• 2) Statik qoʻllanmalar.
  • Matematika darslarida oʻqitushning texnik vositalari

    Download 55,92 Kb.
    bet8/9
    Sana03.06.2024
    Hajmi55,92 Kb.
    #259728
    1   2   3   4   5   6   7   8   9
    Bog'liq
    KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1)

    2.2. Matematika darslarida oʻqitushning texnik vositalari
    Soʻnggi yillarda boshlangʻich matematikani oʻqitish jarayoniga oʻqitishning ekran vositalari dadil kirib bormoqda. Bu vositalar dioproektorlar, multimediya va boshqa apparatlar yordamida qoʻllaniladi.
    Ekran qoʻllanmalar ikki xil boʻladi:
    1) Dinamik qoʻllanmalar. Dinamik qoʻllanmalarga kinolavhalar va kinofilmlar kabi harakatli vositalar kiradi. Ammo shu vaqtgacha boshlangʻich matematika kursi boʻyicha birorta kinolavha yoki kinofilm ishlanmagan.
    2) Statik qoʻllanmalar. Bularga diafilmlar va diapozitivlar kiradi.
    Hozirgacha Moskvadagi “Diafilm” studiyasi boshlangʻich matematikadan 20 tacha diafilm ishlab chiqargan. Bunda shun qayd qilamizki, bu diafilmlarni oʻzbek tilida oʻqitiladigan maktablarga moslashtirish qiyin emas. Buning uchun diafilmning har bir kadriga berilgan subtitrini magnitafonga yozish kerak. Bu ish oʻquvchilarga quruq diafilmni emas, balki ovozli diafilmni koʻrsatish imkonini beradi. Bunda diafilmni koʻrsatayotgan proyektor bilan magnitafon senxron ravishda ishlaydi.
    Diapozitivlar ham diafilmlar kabi samarali oʻqitish vositalaridan hisoblanadi. Diapozitivlarning diafilmlardan farqishundaki, diapozitivlar bir-biri bilan bogʻlanmagan alohida kadrlardan iborat. Diapozitivlar mustaqil va nazorat ishlar oʻtkazish, soʻrab chiqish va hokozolarni tashkil qilish imkonini beradi.
    Boshlangʻich sinflar oʻqituvchilarining ish tajribasida oʻqitishning epidiaskop va kadaskop kabi texnik vositalari keng qoʻllaniladi. Epidiaskop darslik, qoʻllanma va boshqalardagi rasmlarni koʻrsatish imkonini beradi. Har xil sxemalar va chizmalar, fotografiyalar va boshqalar epidiaskop uchun qoʻllanma boʻlib xizmat qila oladi. Epidiaskopning kamchiligi shuki, sifatli tasvir xona butunlay qorongʻu qilingandagina hosil boʻladi.
    Oʻqituvchi misollar, sxemalar, chizmalar, jadvallar, uy vazifalarining na’munalari bilan oldindan tayyorlangan kodopozitivlardan foydalanib, vaqtni bekor sarlashini minimumgacha kamaytiradi.
    Shunisi muhimki, oʻqituvchi kodoskop bilan ishlashda har doim dinfga yuzi bilan qarab turadi va shu bilan sinf ishini samarali boshqaradi.
    Uy vazifasini tekshirishda ikki-uch oʻquvchiga uy vazifasini daftarga emas, balki plyonkaga tayyorlash aytiladi. Dars oldidan vazifaning toʻgʻri bajarilganini oʻz ishlarini kodoskop yordamida butun sinfga koʻrsatadilar va uning bir qismini yoki hammasini tushuntirib beradilar.
    Yangi materialni tushuntirishda plyonkaga zarur rasmlarni, yozuvlarni tushirish, na’munalarini va boshqalarini joylashtirish mumkin.
    Mustaqil ish oʻtkazishda ba’zi oʻquvchilar topshiriqlarni plyonkalarga bajaradilar va ish tugagandan keyin ular kodoskop yordamida tekshiriladi. Oʻquvchining ishi hammaga koʻrinadigan boʻladi, uni muhokama qilish mumkin. Ishning hajmi va qiyinlik darajasiga qarab, ba’zan 10-12 boladan axborot olish mumkin boʻladi.
