• II.BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA KOʻRGAZMALILIKDAN FOYDALANISH METODIKASI............................................................................
  • XULOSA......................................................................................... FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI..............................................
  • Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari




    Download 55,92 Kb.
    bet1/9
    Sana03.06.2024
    Hajmi55,92 Kb.
    #259728
      1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1)



    MUNDARIJA:

    KIRISH…………………………………………………………………………….3
    I.BOB. BOSHLANG’ICH SINFLARDA MATEMATIKADAN KOʻRGAZMALI QUROLLARDAN FOYDALANISHNI NAZARIY ASOSLARI………………………………………….
    1.1.Boshlangʻich sinflarda koʻrgazmali qurollardan foydalanishning ahamiyati......
    1.2. Koʻrsatmali qoʻllanmalar turi.............................................................
    II.BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA KOʻRGAZMALILIKDAN FOYDALANISH METODIKASI............................................................................
    2.1. Matematikadan koʻrsatma qoʻllanmalar.............................................................
    2.2. Matematika darslarida oʻqitushning texnik vositalar.....................................
    XULOSA.........................................................................................
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROYXATI..............................................

    KIRISH
    Mavzuning dolzarbligi:
    O’zbekiston Respublikasida shakllangan uzluksiz ta’lim tizimi barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlash jarayonining samarali tashkil etilishini ta’minlashga xizmat qiladi. Uzluksiz ta’lim tizimi doirasida faoliyat olib boruvchi ta’lim muassasalari ilg’or, demokratik hamda insonparvar g’oyalarga tayangan, hamda yangicha mazmunga ega bulgan ta’lim jarayonini tashkil etishda muhim o’rin tutadi. Uzluksiz ta’lim tizimini shakllantirish, shuningdek, tag’lim mazmunini yangilash ta’lim sohasida olib borilayotgan islohotlarning bosh g’oyasi sanaladi.«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta’kidlanganidek, ta’limning yangi tizimi va mazmunini shakllantirish uchun «ilg’or texnologiyalarni hamda o’quv-tarbiyaviy jarayonning didaktik ta’minotini yaratish» talab etiladi. Bu muhim vazifaning ijobiy hal etilishi ta’lim jarayonini tashkil etishga nisbatan yangicha yondashuvni taqozo qiladi. O’zbekiston Respublikasining mustaqilligi sharoitida uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi omillarni izlab topish, bu borada eng maqbul omil deb topilgan yangi pedagogik texnologiyalarni umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy o’quv yurti faoliyatlariga tatbiq etish borasida amaliy harakatlarni olib borish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda. Ushbu nazariy xulosaning amaliy tadbiqi sifatida bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirilmoqda. Ta’lim jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni tatbiq etish borasida umumiy o’rta ta’lim tizimida ham izlanisharning tashkil etilayotganligi alohida e’tiborga molikdir. Zero, oliy ta’lim tizimi ijtimoiy zaruriyat sifatida namoyon bo’layotgan malakali mutaxassisni tarbiyalash jarayonida o’ziga xos o’rin tutadi. Umumiy o’rta ta’lim kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va oliy o’quv yurtlarida turli o’nalishlarda malakali kadrlarni tayyorlash davrning o’ta muhim talabi bo’lib, bu borada barcha imkoniyatlarni ishga solish alohida dolzarblik kasb etadi.
    Oliy ta’lim mazmunini yangilash jarayonida bo’lajak mutaxassislarning umumiy mehnat va kasbiy ko’nikma hamda malakalarga ega bo’lishlarini ta’minlash masalasining samarali hal etilishiga alohida ahamiyat qaratilishi zarur.
    Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida o’qituvchilarning mehnat bozoriga moslashuvini ta’minlash alohida ahamiyat kasb etmoqda. Shu o’rinda alohida ta’kidlash joizki, oliy ta’lim muassasalarida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlash jarayoni talabalarda zaruriy ishlab chiqarish iqtisodiy mazmunga ega faoliyat, ko’nikma va malakalari sifatini shakllantirishga e’tiborni qaratish talab etiladi. Biroq, ta’lim jarayonlarini takomillashtirishga qo’yilayotgan yangi, yanada yuqoriroq talablar, shuningdek, talabalarning kasbiy ko’nikma va malakalarini, yangi pedagogik texnologiyalarni rivojlantirish bilan yangicha fikrlovchi mutaxassisni shakllantirish imkonini beruvchi sharoitlarning ishlab chiqilmaganligi o’rtasida ob’ektiv qarama-qarshilik mavjud.
    Har tomonlama barkamol insonni shakllantirish bugungi jamiyatimiz oldida turgan dolzarb masalalardan biri bo’lib qolmoqda. Hozirgi maktab o’rindiqlarida o’tirgan yosh avlod ertaga bizning qo’limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettirib, o’zidan keyingi avlodga yetkazuvchi vorislarimiz, O’zbekiston buyuk kelajagining egalaridir! Shu sababli Prezidentimiz Islom Karimov butun mamlakatimiz diqqat e’tiborini barkamol avlod tarbiyasiga qaratmoqda.
