|
Klaviaturadagi maxsus klavishlar nimaga kerak?
|
bet | 2/3 | Sana | 30.11.2023 | Hajmi | 0,7 Mb. | | #108576 |
Bog'liq 6-dars. Klaviatura bilan tanishuv.печатKlaviaturadagi maxsus klavishlar nimaga kerak?
Maxsus klavishlardan Shift klavishining vazifasini bilib oldingiz, ya'ni klavishlarni birgalikda bosish orqali bosh harflarni yozish mumkinligini ko'rdik. Ikkinchi usulda Caps Lock klavishi bosiladi. Natijada Caps indikatori yonadi hamda klavishlar orqali faqat bosh harflarni yozish mumkin bo'ladi.
Bu holda Shift klavishini bosib turib harflar yozilsa, kichik harflar yoziladi. Faqat kichik harflarni yozish uchun yana Caps Lock klavishi bosiladi.
Boshqa maxsus klavishlarning vazifasini quyidagi jadvaldan bilib olasiz.
Kursorni qanday boshqarish mumkin?
Awalgi darslarda klaviaturadagi harf, raqam va belgilar yordamida matnlar (hikoyalar, referatlar, maqolalar va kitoblar) yozish mumkinligi aytib o'tilgan edi. Ma'lumki, matnlar satrlardan tashkil topgan bir necha sahifadan iborat bo'ladi. Kursorni satrlar yoki sahifalar ichida boshqarish uchun klaviaturada alohida klavishlar joylashtirilgan. Ularning vazifalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Home
|
Kursorni satr boshiga o'tkazadi
|
Kursorni bir belgi oldinga o'tkazadi
|
End
|
Kursorni satr oxiriga o'tkazadi
|
Kursorni yuqoridagi satrga o'tkazadi
|
PgUp
|
Kursorni awalgi sahifaga o'tkazadi
|
Kursorni bir belgi keyinga o'tkazadi
|
PgDn
|
Kursorni keyingi sahifaga o'tkazadi
|
Kursorni quyidagi satrga o'tkazadi
|
|
| |