|
II. BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA KOʻRGAZMALILIKDAN FOYDALANISH METODIKASI
|
bet | 4/9 | Sana | 03.06.2024 | Hajmi | 55,92 Kb. | | #259728 |
Bog'liq KO\'RGAZMALI QUROLLAR MATEM (1)II. BOB. MATEMATIKA DARSLARIDA KOʻRGAZMALILIKDAN FOYDALANISH METODIKASI
2.1. Matematikadan koʻrsatma qoʻllanmalar
Koʻrsatmalilikning bir turidan boshqa turiga oʻtish masalalar yechishga oʻrgatishdagina emas, balki son, arifmetik amallar tushunchalarini va amallar xossalarini shakllantirishda ham amalga oshirilishi kerak.
Masalan, agar 2,3 sonlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirishda real predmetlardan yoki ularning tasvirlaridan foydalanilsa, masalan, 7,8 va h.k. sonlarni qarashda esa odatda abstraktroq koʻrsatmalilikdan – sonlar zaxirasidan foydalanish bilan chegaralanish mumkin. 10 ichida qoʻshish va ayirishga oʻtishda sonlarning oʻzi amallarni bajarishda tayanch boʻladi.
Matematika oʻqitishda harakatli, dinamik qoʻllanmalarga afzallik berish kerak. Harakatli koʻrsatma – qoʻllanmalar bilan bir qatorda individual koʻrsatma-qoʻllanmalar ham, har xil didaktik materiallar ham zarur.
Boshlangʻich matematika oʻqitishda koʻrsatma-qoʻllanmalarning har xil turlaridan foydalaniladi. Koʻrsatma-qoʻllanmalarning har xil turlarini bilish ularni toʻgʻri tanlash va oʻquv jarayonida samarali foydalanish imkonini beradi.
Koʻrsatma-qoʻllanmalarni ikkita ya’ni tabiiy va tasviriy koʻrsatma – qoʻllanmalarga boʻlish qabul qilingan. Tabiiy koʻrsatma – qoʻllanmalarga turmushda uchraydigan atrofimizdagi narsalar; daraxtlar, qalamlar, kubchalar, choʻplar va boshqa narsalar kiradi.
Maktabdagi mashgʻulotlarning dastlabki qarashlarnii atrofdagi predmetlarga qaratadi. Bunday savollar qoʻyiladi: sinfdagi partalar, derazalar, stellar va hokozolar qancha? Ammo bu predmetlarni qoʻlga olib boʻlmaydi, surib boʻlmaydi, ularni koʻz bilan koʻrish, sezish mumkin. Shu sababli sanoq uchun maydaroq predmetlardan , ya’ni qalam, ruchka, kubchalar va boshqa narsalardan foydalanish kerak. Har qaysi oʻquvchini sanoq materiali bilan ta’minlash lozim, bu materialdan, masalan, xoʻr boʻlib sanashni tashkil qilishda foydalaniladi: oʻqituvchi bir qoʻlidan ikkinchi qoʻliga bittadan qalamni oʻtkazadi, oʻquvchilar esa har gal navbatdagi sonni aytishadi.
Sanoq choʻplari muhim va keng qoʻllaniladigan tabiiy koʻrsatma-qoʻllanmalardan biridir, bu choʻplar yogʻochdan, plastmassadan tayyorlanadi. Sanoatimiz ishlab chiqargan va qoʻlda yasalgan sanoq choʻplari mavjud. Har qaysi oʻquvchida 20 tadan sanoq choʻpi boʻlishi kerak, oʻqituvchida esa 100 ta choʻpdan iborat nabor boʻlishi kerak. Choʻplarning bunday rangli boʻlishi 10 ichida va soʻngra 20 ichida sonlarni va amallarni oʻrganishda bir xil rangdagi yoki har xil rangdagi choʻplardan foydalanish imkonini beradi.
Birinchi oʻquv yili davomida choʻplardan foydalaniladi. Sonlarni nomerlashni oʻrganishda ulardan keng foydalaniladi; bolalar ularning yordamida sanoq birliklarining hosil boʻlishi haqida, sanoq birliklarining oʻnli munosabatlari haqida ayoniy tasavvur oladilar. Sanoq choʻplaridan birinchi sinfda figuralar haqida tasavvurlar hosil qilishda ham foydalaniladi.
Masalan, 3 sonini oʻrganishda 3 ta choʻpdan uchburchak yasaladi, 4 sonini oʻrganishda 4 ta choʻpdan toʻrtburchak yasaladi. Choʻplardan I-II sinflarda 1000 ichida sonlarni raqamlashni va koʻp xonali sonlarni oʻrganishda foydalaniladi.
Endi tasviriy koʻrsatma –qoʻllanmalarni koʻrib chiqamiz. Bularga:
|
| |