    Shuningdek, o’quv jarayoniga yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni keng joriy etish, bolalarimizni komil inson etib tarbiyalashda jonbozlik ko’rsatadigan o’qituvchi larga e’tiborimizni yanada oshirish, qisqacha aytganda, ta’lim – tarbiya tizimini sifat jihatidan butunlay yangi bosqichga ko’tarish diqqatimiz markazida bo’lishi darkor. ” - dedilar.Shu sababli zamon talablariga to’liq javob bera oladigan pedagogik texnologiyalarini boshlang’ich sinf matematika darslarida ham joriy qilish ishlari hozirgi davr talabidir.
    “Yangi tamoyillar asosida rivojlanayotgan ta’lim tizimi yosh avlodni barkamol, ma’naviy yetuk inson sifatida shakllantirishda qarata olgandir”- deyiladi kadrlar tayyorlash milliy dasturida. Hozirgi kunda ta’lim tizimida jumladan boshlang’ich sinf matematika darslarida pedagogik texnologiyalarni qo’llashning nazariy hamda amaliy asoslarni yaratish zarurdir.
    Hozirda o’qituvchilarning yuqori kasbiy tayyorgarlikka, pedagogik mahoratga, yuksak ma’naviy – axloqiy fazilatlarga, mafkura borasida chuqur bilimlarga ega bo’lishi, ta’lim – tarbiya ishlarida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullardan samarali foydalanishi davr talabi hisoblanadi.
    Yosh avlodning har tomonlama yetuk, bilimli, yuksak ma’naviyatli, barkamol, vatanparvar shaxslar bo’lib yetishishini ta’minlash yo’lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining eng asosiy bo’g’ini sifatida pedagogik xodimlarning yuqori ilmiy, metodik bilimlarga hamda amaliy ishlash bo’yicha yuksak mahoratga ega bo’lishlarini ta’minlash yuzasidan zarur chora –tadbirlarni amalga oshirish hisoblanadi.
    Hozirda har bir maktabda ta’lim – tarbiya saramadorligini oshirish jiddiy vazifa bo’lib turibdi. Buning uchun har bir o’qituvchi o’z fanini o’qitishning eng samarali zamonaviy pedagogik texnologiyalarini puxta bilishi va bu sohadagi yangiliklarni uzluksiz o’rganib borishi orqali o’z kasbiy mahoratini muntazam oshirib borishi talab qilinadi.
    Ta’lim – tarbiya jarayoni sifati va samaradorligini oshirish kelgusi taraqqiyotimizning asosi ekanligi ma’lum. Bu haqda Prezidenttimizning quyidagi so’zlari ibratlidir:
    “Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo’lishi farzandlarimizning bugun qanday ta’lim va tarbiya olishiga bog’liq.
    Buning uchun har qaysi ota –ona, ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko’rishi zarur. Ana shu oddiy talabdan kelib chiqqan holda, farzandlarimizni mustaqil va keng fikrlash qobiliyatiga ega bo’lgan, ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish – ta’lim-tarbiya sohasining asosiy maqsadi va vazifasi bo’lishi lozim, deb qabul qilishimiz kerak. Bu esa ta’lim va tarbiya ishini uyg’un holda olib borishni talab etadi”
    Ta’lim jarayoniga pedagogik texnologiyalarni olib kirish “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ning ikkinchi bosqich vazifalaridan biridir. Ta’lim - kelajakdagi muvaffaqiyatlar kaliti ekan, uning mahsuli sifatida bugungi o’quvchi kelajakda huquqiy-demokratik jamiyat a’zosi sifatida bu jamiyat hayotida to’laqonli ishtirok eta olishi, zamonning bozor iqtisodiyoti qo’yayotgan talablariga to’la javob bera olishi kerak. Axborot oqimi keskin ortgan,turli yangiliklar hayotimizga shitob bilan kirib kelayotgan davrda mustaqil tanqidiy fikrlash ko’nikmalariga ega bo’lgan,yangilikni o’rganishga doim tayyor bo’lgan, hamkorlikdan cho’chimaydigan , muloqotga erkin kirisha oladigan shaxsni tarbiyalash ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy maqsadi bo’lishi kerak va bu borada ta’limda yangi texnologiyalarning qo’llanishiga yo’l ochilishi maqsadga erishish yo’lidagi to’g’ri qadamdir. Hozirgi kunda yangi texnologiya elementi bo’lgan interfaol usullardan keng foydalanilmoqda.
    Umumiy o’rta-ta’lim jarayonining sifati va samaradorligini oshirish uchun, jumladan uzluksiz matematik ta’lim tizimi jarayonida ilg’or pedagogik tajribani o’rganish va yoyish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning nazariy hamda amaliy asoslarini yaratish zarurdir.
    Ta’lim sohasidagi tub islohatlarning ilmiy-nazariy asoslari boʻlgan «Ta’lim toʻgʻrisida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida yaratilgan ta’limning milliy modemini amaliyotga tadbiq etish ishlari bugungi kunda qizgʻin pallaga kirdi. Bu islohatlarning asosiy maqsadi barkamol shaxsni kamol toptirish, shaxs manfaatlarini roʻyobga chiqarishning shart-sharoiti va ta’sirchan mexanizimini yaratish, eskirgan tafakkur va xulq- atvor andozolarini oʻzgartirish sanaladi.
    Mustaqil Oʻzbekistoning xalq parvar siyosati natijasida ijtimoiy-iqtisodiy, gʻoyaviy-siyosiy, etnik-madaniy hayotida kun sayin jiddiy oʻzgarishlar boʻlmoqda. Jamiyatimiz moddiy va ma’naviy rivojining yangi omillari xalqning milliy oʻz-oʻzini anglashda samarali ta’sir koʻrsatayapti. Mamlakatlarimiz hayotining barcha tomonlarini demokratlashtirish va insonparvarlashtirish xalqimiz madaniy kuch-qudratini ma’naviy jihatdan tiklash, gʻoyaviy jihatdan yangilash va oʻz-oʻzini anglashdan iborat muhim vazifalarni qoʻymoqda.

