a) Raqamlar, amal ishoralari, munosabat belgilari




Download 55,92 Kb.
bet5/9
Sana03.06.2024
Hajmi55,92 Kb.
#259728
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1)

a) Raqamlar, amal ishoralari, munosabat belgilari.
(“>”, “<”, “=”)
0 dan 9 gacha boʻlgan harakatli raqamlarning, amal ishoralari va munosabatlar ishoralari, karakli taxtacha va saqlash kassasidan iborat demonstratsion komplektli oʻquv-texnika sanoati tomonidan ishlab chiqariladi. Shuningdek, oʻquvchilarning mustaqil ishlari uchun kichik oʻlchamli harakatli raqamlar kassasi va harakatli kartochkalar bilan birgalikda ishlab chiqariladi. Bunday komplektlar har qaysi oʻquvchida boʻlishi kerak.
Bunday yigʻilmalardan oʻqitishning butun 3 yili davomida foydalaniladi. Bu komplektlar yordamida sonlarni raqamlar bilan tasvirlash oʻrganiladi, sonlarni taqqoslash amalga oshiriladi, sonlar natural qatori xossalari oʻrganiladi, misol, masala va mashqlarning yechimlari yoziladi. Shu bilan birga bulardan darsning barcha bosqichlarida foydalaniladi. Buni bir necha misolda aniqlashtiriladi.
Masalan, 1 va 2 raqamlari bilan tanishtirish uchun oʻqituvchi bu raqamlarni katakli taxtachaga qoʻyadi va 1 va 2 sonlari shunday raqamlar bilan yozilishini koʻrsatadi.
Raqamlar va amal ishoralardan bilimlarni tekshirishda ham foydalanish mumkin, bunda ulardan teskari aloqa signallari sifatida foydalaniladi. Masalan, oʻqituvchi 5 ta yulduzcha chizilgan kartochkani koʻrsatadi, bolalar esa tegishli raqamni koʻrsatishadi.
b) Koʻrsatmali rasmlar. Koʻrsatmali rasmlar komplektlarini mamlakatimiz nashriyotlarida nashr qiladi. Masalan, 1974 yilda “Провещение” nashriyotida nashr qilingan “Koʻrsatmali rasmlar” komplektli har xil predmetlarning: oʻyinchoqlar, mevalar, sabzavotlar, gullar va boshqa narsalarning rasmlarini oʻz ichiga oladi. Bunda har bir rasmda bitta narsa tasvirlangan.
Rasmlar qirqiladi va konvertlarda saqlanadi. Bulardan, asosan, birinchi oʻnlik sonlarini oʻrgatishda foydalaniladi, ammo, rasmlardan hisoblash usullari bilan tanishishda amallar xossalari bilan tanishishda va boshqa bir qator masalalarni qarashda muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Shu bilan birga koʻrsatmali rasmlardan darsning turli bosqichlarida – yangi materialni oʻrganishga tayyorgarlik koʻrishda yangi materialni oʻrganishda mustahkamlashda va hokozolarda foydalanish mumkin.
Masalan, koʻpaytirish amalini kiritishga tayyorlanishda koʻpaytirishda amalining konkret mazmunini ochib berishda predmetlar gruppalari tasvirlangan rasmlardan foydalanish qulay.
Qoʻshish va ayirish xossalarini kiritishga tayyorlanishda va bu materialni tushuntirishda bittadan predmet tasvirlangan rasmlardan foydalanish foydali. Masalan, 2 ta lola, 3ta binafsha va 4 ta qoqi gul tasvirlangan rasmlar. Bu rasmlar yordamida (2+3)+4 holi uchun sonni yigʻindiga qoʻshishning mumkin boʻlgan usullari qaraladi. Bu yerda guldasta tuzish syujetli asos boʻlib xizmat qilishi mumkin. Mustahkamlash va takrorlash bosqichlarida rasmlardan masalalar tuzish uchun muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Bu rasmlardan soda masalalarning turli xillari haqidagi bilimlarni umumlashtirish bosqichlarida ham foydalanish mumkin.
Masalan, oʻqituvchi katakli taxtachaga yengil mashina tasvirlangan 3ta rasmni va yukmashina tasvirlangan 5ta rasmni qoʻyadi va shular boʻyicha har xil masalalar tuzishni taklif qiladi.
Bitta predmetning tasviri raqamlar va qisqa yozilgan soʻzlar (soʻm, tiyin) bilan birgalikda masala shartini tasvirlash imkonini beradi.

Download 55,92 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 55,92 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



a) Raqamlar, amal ishoralari, munosabat belgilari

Download 55,92 Kb.