Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari




Download 55,92 Kb.
bet3/9
Sana03.06.2024
Hajmi55,92 Kb.
#259728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1)

1.2. Koʻrsatmali qoʻllanmalar turi
Boshlangʻich matematika kursida nazariya rolining kuchaytirilishi oʻqitish mazmuni va metodlarinigina emas, balki har xil koʻrsatmali vositalardan foydalanish mazmuni xarakterini ham qayta koʻrishni talab qiladi. Uzoq vaqt davomida koʻrsatmalilik ayniqsa o zlashtirishning dastlabki bosqichlarida umumlashtirishni shakllantirishning sezish asosini yaratish uchun muhim hisoblanib kelardi va abstrakt tafakkurning rivojlanishiga qarab unga boʻlgan zarurat asta-sekin olib tashlandi. Koʻrib turibmizki, koʻrsatmalilik abstrakt tafakkurni rivojlantirsh uchun vaqtincha tayanch sifatida qaralar ekan.
Umumlashtirish va abstraksiyalash puxta sezish asosida qaror topmogʻi kerak. Koʻrsatmalilik bundan keyin ham kerak, ammo endi boshqa maqsadlarda, ya’ni konkret tafakkurning murakkabroq formalarini rivojlantirish uchun zarur boʻladi, chunki kichik yoshdagi maktab oʻquvchisining abstarkt tafakkurinigina emas, balki konkret tafakkuri ham ma’lum darajada rivojlangandir.
Shunday qilib, koʻrsatmalilikning boshlangʻich ta’limdagi roli oʻquvchilarning abstrakt tafakkurlarini ham rivojlantirishdan iboratdir. Bundan tashqari koʻrsatmalilikdan foydalanish oʻquvchilarni faollashtiradi, ularning e’tiborini, diqqatini qoʻzgʻatadi, oʻrganilayotgan materialni puxtaroq oʻzlashtirsh imkonini beradi, oʻquv jarayonini boshqarish uchun yaxshi sharoit yaratadi, vaqtni tejash imkonini beradi:
1) koʻrsatmalilikdan foydalanish samarali boʻlishi uchun eng oldin nazariyaning u yoki bu masalasi qaralayotganda foydalaniladigan koʻrsatmali materiallarni tanlashni oʻylab koʻrmoq kerak. Koʻrsatma materialni tanlashga nisbatan qoʻyiladigan talablarni qarab chiqamiz. Bu talablar M.I.Moroning 1968 yilda “Nachalnaya shkolo” jurnalining 1968 yil 6-sonida bosilgan maqolasida berilgan:
a) yetarlicha miqdorda koʻrsatma material bilan ta’minlash, bularni analiz qilish asosida oʻquvchilar kerakli umumlashtirishlarni qila oladigan boʻlishlari kerak. Masalan, bolalarni 4 sonining hosil boʻlishi bilan tanishtirishda oʻqituvchi oldindan bunday amaliy ish tashkil qiladi: u uchta doirachaga bitta doirachaning uchta choʻpga bitta choʻpni qoʻshishni taklif qiladi, shu ishni boshqa didaktik materiallarda bajartiradi. Predmetlar bilan bajariladigan amaliy ishlarni oʻquvchilarning oʻzlari mustaqil bajarishlari foydalidir. Shundan keyingina ushbu umumiy savolni qoʻyish mumkin: agar 3 ga 1 ni qoʻshilsa, qanday son hosil boʻladi?
Umumlashtiruvchi masalani oʻquvchilar qanday qabul qilishlarini kuzatib boruvchi, oʻquvchilarning qanchasi xulosani qoʻshimcha mustahkamlashga muhtojligini aniqlab boruvchi oʻqituvchilargina har xil koʻrsatmali demonstratsiyalar sonini aniqlay oladilar. Oʻqituvchi har doim har xil koʻrsatma qoʻllanmalarni tayyor holda saqlab turishi kerak, bundan maqsad, bu qoʻllanmalarni butun sinfga yoki ayrim oʻquvchilarga qoʻshimcha koʻrsatishdir. Shu bilan birga koʻrsatmalilikdan foydalanishning shekini ham bilish lozim, chunki koʻrsatmalilik bilan haddan tashqari shugʻullanish oʻquvchilarni passivlashtirishi, ular tafakkurining rivojlanishiga salbiy ta’sir qilishi mumkin.
b) har xil koʻrsatma materiallar bilan yetarlicha ta’minlash juda muhimdir. Bu oʻrinda doimo psixologlar tomonidan ifodalangan qoidani esda tutish kerak: “Oʻquvchilarda toʻgʻri umumlashtirishlar tarkib toptirishning zaruriy sharti beriladigan oʻquv materialining muhim xususiyatlarini oʻzgartirmay saqlangan holda uncha muhim boʻlmagan xususiyatlarini turlantirishdan iborat”.
Masalan, 3 soni predmetlarning rangi, oʻlchami tekislikdagi joylashuvi muhim xususiyatdir. Shu sababli, oʻquvchilarni 3 soni bilan tanishtirilar ekan bir jinsli predmetlardan iborat toʻplamlardangina emas, har xil predmetlardan iborat toʻplamlardan foydalanish kerak, chunki aks holda bolalarda bir xil predmetlarnigina sanash mumkin, degan notoʻgʻri tasavvur hosil boʻlishi mumkin.
Boshqa misol. Toʻgʻri toʻrtburchak deyilganda, bolalar katakli daftarning chiziqlari boʻyicha chizilgan burchaklarnigina tushunishga moyildirlar, chunki ular xuddi chizmalarni koʻradilar. Shu sababli toʻgʻri burchaklarning holatlarini turlantirish kerak. Boshqa geometrik figuralar haqidagi tasavvurlarni tarkib toptirishda ham shu qoidaga amal qilish kerak.
v) matematika oʻqitishda sekin-asta ammo oʻz vaqtida koʻrsatmalilikning bir turidan ikkinchi turiga oʻtish koʻproq konkretli8kdan kamroq konkretlikka oʻtishni ta’minlay olishi kerak.
Masalan, oʻqitish jarayonida masalalar shartlarini illyustratsiyalashda amalning oʻzini ham demonstratsiya qilish bilan birgalikda amallarni koʻrsatmay toʻla predmet koʻrsatmalilikka, soʻngra esa notoʻla predmet koʻrsatmalilikka oʻtishi ta’minlanishi kerak, notoʻla predmet koʻrsatmalilikda masalaning savolini rasmda tasvirlangan predmetlarni qoʻshib sanash yoʻli bilan topib boʻlmaydi. Va, nihoyat, masala shartini asta-sekin predmet illyustratsiyalashdan toʻla voz kechiladi, bunda sxema, sxematik rasm yoki chizmadan foydalanib, masala shartining qisqa yozuvidan foydalanishga kelinishi kerak.
Oʻquvchilarning tayyorgarliklari koʻrsatmalilikning bir turidan ikkinchi turiga oʻtishga imkon beradigan vaqtni oʻtkazib yubormaslik katta ahamiyatga ega. Ammo, bunda har bir oʻquvchi tomonidan bunday oʻtishni qachon bajarishga oid umumiy koʻrsatma berib boʻlmaydi, bunda koʻp narsa oʻquvchi idrokining individual xususiyatlariga, uning tafakkuriga, umumiy tayyorgarligi darajasiga bogʻliq.


Download 55,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 55,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari

Download 55,92 Kb.