    • Maktabgacha tarbiya;

    • Umumiy oʻrta ta’lim;

    • Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi;

    • Oily ta’lim;

    • Oily oʻquv yurtidan keying ta’lim;

    • Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash;

    • Maktabdan tashqari ta’lim.

    Umumiy oʻrta ta’limda boshlangʻich ta’limning ahamiyati muhimdir. Boshlangʻich ta’lim Davlat ta’limi standartlarining “Kirish” qismida “Boshlangʻich ta’lim jurnali”ni bola mantiqiy tafakkur qila olishi salohiyati, aqliy rivojlanishi, dunyoqarashi, kommunikativ savodxonligi va oʻz-oʻzini anglash salohiyatinishakllantirishga, jismonan sogʻlom boʻlishga, moddiy borliq goʻzalliklarini his eta olishga, goʻzallik va nafosatdan zavqlana olish, milliy urf-odatlarni oʻzida singdirish va ardoqlash, ularga rioya qilishga oʻrgatadi; -deb alohida ta’kidlangan.1
    Davlat ta’lim standartida ta’kidlanganidek, “Boshlangʻich ta’lim bosqichida davlat va jamiyat tomonidan qoʻyiladigan talab”da ta’lim sohalari boʻyicha oʻzaro muvofiqlik, mutanosiblik, uygʻunlik toʻla ta’minlangan boʻlmogʻI kerak,. Shu jihatdan boshlangʻich ta’lim standartini belgilash ta’lim jarayonining tarkibini va huddi shu tarkib komponentlarining mazmunini moderenizatsiyalash, boshlangʻich ta’lim jarayonida yangi, zamonaviy pedagogik texnologiyani qoʻllash imkonini beradi.
    Kurs ishi ob’yekti – boshlangʻich sinf matematika darskarida koʻrgazma qurollardan foylanish jarayonini tashkil etish.
    Kurs ishi predmeti – Matematik ta’lim-tarbiya jarayonida oʻquvchilarda abstraktsiyani shakllantirishda koʻrgazmalardan foydalanish.
    Kurs ishi maqsadi - yangi zamonaviy texnologiyalar asosida boshlangʻich sinf matematika darslarini tashkil etish va koʻrgazmalardan foylanish, uning ahamiyatini oʻrganish va metodikasini yaratish.
    Kurs ishi vazifalari – boshlangʻich sinf matematika darslarida koʻrgazmalardan foydalanish orqali oʻquvchilarda bilimlarning tushunarlilik darajasini shakllantirish. Mavzuga oid adabiyotlarni toʻplash, ularni oʻqib oʻrganib, tahlil qilish.
    Kurs ishi kirish, 2 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.



    Download 55,92 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Download 55,92 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari

    Download 55,92 Kb.