    Matematika darslarida magnitafondan foydalanish maqsadga muvofiq. Yuqorida magnitafonlar yordamida diafilmlarni ovozli qilish mumkin ekani aytib oʻtilgan edi. Bundan tashqari, matematik diktantlar oʻtkazishda magnitafondan muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Magnitafon ishga tushiraladi, bolalar topshiriqni tinglashadi, daftarlariga javoblarni yozishadi. Magnitafon lentasiga yozilgan matn ma’lum tezlikda oʻqiladi. Oʻquvchilardan biri diktantni ploykaga bajarishi mumkin, ish tugagandan soʻng kodoskop yordamida tekshirish oʻtkaziladi. Oʻz ishini na’muna bilan taqqoslash har doim qiziqish tugʻdiradi.
    Magnitafondan foydalanish bolalarga koʻproq e’tibor berish, hamma oʻquvchilarni koʻrish, ularga zarur individual yordam koʻrsatish imkonini beradi.
    Magnitafondan darslikda berilgan nazorat topshiriqlarga berilgan javoblarni yozib olishda, qoidalarning toʻgʻri oʻzlashtirilganligini tekshirishda ham foydalanish mumkin.
    Biz matematikadan koʻrsatma qoʻllanmalar va matematika darslarida oʻqitishning texnik vositalari mavzusida bitiruv malakaviy ishimizni yoritib berdik. Bunda biz koʻrsatmali rasmlar, sonly figuralar, grafik modellar, priborlar: abaklar, tarozi va mayda qadoq toshlar chizish va oʻlchash asboblari , jadvallardan foydalanib dars oʻtish jarayonini koʻrsatib berdik. Dars oʻtish jarayonida yangi usul va vositalardan foydalanish darsni qiziqarli samarali va natijali boʻlishini ta’minlaydi. Yangi materialni tushuntirishda plyonkaga zarur rasmlarni , yozuvlarni tushirish namunalarini va boshqalarni joylashtirish mumkin. Umuman, darsni turli usullardan foydalanib oʻtish narijasini tezroq koʻrsatadi.
    Xulosa qilib aytganda, mustaqillikning ma’naviy mustahkamligini ta’minlash uchun yosh avlodning ulkan bilim sohibi ekanligini ta’minlash, aqliy salohiyati oshirish, yoshlarimizning oʻz imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi va vatanparvarlikni bundanda kuchaytirish zarur.
    Shunday ekan, tashkil etilayotgan darslarni sifatiga va qoʻllanayotgan metod va vositalari alohida e’tibor berish lozim. Har bir darsni rang-barang koʻrgazmalar asosida tashkil etish olingan bilimning mustahkamligini ta’minlaydi.
    Shu oʻrinda quyidagi tavsiyalarga alohida e’tibor qaratish lozim:
    1. Maktabda va maktabdan tashqari ishlarda, mashgʻulotlarda koʻrsatmalilik metodidan foydalanish tavsiya etiladi.
    2. Har bir dars uchun kamida 10-15 ta koʻrgazmalar tayyorlash tavsiya etiladi.
    3. Yosh avlodga ta’lim berishda, ularning olgan bilimlarining davomiy ekanligini saqlashda koʻrgazmalardan fooydalanib darslarni tashkil etish tavsiya etiladi.
    4. Boshlangʻich ta’limning ilk kunlaridan boshlab oʻqitishning xilma – xil usul va vositalaridan foydalanish tavsiya etiladi.
    5. Boshlangʻich sinf matematika darslarida barcha koʻrsatmali qoʻllanmalardan oʻrinli foydalanish va ularning ketma-ketligini toʻgʻri tanlash tavsiya etiladi.
    8. Maktadan va sinfdan tashqari mashgʻulotlarda ekran vositalaridan samarali foydalanish tavsiy etiladi.
    Bir soʻz bilan aytganda, yosh avlod ongida yangi bilim, aql-zakovat hosil qilish uchun dars jaroyinida turli-tuman koʻrgazmalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratish lozim.

    Xulosa

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa

    Matematika darslarida oʻqitushning texnik vositalari

    Download 55,92 Kb.