|
Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari
|
bet | 7/9 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 55,92 Kb. | | #259728 |
Bog'liq KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1) i) Priborlar.
1. Sinf choʻtlari boshlangʻich sinflarda keng qoʻllaniladi. Ular sonlarni raqamlash, sonlar ustida arifmetik amallarni oʻrganish vositalaridan biri boʻlib xizmat qiladi. Masalan, birinchi oʻnlik sonlarni oʻrganishda choʻt donalaridan sanoq materiali sifatida foydalanish mumkin, ikkita qoʻshni simdagi donalardan sonlarni taqqoslashda foydalanish mumkin. 100 ichida qoʻshish va ayirishni oʻrganishda choʻtlardan qoʻshish va ayirishni ba’zi usullarini illyustratsiyalashda foydalanish mumkin. II-III sinflarda choʻtlardan 1000 ichida sonlarni raqamlashni va koʻp xonali sonlarni oʻrganishda foydalaniladi.
2. Abaklar. Abaklar ikki va uch xonali boʻladi. Abaklarning konstruksiyalari ham har xil boʻlishi mumkin. Ularning ba’zilari ikki qator choʻtlardan iborat boʻlib, bu choʻtlarda sanoq materiallari qoʻyiladi. Boshqa ikki xonali abak rasmlarda keltirilgan. Agar bu abakning soqqalarini ikki xil rangli qilinsa, undan birinchi oʻnlik sonlari ichida sonlarni taqqoslashda foydalanish mumkin boʻladi.
3. Tarozi va mayda mayda qadoq toshlar. Massa oʻlchovlarini oʻrganishda pallali tarozi va har xil predmetlarni oʻlchash uchun ogʻirligi 1,2,3,4,5 kg boʻlgan toshlardan foydalaniladi.
4. Chizish va oʻlchov asboblari. Bunda hammaga ma’lum instrumentlar: sinf chizigʻichi va oʻquvchilar chizigʻichi, sinf va oʻquvchilar goʻniyasi, yogʻoch metr, ruletka, sirkul, soat siferblati, ixtiyoriy shakldagi geometrik figuralarning yuzalarini hisoblash uchun paletka nazarda tutiladi.
k) Jadvallar. Jadvallar quyidagi turlarga boʻlinadi:
1) Instruktiv jadvallar – bular raqamlarni yozish, arifmetik amallar algotirmlarini bajarish, masalalar yechish, ismli sonlar bilan amallar bajarishga bogʻliq boʻlgan biror amalni bajarishga koʻrsatma beradi.
2) Ma’lumotnomali jadvallar – bunday jadvallar ma’lumot berish vazifasini bajarishi ularning nomidan koʻrinib turibdi. Masalan, 10 ichida qoʻshish jadvali, koʻpaytirish jadvali, Pifogor jadvali shunday jadvallar jumlasiga kiradi.
3) Oʻrgatuvchi jadvallar – bunday jabvallardan asosan yangi tushunchani shakllantirishda yoki yangi qonuniyatlarni qarashda foydalaniladi.
Bilimlarni egallashning turli bosqichlarida, ya’ni tushuntirish, mustahkamlash, nazorat qilish, umumlashtirish bosqichlarida qoʻllaniladigan oʻrgatuvchi xarakterdagi jadvallar orasida bu bilimlarni qoʻllashga yoʻnaltirilgan mashqalrni tashkil qilishga moʻjallangan jadvallar alohida oʻrin tutadi. Hisoblashlarni tashkil qilishga qaratilgan jadvallar jumladan L.Sh.Levenbergning ogʻzaki mashqlar uchun jadvallari bunday jadvallarga misol boʻla oladi.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
Mundarija: kirish I. Bob. Boshlang’ich sinflarda matematikadan koʻrgazmali qurollardan foydalanishni nazariy asoslari
|