
|
bet | 1/3 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #108576 |
Bog'liq 6-dars. Klaviatura bilan tanishuv.печат
Mavzu: Klaviatura bilan tanishuv
I. Darsning maqsadi:
a) Ta’limiy maqsad - Klaviatura haqida ma’lumot berish.
b) Tarbiyaviy maqsad – Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash
v) Rivojlantiruvchi maqsad – Kompyuter savodxonligini o’stirish
II. Darsning jihozi: Darslik, kompyuter, kalkulyator
III. Darsning usuli: Ma’ruza
IV. Darsning borishi:
1) Tashkiliy qism
a) Salomlashish
b) Davomatni aniqlash
v) Darsga tayyorgarlikni aniqlash
2) Asosiy qism:
Klaviatura bilan tanishuv
Klaviaturaning har bir klavishi ustida bir nechta belgi (harf, son, so'zlar) yozilgan. Agar biror klavish bosilsa yoki klavishlar birgalikda bosilsa nima hodisa ro'y beradi degan savolga javob beramiz.
Klaviatura qanday tashkil etilgan?
Klaviatura, odatda, quyidagicha tashkil etilgan bo'ladi:
6. Yonib yoki o'chib turgan indikatorlar.
Klaviaturadagi harflarni kiritish holatlari qanday o'zgartiriladi?
Lotin yoki kirill harflarini kiritish holatiga o'tish, odatda, ikki xil usulda amalga oshiriladi.
1- usul. Sichqoncha yordamida. Masalalar panelidagi piktogrammani piktogrammaga va aksincha o'tkaziladi. Buning uchun sichqoncha strelkasini shu piktogrammaga yo'naltirib chap tugmasi bosiladi. Hosil bo'lgan (o'ngdagi) tanlov lavhasidan kerakli piktogramma tanlanadi. 2- usul. Klavishlar yordamida. Buning uchun maxsus klavishlardan Alt (ba'zi hollarda Ctrl) bilan Shift birgalikda bosiladi.
Klaviatura yordamida harf, raqam yoki belgi qanday yoziladi?
Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Kichik lotin harflari yoki raqamlar shu harf yoki raqam yozilgan klavishlarni bir marta bosish orqali kiritiladi.
Masalan, «2006 yil» so'zini yozish kerak bo'lsa, bu so'zdagi har bir raqam va harfga mos (yuqoridagi rasmga qarang) klavishlar birma-bir bosib chiqiladi.
Bir harf sig'adigan bo'sh joy (probel) qoldirish uchun esa «probeh klavishi bir marta bosiladi.
Bosh (katta) lotin harflari yoki raqamlarning yuqorisidagi (umu-man, klavishlarni yuqori qismida joylashgan) belgilarni yozish uchun «Shift» klavishini bosib turilgan holda harf yoki belgilarga mos klavishlar birma-bir bosib chiqiladi. Bunday yozish usuli klavishlarni birgalikda bosish deyiladi.
Masalan: «2006 yil» ga mos klavishlarni Shift bilan birga bosilsa «@))A YIL» yoziladi.
Endi Windows ish stolining masalalar panelida piktogrammasi turgan bo'lsin. Bu holda kichik kirill harfi va ba'zi mahsus belgilarni yozish mumkin bo'ladi. Odatda, klavish ustidagi kirill harfi lotin harfiga nisbatan boshqa (ko'pincha qizil) rangda yozilgan bo'ladi.
Masalan:
|
| |